21.05.2004 yildagi 4-son
Hujjat 13.11.2015 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 61-moddasiga muvofiq korxona, muassasa, tashkilotlarning mulkini o‘g‘irlash, o‘zlashtirish, rastrata qilish, mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yoki firibgarlik yo‘li bilan eng kam oylik ish haqining o‘ttiz baravarigacha miqdorda talon-toroj qilish ma’muriy huquqbuzarlik tarkibini tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Korxona, muassasa, tashkilot mulkini o‘zlashtirish, rastrata qilish, mansab mavqeyini suiiste’mol qilish, firibgarlik va o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-toroj qilish (Jinoyat kodeksining 167, 168, 169-moddalari) uchun jinoiy javobgarlik faqat talon-toroj summasi O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 61-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan miqdordan oshgan taqdirda kelib chiqadi. Alohida kvalifikatsiya belgilari mavjud bo‘lgan hollar ham bundan mustasno emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Shaxsni o‘zganing mulkini talon-toroj qilishda (JK 167-moddasi) aybdor deb topish uchun bu mulk aybdor tomonidan o‘z foydasiga yoki boshqa shaxslar foydasiga qaratilganligini tasdiqlovchi aniq faktlarga asoslanmoq zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini talon-toroj qilish JK 167-moddasining ikkinchi qismi dispozitsiyasida alohida kvalifikatsiya belgisi sifatida nazarda tutilganligi sababli, mansabdor shaxsning bunday xatti-harakatlari, agar aybdorning qasdi o‘zganing mulkini egallashga qaratilgan bo‘lsa, JK 19211 yoki 205-moddasi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Sudlar shunga e’tibor berigilari kerakki, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining qator moddalari normalarida muayyan shart mavjud bo‘lib, unga ko‘ra quyidagi hollarda mahkumga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning qo‘llanilishi istisno etiladi:
JK 167, 168, 170, 180, 181, 1811, 184-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun — jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zarar qoplangan taqdirda;
Keyingi tahrirga qarang.
JK 173, 175-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun — jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Moddiy zarar qoplangan taqdirda ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazo qo‘llanilishi mumkin emasligi haqida Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddalarida ko‘rsatilgan qoida tugallanmagan jinoyatga ham, basharti zarar bilan bog‘liq oqibatlar kelib chiqqunga qadar jinoyatning oldi olingan bo‘lsa, tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Qonun moddiy zarar qoplangan hollarda ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazo tayinlanmasligi haqida Jinoyat kodeksi Maxsus qismining moddalarida nazarda tutilgan shartlar qo‘llanilishi imkoniyatini mahkumning sudlanganlik holati bilan bog‘lamaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Sudlar shuni nazarda tutishi kerakki, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining (JK 167, 168, 170, 173, 175, 180, 181, 184-moddalari) sanksiyalariga muvofiq, sudlar jazo tayinlashning umumiy asoslariga (JK 54-moddasi) rioya etgan holda moddiy zarar umuman qoplanmagan yoki qisman qoplangan hollarda ham, hukmda bunday qarorga kelish sabablarini ko‘rsatib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlashga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.