19.12.2003 yildagi 17-son
1. Sudlarga tushuntirilsinki, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqi bevosita O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining har bir kishiga shaxsiy erkinlik va daxlsizlik ta’minlanishini kafolatlovchi normalaridan kelib chiqadi.
Qonunga ko‘ra (JPK 24, 64-moddalari), jinoyat ishini yuritishga mas’ul barcha davlat organlari va mansabdor shaxslar (surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya) gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga uning huquqlarini tushuntirishlari va o‘ziga tegishli himoya huquqidan amalda foydalanishi uchun real sharoit yaratib berishlari shart.
Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun faqat Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda to‘plangan, tekshirilgan va baholangan dalillardangina foydalanish mumkin. Protsessual qonun talablari buzilgan holda to‘plangan dalillar ayblov asosiga qo‘yilishi mumkin emas.
6. Sudlar Jinoyat-protsessual kodeksining 25-moddasi talablariga, ya’ni ishlar sud majlisida taraflarning o‘zaro tortishuvi prinsipi asosida ko‘rilishi shartligi haqidagi qoidaga so‘zsiz amal qilinishini ta’minlashlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Jinoyat-protsessual kodeksining 49-moddasiga muvofiq jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa, uning harakatlanish erkinligiga bo‘lgan huquqi amalda cheklangan paytdan boshlab ishda himoyachining ishtirok etishiga ruxsat beriladi.
Bu o‘rinda shuni nazarda tutish kerakki, shaxs JPK 221-moddasida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra ushlangan hollarda, garchi qonunda bu haqda tegishli bayonnoma shaxs ichki ishlar organi yoki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organga keltirilgandan so‘ng rasmiylashtirilishi belgilangan bo‘lsa-da, uning harakatlanish erkinligiga bo‘lgan huquqi amalda cheklangan paytdan boshlab gumon qilinuvchi deb hisoblanadi. Aynan shu paytdan boshlab ushlab turilgan shaxs gumon qilinuvchiga berilgan barcha huquqlardan, shu jumladan, himoyachi olish, yaqin qarindoshlariga yoxud advokatiga telefon qilish yoki xabar yuborish, ko‘rsatuv berishdan bosh tortish, shuningdek o‘zi bergan ko‘rsatuvlari jinoyat ishi bo‘yicha unga qarshi dalil sifatida ishlatilishi mumkinligini bilish huquqidan foydalanadi. Shu tufayli, bunday hollarda u guvoh sifatida so‘roq qilinishi, jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinganligi haqidagi qaror unga e’lon qilinmasdan hamda tegishli huquq va majburiyatlari tushuntirilmasdan turib, unga nisbatan tergov harakatlari olib borilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqini real ta’minlash maqsadida, shaxs JPK 221, 227-moddalarida nazarda tutilgan tartibda ushlangan, unga nisbatan qamoqqa olish (JPK 242-moddasi) yoki uy qamog‘i (JPK 2421-moddasi) tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan, shuningdek shaxs sud ekspertizasi o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilgan (JPK 265-moddasi) hollarda jinoyat ishini yuritishga mas’ul davlat organlarining mansabdor shaxslari shaxsga nisbatan protsessual majburlov chorasi qo‘llanilganligi va uning ushlab turilgan joyi to‘g‘risida darhol JPK 217-moddasida ko‘rsatilgan shaxslar yoki tashkilotlarga xabar berishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Ish bo‘yicha himoyachi sifatida qatnashishi mumkin bo‘lgan shaxslar toifasi JPK 49-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan. Ular jumlasiga, xususan, advokatlar hamda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlaridan biri yoki qonuniy vakillari kiradi. Bunda shuni e’tiborga olish lozimki, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshi yoki qonuniy vakili ish bo‘yicha himoyachi sifatida faqat advokat bilan birga qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining ishda himoyachi sifatida ishtirok etishga ruxsat berilgan yaqin qarindoshi yoki qonuniy vakiliga surishtiruv, dastlabki tergov organi, sud tomonidan qaror, ajrim berilib, unda himoyachining JPK 53-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari tushuntiriladi. Qaror (ajrim) surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud (sudya) tomonidan himoyachi sifatida tanlangan shaxsning qarindoshligi yoki vakillik vakolatini va shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan so‘ng darhol chiqarilishi va unga berilishi lozim.
13. Qonunga muvofiq, ish bo‘yicha JPK 51-moddasida ko‘rsatilgan hollar mavjud bo‘lganda, unda himoyachining ishtiroki shart ekanligi belgilangan bo‘lib, bu talabga rioya etmaslik jinoyat-protsessual qonuni normalarini jiddiy buzish deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Himoyachi qonunga ko‘ra (JPK 53-moddasi) o‘z himoyasi ostidagi shaxsning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun yetarli huquqlar bilan ta’minlangan bo‘lib, uning bu huquqlarini jinoyat ishini yuritishga mas’ul davlat organlari tomonidan biror bir tarzda cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Himoyachi jinoyat ishida qatnashishga ijozat olgan paytdan boshlab, ushlab turish haqida tuzilgan bayonnoma, ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror (ajrim), ushbu Kodeks 87-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq dalillar sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash va taqdim etish; gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ishtirokida o‘tkazilgan protsessual harakatlarga oid hujjatlar bilan, dastlabki tergov tamom bo‘lganidan keyin esa jinoyat ishining barcha materiallari bilan tanishish hamda undan zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalar yordamida o‘z hisobidan ko‘chirma nusxalar olish yoki ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish. Himoyachining bunday huquqi uning himoyasi ostidagi shaxs gumon qilinuvchi, ayblanuvchi deb e’tirof etilgunga qadar o‘tkazilgan tergov harakatlariga oid bayonnomalar bilan tanishishga nisbatan ham amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Qonun talabiga ko‘ra (JPK 17, 88-moddalari) surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud (sudya) gumon qilinuvchining, ayblanuvchining sha’ni va qadr-qimmatini kamsitishga haqli emas.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1984-yil 10-dekabrda qabul qilgan “Qiynoqlarga solishga va muomalada bo‘lish va jazolashning boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlariga qarshi konvensiya”ga ko‘ra “qiynoq” har qanday tusdagi shunday harakatni anglatadiki, u bilan qandaydir shaxsga undan yoki uchinchi shaxsdan ma’lumotlar yoki e’tirof olish, uni u yoki uchinchi shaxs sodir etgan yoki sodir etishda u gumon qilinadigan harakat uchun jazolash, shuningdek, uni yoki uchinchi shaxsni qo‘rqitish yoki zo‘rlash maqsadida yoki bunday og‘riq yoki azob davlatning mansabdor shaxsi yoki rasmiy sifatdagi boshqa shaxs yoki ularning gijgijlashi bilan yoki ularning xabardorligida yoki indamay roziligi bilan har qanday tusdagi kamsitishga asoslangan har qanday sabab bo‘yicha qasddan kuchli og‘riq yoki jismoniy yoxud ma’naviy azob beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Dalillarni to‘plash va mustahkamlashda ruxsat berilmagan usullar qo‘llanilganligi to‘g‘risidagi murojaatlar JPK 22-moddasiga asosan qonunchilikda belgilangan tartibda sud-tibbiy ekspertizasi yoki boshqa ekspertiza o‘tkazilgan holda majburiy tekshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Qonunga muvofiq (JPK 20, 51, 49722-moddalari) quyidagi hollar gumon qilinuvchini, ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishi deb baholanadi, agar:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Jinoyat-protsessual kodeksi 473-moddasi talabiga ko‘ra, hukm sudlanuvchi bilmaydigan yoki yetarli darajada bilmaydigan tilda bayon qilingan bo‘lsa, hukmning qaror qismi e’lon qilinganidan keyin, mazkur qism tarjimon tomonidan sudlanuvchining ona tilida yoki sudlanuvchi uchun tushunarli bo‘lgan boshqa tilda o‘qib eshittiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Sud ishning apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rilishi kuni to‘g‘risida JPK 53-moddasi talabiga ko‘ra, mahkumning himoyachisini va qonuniy vakilini xabardor qilishi shart. Ushbu talabga rioya etmaslik ishni ko‘rish boshqa kunga qoldirilishiga sabab bo‘ladi.
JPK 51-moddasida nazarda tutilgan hollarda apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi majlisida himoyachining ishtiroki ta’minlanishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Mahkumga (oqlangan shaxsga) berilgan himoya huquqi ta’minlanishining jiddiy kafolati shundan iboratki JPK 500-moddasiga binoan kassatsiya tartibida sud qarorlarining qayta ko‘rib chiqilishiga, agar bu mahkum (oqlangan shaxs) ahvolining og‘irlashishiga olib kelsa, ayblov (oqlov) hukmi yoki ishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab, bir yil o‘tgandan so‘ng yo‘l qo‘yilmaydi.
30. Sud hukmni ijro etish bilan bog‘liq masalalarni JPK 532, 542-moddalari tartibida hal qilishda himoyachining ishtirok etishiga, agar bu haqda mahkum, uning qarindoshlari yoki boshqa manfaatdor shaxslar iltimos qilgan bo‘lsa, yo‘l qo‘yishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Jinoyat-protsessual kodeksi 50-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud (sudya) gumon qilinuvchini, ayblanuvchini yuridik yordam uchun haq to‘lashdan batamom yoki qisman ozod etishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
JPK 50-moddasiga asosan yuridik yordam uchun haq to‘lashdan oilasida har bir oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan yalpi oylik daromad ushbu masala ko‘rilayotgan vaqt uchun belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravaridan ortiq bo‘lmagan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi ozod qilinadi. Yalpi oylik daromad to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008-yil 2-dekabrda 1878-son bilan ro‘yxatga olingan Adliya vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 26-noyabrdagi 8, 109-sonli qarori bilan tasdiqlangan Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni davlat hisobiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandida belgilangan tartibda hal etiladi.
33. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Himoya huquqini ta’minlovchi qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi 41-sonli qarori hamda 1999-yil 24-sentyabrdagi “Sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 41-sonli “Himoya huquqini ta’minlovchi qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishi to‘g‘risida”gi 17-sonli qarori (unga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori bilan kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar bilan) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.