02.11.2001 yildagi 25-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.12.2013
Hujjat 14.06.2002 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli, 2004-yil 21 maydagi 6-sonli va 2006-yil 3-fevraldagi 5-sonli qarorlariga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan)
1. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilishi bilan qonunchilikdagi adolat va insonparvarlik tamoyillari kuchaytirilganligiga, jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish institutini qo‘llash imkoniyatlari kengaytirilganligiga huquqni himoya qiluvchi organlar va sudlarning alohida e’tiborlari qaratilsin. Ular qonun talabidan kelib chiqib, jazodan ko‘zlangan maqsad haqidagi dunyoqarash va tafakkurlarini o‘zgartirishlari zarur.
4. Jinoyat kodeksining 50, 51-moddalarida belgilangan imtiyozlarni qo‘llashda sudlar erkak sudlanuvchining hukm chiqarilayotgan yoki ish apellyatsiya bosqichida ko‘rilayotgan kunda 60 yoshga to‘lganligini inobatga olishlari lozim. Hukm ijro qilingunga qadar mahkum 60 yoshga to‘lgan bo‘lsa, o‘lim jazosi qonunda belgilangan tartibda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga o‘zgartiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Tushuntirilsinki, Jinoyat kodeksining 43-moddasiga kiritilgan o‘zgartish bilan jinoyat qonunchiligidan mol-mulkni musodara qilish jazo turi (JK 53-moddasi) jazo tizimidan chiqarilgan. Ayni paytda, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga qarashli bo‘lgan jinoyat qurollarining musodara qilinishi, jinoyat narsa (predmet)larining davlat egaligiga o‘tkazilishi va jinoiy yo‘l bilan orttirilgan mol-mulkning kimga tegishi bo‘lishining belgilanishi jinoiy jazo chorasi sifatida qaralmasligi va bu masalalar JPKning 211, 284, 285-moddalari tartibida hal qilinishi lozim.
7. Jinoyat kodeksining 85-moddasiga kiritilgan voyaga etmay turib ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat yoki qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanmaslik haqidagi qonun talabi, shu toifadagi bir necha jinoyatlar sodir qilingan hollarda, shuningdek, bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlanganda ham tatbiq etiladi. Agar voyaga etmagan shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyatlardan birortasi boshqa tasnifga mansub bo‘lsa (JK 15-moddasi 4, 5-qismlari), bu qoida tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Yangi Qonun bo‘yicha Jinoyat kodeksining 182, 184, 188, 189-moddalari bo‘yicha jinoiy javobgarlik shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan keyin yoki muayyan moddiy dizpozitsiyasida ko‘rsatilgan ma’lum bir miqdorni bergandagina vujudga kelishiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Tushuntirilsinki, Qonun amalga kiritilgunga qadar hukm qilingan, jazoni o‘tab bo‘lmagan shaxslarga nisbatan tayinlangan jazo turlari Qonunga muvofiqlashtirilganda, ularga nisbatan amnistiya aktlari umumiy tartibda qo‘llaniladi.
13. Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi sababli ayrim normalar amaldagi ba’zi Qonun me’yorlariga muvofiq kelmaganda, ushbu Qonun bilan liberallashtirilgan normalar tatbiq etilishi e’tiborda tutilsin.
14. Qo‘shimcha jazo tariqasida mol-mulkning musodara etilishini nazarda tutuvchi, lekin Qonun amalga kiritilgan kunga qadar ijro etilmagan sud hukmlari ijro etilishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi ko‘rsatma hukmning faqat mol-mulkni musodara qilish qismiga taalluqlidir.
Qonun amalga kiritilgunga qadar hukm qilingan, jazoni o‘tab bo‘lmagan shaxslarga tayinlangan jazo turlari va choralari, basharti Qonunning tegishli moddasida nazarda tutilganiga nisbatan og‘irroq bo‘lsa, Qonunga muvofiq holga keltirish masalasi hukmlarni ijro etuvchi organlarning taqdimnomasiga binoan jazoni o‘tash joylaridagi sudlar zimmasiga yuklatilgan. Bunda sudlar, jazo chorasini Qonunning tegishli moddasida belgilangan eng ko‘p jazo chorasiga qadar kamaytirishi lozimligi ko‘rsatilgan.
Jinoyatlar jami yoki hukmlar majmui bilan sudlangan shaxslarga oid chiqarilgan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirishda mahkumga tayinlangan jazolar hajmining kamayishi, mutanosib ravishda unga o‘tash uchun qoldirilayotgan jazo miqdoriga ham ta’sir etishi zarurligiga sudlar mas’uliyat bilan qarasinlar.