01.06.2001 yildagi 6-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.11.2011
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oilani mustahkamlash, onalik va bolalikni davlat tomonidan muhofaza qilinishi kafolatlangan.
1. Sudlar otalikni belgilash to‘g‘risidagi nizolarni ko‘rishda ish holatlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majbur ekanliklari, onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishi to‘g‘risidagi me’yoriy talablarga qat’iy amal qilishlari lozim.
2. Nikohda bo‘lmagan onadan bola tug‘ilganda, bolaning tug‘ilganligi FHDYo organlarida qayd etilib, taqdim qilingan tug‘ilganlik haqidagi guvohnomada bolaning otasi haqidagi yozuv, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 207-moddasi 3-qismi talabiga muvofiq otaning familiyasi — onaning familiyasi bo‘yicha, otaning ismi va millati, onaning ko‘rsatmasi asosida yozilgan taqdirdagina otalikni belgilash to‘g‘risidagi da’vo arizalari sud ish yurituviga qabul qilinishi mumkin.
v) O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 62-moddasida nazarda tutilgan holatlarni tasdiqlovchi dalillarni talab qilib olish.
6. Otalikni belgilash haqidagi da’vo bilan bir vaqtda bolaga aliment undirish to‘g‘risida talab keltirilishi ham mumkin. Bunday da’volar O‘zbekiston Rsspublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 145-moddasiga ko‘ra javobgarning turar joyi yoki O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 241-moddasi 3-qismiga muvofiq da’vogarning turar joyidagi sudga berilishi mumkin.
8. Otalikni belgilash to‘g‘risidagi ishni ko‘rishga tayyorlash jarayonida tomonlarning o‘zaro haqiqiy munosabatlarini aniqlash maqsadida, sud, da’vogar va javobgarni O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 159-moddasi talablariga muvofiq suhbatga chaqirishi lozim. Agar, suhbat davomida yoki sud muhokamasi jarayonida javobgar bolaning otasi ekanligini tan olsa, sud, tomonlarga O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 61-moddasi 1-qismiga muvofiq fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga birgalikda ariza berish yo‘li bilan otalikni ixtiyoriy ravishda rasmiylashtirish mumkinligini tushuntirishi va buning uchun taraflarga ma’lum muddat belgilashi lozim.
Tomonlarning arizasiga binoan yozilgan otalikni belgilash to‘g‘risidagi qaydnoma asosida berilgan bolaning tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma sudga taqdim etilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 100-moddasi 1-qismiga muvofiq ish yuritish tugatilishi lozim. Biroq, ko‘rsatilgan da’vo bilan birga aliment undirish to‘g‘risidagi talab ham berilgan bo‘lsa, bolalarga ta’minot berish uchun aliment to‘lash tartibi o‘zaro kelishmagan taqdirdagina, da’vogarning talabi bilan sud aliment undirish to‘g‘risidagi masalani mazmunan hal etishi zarur.
9. Voyaga etmagan ota-onalar o‘z otaligi va onaligini umumiy asoslarda tan olish yoki bunga e’tiroz bildirish huquqiga egadirlar. (O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 72-moddasi 3-qismi). Shu bilan birga, nikohda bo‘lmagan voyaga etmagan ona tomonidan otalikni belgilash haqida da’vo qo‘zg‘atilgan taqdirda, xuddi shuningdek, bunday da’vo voyaga etmagan shaxsga nisbatan berilganda, sudlar voyaga etmagan da’vogar yoki javobgarlarga zarur huquqiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida ishda qatnashish uchun ularning ota-onalari (vasiylari, homiylari)ni jalb qilish masalasini muhokama qilishlari lozim (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi 38-modda).
10. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 10-moddasi talabiga muvofiq otalikni belgilash haqidagi da’volar bo‘yicha ishlar sudning yopiq majlisida ko‘rilishi shart.
13. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 62-moddasi 3-qismida ko‘rsatib o‘tilgan holatlarning mavjud emasligi otalikni belgilash to‘g‘risidagi da’voni rad qilish uchun doim ham yetarli asos bo‘la olmaydi. Shuning uchun sudlar, boshqa dalillar majmui bilan birga homila vaqti to‘g‘risidagi yoki javobgarning homila paydo qilish qobiliyatiga ega ekanligi haqidagi sud-tibbiyot espertizasi, odam DNKsi yuzasidan sud-biologik ekspertizasi xulosalari, shuningdek, har bir alohida ishning boshqa muayyan holatlariga huquqiy baho berishlari lozim bo‘ladi.
15. Otalikni belgilash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 62-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan holatlarning mavjud emasligi, otalikni aniqlash yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi odam DNKsi bo‘yicha sud-biologik ekspertizasi o‘tkazish haqidagi iltimosnomani rad etish uchun yetarli asos bo‘la olmasligini sudlarga alohida uqtirish lozim.
18. Qonun bilan mazkur toifadagi ishlar bo‘yicha da’vo muddati chegaralanmaganligi sababli, sud tomonidan otalikni belgilash masalasi bola tug‘ilgandan keyin, barcha davrda ko‘rib hal etilishi mumkin. Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 62-moddasi 2-qismi talabiga asosan 18 yoshga to‘lgan bolaga nisbatan otalikni belgilash faqat, uning (bolaning muomala layoqati cheklangan bo‘lsa, uning vasiysi yoki vasiylik va homiylik organi) roziligiga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.
Bolaga nisbatan otalik (onalik) haqidagi yozuvga e’tiroz keltirilganda, sudlar, shuni inobatga olishlari kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 63-moddasi 2-qismiga binoan, bolaning otasi yoki onasi, deb yozilgan shaxs unga bunday yozuv ma’lum bo‘lgan yoxud ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lgan kundan e’tiboran bir yil mobaynida sud tartibida e’tiroz bildirishga haqlidir.