Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 15.09.2000 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli va 2006-yil 3-fevraldagi 5-sonli qarorlariga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Jinoyat kodeksining 87-moddasida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lganda voyaga etmaganlarga nisbatan majburlov choralarini qo‘llagan holda ularni javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish masalasiga yetarli e’tibor qaratilmayapti.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Jinoyat protsessual kodeksining 51-moddasiga muvofiq dastlabki tergov jarayoni va sudda voyaga etmaganlar tomonidan sodir qilingan jinoyat ishlari bo‘yicha advokatning ishtirok etishi shart. Mazkur qoida JPKning 52-moddasi talabiga ko‘ra voyaga etmagan shaxs himoyachidan voz kechganda ham tatbiq etiladi. Ushbu protsessual qonun talablariga rioya qilmaslik JPKning 419, 487-moddalariga asosan, hukmning bekor qilinishiga asos bo‘ladigan jinoyat protsessual qonunning jiddiy buzilishi deb qaralishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Jinoyat-protsessual kodeksining 551 va 562-moddalariga muvofiq sud voyaga etmaganlar tomonidan sodir qilingan jinoyat ishlari ko‘riladigan vaqt va joy haqida ularning ota-onasini, ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarni, vasiylik yoki homiylik organi vakillarini, voyaga etmaganlar o‘qigan yoki ishlagan korxona, muassasa, tashkilotni, voyaga etmaganlarning ishlari bo‘yicha shug‘ullanuvchi komissiyani, fuqarolarni o‘z-o‘zini boshqarish organlari vakillarini, zarur bo‘lsa boshqa tashkilotlarni ham xabardor qiladi. Sud bu tashkilotlarning vakillarini, sudlanuvchining vasiy yoki homiysini, voyaga etmaganlarning ishlari bo‘yicha shug‘ullanuvchi komissiyaning vakillarini guvoh sifatida so‘roq qilish uchun sud majlisiga chaqirishga haqlidir.
Voyaga etmagan sudlanuvchining qonuniy vakili masalasi hal etilayotganda shuni nazarda tutish kerakki, JPKning 60-moddasining 2-qismida keltirilgan qonuniy vakil bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati qat’iy berilgan.
5. Sudlar JPKning 548-moddasiga ko‘ra voyaga etmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar qatoriga yoshini va shaxsini aniqlashlik ham kirishini nazarda tutishlari zarur. Ayni vaqtda, shu narsani e’tiborda tutish kerakki, shaxs tug‘ilgan kunidan boshlab emas, balki tug‘ilgan kuni o‘tganidan so‘ng, ya’ni ertasi kunning nol soatidan boshlab jinoyat uchun javobgarlik boshlanadigan yoshga to‘lgan deb hisoblanadi.
6. Shuni nazarda tutish lozimki, JKning 87-moddasi 3-qismiga ko‘ra, voyaga etmagan shaxs rivojlanishda o‘z yoshiga nisbatan ancha orqada qolgan bo‘lsa va sodir etgan qilmishining ahamiyatini to‘la ravishda anglab etmasa, sud jazo o‘rniga majburlov chorasi qo‘llash maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Jinoyat kodeksining 87-moddasining 2-qismida ko‘rsatilgan asoslar bilan voyaga etmaganni jazodan ozod etish va unga nisbatan shu kodeksning 88-moddasida ko‘rsatilgan majburlov choralarini qo‘llash yuzasidan sud jazo tayinlamasdan turib jazodan ozod etish haqida hukm chiqaradi.
Jinoyat kodeksining 55-moddasi “g” bandiga ko‘ra jinoyatning jismoniy yoki ruhiy tazyiq o‘tkazilishi natijasida sodir etilishi, yoxud voyaga etmagan shaxsning moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan qaramliligi sababli sodir etilishi javobgarlikni yengillashtiruvchi holat ekanligini ham nazarda tutish kerak. Shu munosabat bilan sudlar voyaga etmagan shaxsga nisbatan aynan qanday jismoniy yoki ruhiy tazyiq o‘tkazilganligini aniqlashlari shart.
Sudlar voyaga etmaganlarga nisbatan JKning 72-moddasini qo‘llaganlarida sudlanganga sinov muddati davrida qanday muayyan majburiyatlar yuklatilishini (o‘qishni yakunlashi, ishga joylashishi va hokazolar) hukmda aniq ko‘rsatishlari shart.
Voyaga etmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanayotganda Jinoyat kodeksning 85-moddasini tatbiq etishning o‘zi yetarli bo‘lib, Jinoyat kodeksning 57-moddasini qo‘shimcha qo‘llash talab etilmaydi. Sudlanuvchiga u aybdor deb topilgan Jinoyat kodeksi maxsus qismining moddasida nazarda tutilmagan boshqa yengilroq turdagi jazolarning tayinlanish hollari bundan mustasnodir.
Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi 1 va 2-qismlarida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lganda shu kodeksning 560-moddasi talabiga ko‘ra voyaga etmaganlar jinoyatlari to‘g‘risidagi ish yopiq sud majlisida ko‘riladi.
11. Agar dastlabki tergov organlari, asos bo‘la turib, Fuqarolik kodeksining 993 va 994-moddalarida ko‘rsatilgan shaxslar va tashkilotlarni fuqaroviy javobgar deb e’tirof etmagan bo‘lsa, sud bu masala yuzasidan tegishli ajrim chiqarishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”