Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 28.04.2000 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.
Yuqorida qayd etilgan “a” va “g” bandlarga ko‘ra har qanday ishlab chiqarishlarda va laboratoriyada mo‘ljallangan ashyolar, yarim fabrikatlar va shunga o‘xshash qismlar, ishlab chiqarish chiqindilari (apilkalar, qirindilar, shlamlar va boshqalar), shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalada bo‘lgan qimmatli metallardan tanga shaklida ishlangan “so‘m” pul birligidan tashqari qimmatli metallardan tayyorlangan tangalar, valyuta qimmatliklariga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Qilmishni Jinoyat kodeksining 177-moddasi ikkinchi va uchinchi qismi bilan tavsiflashda jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qarorda, ayblov xulosasi va hukmda aybdorning qilmishi aynan qanday belgisiga ko‘ra javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat sifatida qaralayotganligi albatta ifodalangan bo‘lishi lozim. Bu o‘rinda shuni inobatga olish kerakki, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazishning takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan ko‘p miqdorda, bir guruh shaxslar tomonidan, oldindan til biriktirib, juda ko‘p miqdorda, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilganligi jinoiy javobgarlikka, ya’ni qilmishni Jinoyat kodeksining 177-moddasi tegishli qismi bilan tavsiflashga asos bo‘ladi va shunday harakatlar uchun muqaddam ma’muriy jazo qo‘llanilgan bo‘lishi talab etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Agar qalbakiligi aybdorga ayon bo‘lgan valyuta qimmatliklari ko‘rinishidagi, pul muomalasida qo‘llanishini istisno qiladigan darajada haqiqiysiga ro‘y-rost o‘xshamaydigan kupyuralar o‘tkazilgan bo‘lsa, shuningdek, aybdorda jabrlanuvchini qo‘pol ravishda aldash niyati bo‘lganligidan guvohlik beruvchi boshqa holatlar mavjud bo‘lsa, bunday qilmish Jinoyat kodeksi 176-moddasining tegishli qismi bo‘yicha tavsiflanib, Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan qo‘shimcha tavsiflash talab qilinmaydi. Qalbaki pul yoki qimmatli qog‘ozlarni olgan shaxsning qilmishi esa valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olishga suiqasd sifatida tavsiflanishi lozim.
14. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 401, 471-moddalariga muvofiq hukm chiqarilganda va jinoyat ishini harakatdan tugatish haqida ajrim (qaror) qabul qilinganida ishga qo‘shilgan ashyoviy dalillar masalasi to‘g‘ri hal etilishi kerak. Bundan shuni nazarda tutish kerakki, egasining yoki foydalanuvchining tasarrufidan g‘ayriqonuniy ravishda begonalashtirilgan valyuta qimmatliklari, qonunda nazarda tutilgan holatlardan tashqari tegishliligi bo‘yicha qaytarilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”