24.09.1999 yildagi 16-son
Hujjat 30.11.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 20-sonli va 2004-yil 24-sentabrdagi 14-sonli qarorlariga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Fuqarolik kodeksini tatbiq qilish bilan bog‘liq ishlarni to‘g‘ri hal qilish qonunchilikka qat’iy rioya qilishni ta’minlashda, qonun bilan himoyalangan davlat manfaatlari va fuqarolar huquqlarini himoya qilishda muhim ahamiyatga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. FKning 488-moddasi 2-qismiga binoan uy, kvartirani, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotish shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
FKning 112-moddasi 2-qismiga muvofiq esa inobatga olish shart bo‘lgan qat’iy bir sharoitlarda bitimning notarial shakli sud qarori bilan to‘ldirilishi mumkin. Chunonchi, agar taraflarning biri notarial tasdiqlash talab qilinadigan bitimni to‘la yoki qisman bajargan bo‘lsa, ikkinchi taraf esa bitimni notarial rasmiylashtirishdan bosh tortsa, bunda tuzilgan bitimning qonuniyligi muhim shart hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. FKning 187-moddasiga ko‘ra egalik huquqini olish haqidagi nizolarni hal etishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat o‘zganing mulkiga amalda asossiz egalik qilib kelish hollariga ham tatbiq etiladi. Egalik qiluvchida biron-bir egalik qilish huquqiy asosi mavjudligi, masalan, uzoq muddatli ijara shartnomasi borligi egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddatni amalda bo‘lishini inkor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13. FK 259-moddasiga binoan majburiyatning bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakolat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ta’minlanishi mumkinligini sudlar nazarda tutishlari lozim.
14. FK 264-moddasiga ko‘ra garov asosiy bosh majburiyatga to‘lig‘icha bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha majburiyatdir va asosiy majburiyat tugashi bilan u ham tugaydi. Lekin garov shartnomasini sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi asosiy majburiyatni tugatilishiga asos bo‘lib hisoblanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Garov to‘g‘risidagi shartnomaning muhim shartlari bo‘lib garov narsasi va uning bahosi, mohiyati, miqdori va garov bilan ta’minlanadigan majburiyatning bajarilish muddati, shuningdek, garovga qo‘yilgan mulk taraflar (garovga qo‘yuvchi yoki garovga oluvchi)ning qaysi birida ekanligi ham ko‘rsatilishi hisoblanadi (FK 271-moddasi 1-qism). Agar ko‘rsatib o‘tilgan shartlardan hech bo‘lmaganda bittasi bo‘yicha taraflar o‘zaro kelisha olmagan bo‘lsalar, yoxud tegishli shartlar shartnomada qayd etilmagan bo‘lsa, garov to‘g‘risidagi shartnoma tuzilgan deb hisoblanishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
17. FK 272-moddasining 4-qismiga binoan bino yoki inshoot ipotekasiga ayni bir vaqtning o‘zida o‘sha shartnoma bo‘yicha shu bino yoki inshoot joylashgan yer uchastkasini yoxud bu uchastkaning garovga qo‘yilayotgan obyekt ishlashini ta’minlaydigan qismini yoki garovga qo‘yuvchiga qarashli bo‘lgan ushbu uchastkani yoxud uning tegishli qismini ijaraga olish huquqini bir vaqtda ipotekaga qo‘ygan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi. Bunda bino yoki inshootni garovga beruvchi shaxs tegishli yer uchastkasining egasi yoki ijaraga oluvchi bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Boshqa holatlarda agar bino yoki inshootni garovga beruvchi yer uchastkasining egasi yoki ijarachisi hisoblanmasa, ipoteka shartnomasi FK 272-moddasining 4-qismiga asosan qonunchilikka muvofiq emas deb hisoblanmaydi. Garovga qo‘yuvchining huquqi, undiruv garovga qaratilgan bino yoki inshootga qaratilgan hollarda sotib oluvchining yer uchastkasiga nisbatan huquqi O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 22-moddasiga asosan belgilanadi, unga ko‘ra korxona, bino, inshoot yoki boshqa ko‘chmas mol-mulkka nisbatan mulk huquqi, xo‘jalik yuritish huquqi yoki ularni operativ boshqarish huquqi boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda, ana shu obyektlar bilan birgalikda mazkur obyektlar joylashgan hamda ulardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasiga egalik qilish va undan doimiy foydalanish huquqi ham o‘tadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
FKning 279-moddasiga ko‘ra garovga oluvchi (kreditor) garov bilan ta’minlangan majburiyatini qarzdor bajarmagan taqdirda undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratishga haqli. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotish imkoniyati bo‘lmagan taqdirdagina garovga oluvchi (kreditor) bu mol-mulkni FKning 281-moddasida belgilangan tartibda o‘z egaligiga olishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
21. FKning 733-moddasi 1-qismiga binoan qarz beruvchi yuridik shaxs bo‘lganida yoki fuqarolar o‘rtasida tuzilgan qarz shartnomasining summasi eng kam ish haqining o‘n baravaridan ortiq bo‘lgan hollarda qarz shartnomasini oddiy yozma shaklda tuzilishi talab qilinadi. Sudlar qarz shartnomasining oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmasligini nazarda tutishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
FK 109-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq taraflar bunday holda guvohlarning ko‘rsatuvlariga asoslanishga haqli emas, lekin bu ularni yozma va boshqa dalillar keltirish imkoniyatidan mahrum qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
22. FKning 734-moddasiga asosan qarz shartnomasi qarz bo‘yicha olgan mulk (ashyo)ning qaytarilishini nazarda tutadi, qarz summasiga olinadigan foizlar miqdori shartnomada belgilanadi. FKning 734-moddasiga asosan qarz shartnomasi haq evaziga tuzilgan deb faraz qilinadi va foizlar miqdori shartnoma bilan belgilanadi. Qarz oluvchidan foizlar undirishda sud bir vaqtning o‘zida foiz summasidan davlat foydasiga soliq undirishi lozim. FKning 327-moddasida ko‘rsatilgan pul majburiyatini, shuningdek qarz majburiyatini bajarmaganlik uchun foizlar, qarz shartnomasida belgilangan foizlardan ham ortiq hisoblanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar sud xarajatlarini undirilganligining to‘g‘riligiga e’tiborlarini qaratishlari va Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi “Davlat boji stavkalari haqida”gi 533-sonli qarori, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi talablariga qat’iy rioya qilishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudlari va Toshkent shahar sudiga sudlar tomonidan Fuqarolik kodeksini to‘g‘ri tatbiq qilinishi yuzasidan nazoratni kuchaytirishlari, vaqti-vaqti bilan fuqarolik ishlarining ayrim toifalarini ko‘rish amaliyotini umumlashtirishlari va sud xatolarini tuzatish, shuningdek bunday nizolarni keltirib chiqaradigan omillarni bartaraf qilish choralarini ko‘rishlari lozimligi tavsiya qilinsin.