Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

 LexUZ sharhi
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 20-sonli va 2004-yil 24-sentabrdagi 14-sonli qarorlariga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan)
1. Fuqarolik kodeksini tatbiq qilish bilan bog‘liq ishlarni to‘g‘ri hal qilish qonunchilikka qat’iy rioya qilishni ta’minlashda, davlat manfaatlari va fuqarolar huquqlarini qonun tomonidan himoya qilishda muhim ahamiyatga ega.
4. FKning 488-moddasi 2-qismiga binoan uy, kvartirani, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotish shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
FKning 112-moddasi 2-qismiga muvofiq esa inobatga olish shart bo‘lgan qat’iy bir sharoitlarda bitimning notarial shakli sud qarori bilan to‘ldirilishi mumkin. Chunonchi, agar taraflarning biri notarial tasdiqlash talab qilinadigan bitimni to‘la yoki qisman bajargan bo‘lsa, ikkinchi taraf esa bitimni notarial rasmiylashtirishdan bosh tortsa, bunda tuzilgan bitimning qonuniyligi muhim shart hisoblanadi.
11. FKning 187-moddasiga ko‘ra egalik huquqini olish haqidagi nizolarni hal etishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat o‘zganing mulkiga amalda asossiz egalik qilib kelish hollariga ham tatbiq etiladi. Mulkdorda biron-bir egalik qilish huquqiy asosi mavjudligi, masalan, uzoq muddatli ijara shartnomasi borligi egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddatlarni hisoblashni inkor qiladi.
13. FK 259-moddasiga binoan majburiyatning bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakolat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ta’minlanishi mumkinligini sudlar nazarda tutishlari lozim.
14. FK 264-moddasiga ko‘ra garov asosiy bosh majburiyatga to‘lig‘icha bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha majburiyatdir va asosiy majburiyat tugashi bilan u ham tugaydi. Lekin garov shartnomasini sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi asosiy majburiyatni tugatilishiga asos bo‘lib hisoblanmaydi.
15. Garov to‘g‘risidagi shartnomaning muhim shartlari bo‘lib garov narsasi va uning bahosi, mohiyati, miqdori va garov bilan ta’minlanadigan majburiyatning bajarilish muddati, shuningdek, garovga qo‘yilgan mulk taraflar (garovga qo‘yuvchi yoki garovga oluvchi)ning qaysi birida ekanligi ham ko‘rsatilishi hisoblanadi (FK 271-moddasi 1-qism). Agar ko‘rsatib o‘tilgan shartlardan bittasi bo‘yicha taraflar o‘zaro kelisha olmagan bo‘lsalar, yoxud tegishli shartlar shartnomada qayd etilmagan bo‘lsa, garov to‘g‘risidagi shartnoma tuzilgan deb hisoblanishi mumkin emas.
16. Ko‘char mol-mulkni yoki mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni garovga qo‘yish bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda FK 110-moddasining 2-qismiga binoan notarial shaklda tuzilishi shart bo‘lgan garov bilan ta’minlanadigan shartnoma bo‘lgan hollardagina notarial tasdiqlanishi lozim (FK 271-modda 3-qism).
17. FK 272-moddasining 4-qismiga binoan bino yoki inshoot ipotekasiga ayni bir vaqtning o‘zida o‘sha shartnoma bo‘yicha shu bino yoki inshoot joylashgan yer uchastkasini yoxud bu uchastkaning garovga qo‘yilayotgan obyekt ishlashini ta’minlaydigan qismini yoki garovga qo‘yuvchiga qarashli bo‘lgan ushbu uchastkani yoxud uning tegishli qismini ijaraga olish huquqini bir vaqtda ipotekaga qo‘ygan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi. Bunda bino yoki inshootni garovga beruvchi shaxs tegishli yer uchastkasining egasi yoki ijaraga oluvchi bo‘lishi shart.
Boshqa holatlarda agar bino yoki inshootni garovga beruvchi yer uchastkasining egasi yoki ijarachisi hisoblanmasa, ipoteka shartnomasi FK 272-moddasining 4-qismiga asosan tegishli qonunlarga mos kelmaydi deb qonunsiz hisoblanishi mumkin emas. Garovga qo‘yuvchining huquqi, undiruv garovga qaratilgan bino yoki inshootga qaratilgan hollarda sotib oluvchining yer uchastkasiga nisbatan huquqi O‘zbekiston Respublikasi Er kodeksining 22-moddasiga asosan belgilanadi, unga ko‘ra korxona, bino, inshoot yoki boshqa ko‘chmas mol-mulkka nisbatan mulk huquqi, xo‘jalik yuritish huquqi yoki ularni operativ boshqarish huquqi boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda, ana shu obyektlar bilan birgalikda mazkur obyektlar joylashgan hamda ulardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasiga egalik qilish va undan doimiy foydalanish huquqi ham o‘tadi.
FKning 279-moddasiga ko‘ra garovga oluvchi (kreditor) garov bilan ta’minlangan majburiyatini qarzdor bajarmagan taqdirda undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratishga haqli. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotish imkoniyati bo‘lmagan taqdirdagina garovga oluvchi (kreditor) bu mol-mulkni FKning 281-moddasida belgilangan tartibda o‘z egaligiga olishi mumkin.
21. FKning 733-moddasi 1-qismiga binoan qarz beruvchi yuridik shaxs bo‘lganida yoki fuqarolar o‘rtasida tuzilgan qarz shartnomasining summasi eng kam ish haqining o‘n baravaridan ortiq bo‘lgan hollarda qarz shartnomasini oddiy yozma shaklda tuzilishi talab qilinadi. Sudlar qarz shartnomasining oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmasligini nazarda tutishlari lozim.
FKning 109-moddasi 1 va 2-qismlariga muvofiq bunday hollarda taraflarni qarz shartnomasining tuzilganligini va uning shartlarini guvohlarning ko‘rsatuvlari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qiladi, lekin bu ularni yozma va boshqa dalillar keltirish imkoniyatidan mahrum qilmaydi.
22. FKning 734-moddasiga asosan qarz shartnomasi qarz bo‘yicha olgan mulk (ashyo)ning qaytarilishini nazarda tutadi, qarz summasiga olinadigan foizlar miqdori shartnomada belgilanadi. Qarz oluvchidan foizlar undirishda sud bir vaqtning o‘zida qarz summasidan davlat foydasiga soliq ushlab qolishi lozim. FKning 327-moddasida ko‘rsatilgan pul majburiyatini, shuningdek qarz majburiyatini bajarmaganlik uchun foizlar, qarz shartnomasida belgilangan foizlardan ham ortiq hisoblanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar sud xarajatlarini undirilganligining to‘g‘riligiga e’tiborlarini qaratishlari va Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi “Davlat boji stavkalari haqida”gi 533-sonli qarori, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 1996-yil 20-dekabrdagi 42-sonli “Fuqarolik ishlari yuzasidan sud xarajatlarini va jinoyat ishlari yuzasidan sud chiqimlarini undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori talablariga qat’iy rioya qilishlari lozim.
26. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudlari va Toshkent shahar sudiga Fuqarolik kodeksini to‘g‘ri tatbiq qilinishi yuzasidan nazoratni kuchaytirishlari, vaqti-vaqti bilan fuqarolik ishlarining ayrim toifalarini ko‘rish amaliyotini umumlashtirishlari va sud xatolarini tuzatish, shuningdek bunday nizolarni keltirib chiqaradigan omillarga chora ko‘rishlari lozimligi tavsiya qilinsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”