Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.12.2016
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli va 2006-yildagi 5-sonli qarorlariga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan)
3. O‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan voyaga etmaganlarning ota-onasi (farzandlikka oluvchilari) yoki vasiylari hamda JPKning 58-moddasiga binoan, fuqaroviy javobgar tariqasida ishga jalb etilgan korxona, muassasa va tashkilotlar zarar ularning aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlay olmasalar, jinoiy harakat natijasida yetkazilgan moddiy zarar uchun javobgar bo‘ladilar.
6. Jinoiy hodisa yuz bermaganligi yoki shaxsning jinoyatga daxldor bo‘lmaganligi, shuningdek shaxsning harakati zaruriy mudofaa chegarasidan chiqmagan holda sodir etilganligi sababli oqlov hukmi chiqarilayotganda, sud JPK 283-moddasi 2-qismi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi “Sud hukmi to‘g‘risida”gi 7-sonli qarorining 10-bandi to‘rtinchi xatboshisiga binoan fuqaroviy da’voni qanoatlantirishni rad etadi.
7. Fuqaroviy da’vo masalasini hal etishda sud JPKning 467-moddasiga binoan ayblov hukmining tavsif qismida da’voni to‘la yoki qisman qanoatlantirish yoinki uni rad etish asoslarini, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning mohiyati va hajmini ko‘rsatishi, shuningdek, zarar miqdorining tegishli hisoblarini keltirishi, fuqaroviy da’voni hal qilishda asoslanilgan qonunni ko‘rsatib o‘tishi lozim.
10. Birgalikdagi jinoiy harakatlar natijasida zarar yetkazgan barcha shaxslar yetkazilgan moddiy zararni qoplashda solidar javobgar bo‘ladilar. FKning 1000-moddasiga binoan jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra va uning manfaatlarini ko‘zlab, agar bu tartib zarar qoplanishini ta’minlasa, sud birgalikda zarar yetkazgan shaxslar zimmasiga solidar emas, hissali javobgarlikni yuklatishga haqli.
Shu bilan birga sudlar fuqaroviy da’vogarlarga FKning 1001-moddasiga binoan umumiy asoslarda fuqaroviy ishlarini yuritish tartibida zarar yetkazilgan shaxsdan to‘langan zarar miqdorini qayta talab qilish (regress) huquqiga ega ekanliklarini tushuntirishga majburdirlar.
Korxona, muassasa, tashkilotlar o‘rtasidagi nizolar FPKning 31-moddasiga ko‘ra sudga taalluqli emasligini e’tiborga olib, faoliyati tevarak-atrofdagilarga oshiqcha xavf tug‘diruvchi manba boshqa korxonaga moddiy zarar yetkazgan hollarda FPKning 100-moddasi 1-bandiga muvofiq keltirilgan da’vo talabi bo‘yicha ish yuritishdan tugatilishi va manfaatdor taraflarga xo‘jalik sudida nizoni hal etish huquqlari tushuntirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ish bo‘yicha bir necha shaxslar aybli deb topilgan taqdirda, JPKning 320-moddasiga ko‘ra, sud xarajatlari mahkumlar zimmasiga ulardan birining ayb darajasi va mulkiy ahvoli inobatga olinib yuklatiladi.
21. Hukmning fuqaroviy da’vo qismi FPK ning 377-moddasida belgilangan muddat ichida majburiy tartibda ijro etish uchun topshirilishi mumkin. O‘tkazib yuborilgan protsessual muddat hukm chiqargan sud yoki ijro qilinadigan joydagi sud tomonidan tiklanishi mumkin (FPK ning 379-moddasi).

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”