Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
Bu o‘rinda oddiy haqoratlash, shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish bo‘yicha yagona bir arzimas gaplar bu xil harakatlarning muttasil (bir necha bor) sodir etilishini talab qiluvchi JKning 103-moddasida ko‘zda tutilgan jinoyat tarkibini tashkil etmaydi va bunday hollarda javobgarlik shaxsga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni taqozo qiluvchi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha kelib chiqadi.
4. Sudlanganlarning harakatini Jinoyat kodeksi 103-moddasining tegishli qismlari bo‘yicha to‘g‘ri tavsiflash zarurligi sudlarga uqtirilsin, chunki ushbu moddaning 2-qismi jabrlanuvchining moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaramligining mavjudligini talab qiladi, bu esa ushbu shaxslar o‘rtasida haqiqatan ro‘y bergan va mavjud bo‘lgan munosabatlarga baho bergan holda aniqlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
4-1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, qo‘rqitish, rahmsiz munosabatda bo‘lish yoki shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish yo‘li bilan sodir etiladigan o‘zini o‘zi o‘ldirish yoki o‘zini o‘zi o‘ldirishga suiqasd qilishdan farqli ravishda o‘zini o‘zi o‘ldirishga undashda (JK 103-1-moddasi) aybdor ko‘ndirish, aldash yoki insonning erkini sindiruvchi boshqa yo‘l bilan (masalan, tushkunlikka soluvchi g‘oyaviy tashviqot orqali) qasddan boshqa shaxsda o‘zini o‘zi o‘ldirishga nisbatan qat’iyatni qo‘zg‘atadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. JK 103-moddasida nazarda tutilgan jinoyat sodir etilishi oqibatida qandaydir sabablarga ko‘ra inson o‘limi kelib chiqmagan hollarda aybdorning harakatini JK 25-moddasi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi, chunki JK 103-moddasi nafaqat o‘zini o‘zi o‘ldirish, balki, o‘zini o‘zi o‘ldirishga suiqasd qilish darajasiga etkazish uchun ham javobgarlikni nazarda tutadi.
JK 103-1-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan ham JK 25-moddasini qo‘llash talab etilmaydi, chunki mazkur jinoyat shaxs o‘zini o‘zi o‘ldirishga undalgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”