17.04.1998 yildagi 11-son
Hujjat 14.05.2010 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli, 2002-yil 25-oktabrdagi 28-sonli, 2006-yil 3-fevraldagi 5-sonli va 2009-yil 24-iyuldagi 8-sonli qarorlariga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan)
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq mamlakat iqtisodiyotining negizini turli shakllardagi mulk tashkil etadi. Mulk huquqi mutlaq huquq hisoblanadiki, u bu huquqni buzadigan har qanday harakatlarni taqiqlashni taqozo qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zganing mulkini talon-toroj qilishdan iborat bo‘lgan aybdorning harakatlariga huquqiy baho berishda uning sodir etilish usulidan (o‘g‘rilik, talonchilik, tovlamachilik va h.k.) qat’i nazar, jinoyat Jinoyat kodeksi tegishli moddasining og‘irroq jazoni ko‘zda tutuvchi qismi bilan tavsiflanishi va ushbu moddaning boshqa qismlari bilan qo‘shimcha tavsiflanishi talab etilmasligi sudlarga tushuntirilsin. Masalan, jinoyat juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilish belgisi bo‘yicha Jinoyat kodeksi 167-moddasining 3-qismi bilan tavsiflanganda Jinoyat kodeksi ushbu moddasi 1 va 2-qismlari bilan qo‘shimcha tavsiflash talab qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasiga muvofiq mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish bo‘yicha subyektiv huquq — faqat shu mulkning egasiga taalluqli ekanligi sudlarga tushuntirilsin. Shuning uchun mulkiy huquqni amalga oshirishga qonunga asoslanmagan holda har qanday aralashish ushbu huquqni jiddiy buzish deb hisoblanadi. Masalan, fermerning, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan boshqa shaxsning, boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslarning mulklarini qonunga xilof ravishda tasarruf qilishda ifodalangan mansabdor shaxslarning harakatlari, agar bu harakatlar oqibatida mulkdorlarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilgan bo‘lsa, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish jinoyatining tarkibini tashkil qiladi. Bu o‘rinda mulkiga nisbatan noqonuniy harakat qilingan mulkning egasida aybdordan moddiy zararni, shu jumladan, boy berilgan foydani ham, shuningdek, ma’naviy ziyonni undirib olish huquqi paydo bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Shu sababli sudlar bu masala bo‘yicha qonunlarning buzilishiga lozim darajada o‘z munosabatlarini bildirishlari kerak. Bunday aralashuvning g‘araz yoki past niyatda ekanligi aniqlangan taqdirda aybdorlarning harakatlari Jinoyat kodeksining boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari bilan tavsiflanmog‘i lozim. Shuningdek, sud protsessning tegishli ishtirokchisiga aybdordan, masalan, uning faoliyatiga noqonuniy aralashuv natijasida ishlab chiqarishning to‘xtaganligi sababli kelib chiqqan barcha zararlarni undirib olish huquqini tushuntirishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 96-moddasiga binoan mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlar qimmatli qog‘ozlar hisoblanib, ularni taqdim etgan taqdirdagina mazkur huquqlarni amalga oshirish yoki boshqa shaxslarga berish mumkin bo‘ladi. Qimmatli qog‘ozlar qatoriga, jumladan, obligatsiya, veksel, chek, depozit va jamg‘arma sertifikatlari, bankning taqdim qiluvchiga pul beriladigan-jamg‘arma daftarchasi, aksiya hamda qonun hujjatlari bilan qimmatli qog‘ozlar jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qimmatli qog‘ozlarni tekinga olib qo‘yish va o‘zlashtirish o‘zganing mulkini talon-toroj qilish tariqasida tavsiflanishi kerak. Agar ish bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va ular bilan muomala qilishni tartibga soluvchi amaldagi qonunlarni buzganlik aniqlanib, Jinoyat kodeksining 205-moddasi dispozitsiyasida ko‘rsatilgan belgilar mavjud bo‘lganda, bunday harakatlar hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish tariqasida tavsiflanishi lozim. Bunday qonun buzishlar jumlasiga, masalan, fuqarolarga va chet ellik investorlarga erkin sotish uchun mo‘ljallangan aksiya paketlarini sotishga to‘sqinlik qilish kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Bu o‘rinda Jinoyat kodeksining 175-moddasida ko‘zda tutilgan jinoyatning oqibatlari sifatida respublika manfaatlariga ko‘p yoki juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilganligi har doim aniqlangan bo‘lishi shart. Bu zararning ko‘p yoki juda ko‘p miqdorda ekanligi har bir muayyan ish bo‘yicha tergov organi va sud tomonidan asoslantirilgan bo‘lishi zarur.
12. Tovlamachilik (reket) nafaqat fuqarolarning, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini qo‘pol buzuvchi, balki iqtisodiyot sohasida ham katta zarar keltiruvchi jinoyat bo‘lib, jiddiy ijtimoiy xavf tug‘dirishi sudlarga ko‘rsatilsin. Shu bilan birga, qonunga binoan (JKning 165-moddasi) tovlamachilik o‘zganing mulkini yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo‘sindagi harakatlar sodir etishni taqozo qilishini sudlar e’tiborga olishlari kerak. Shu sababli, qarzdordan qarzni talab qilish Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan tavsiflanishi mumkin emas, lekin ayrim hollarda o‘zboshimchalik (JKning 229-moddasi) tariqasida baholanishi lozim. Qarzdor va qarz beruvchi o‘rtasida foizlar to‘lash bo‘yicha oldindan kelishuv bo‘lmagan bo‘lsa berilgan qarz uchun foiz talab qilish tovlamachilik jinoyati tarkibini tashkil qiladi.
14. Soxta tadbirkorlik to‘g‘risidagi (JKning 179-moddasi) ishlarni ko‘rishda shaxsning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirmay turib noqonuniy kreditlar olish, soliqlardan ozod bo‘lish, egallashga huquqi bo‘lmagan boshqa mulkiy foydani olish maqsadini ko‘zlaganligi hisobga olinishi lozim. Bunday maqsadning aniqlanishi shaxsning harakatini Jinoyat kodeksining 179-moddasi hamda talon-toroj qilishga suiqasd qilish va soliq to‘lovlari to‘lashdan bo‘yin tovlash va hokazolar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari majmui bilan tavsiflash uchun asos bo‘lishi mumkin.
Bu o‘rinda Respublika hududida 1993-yil 18-fevraldagi “Turli mulk shakllaridagi savdo tarmoqlari korxonalarining vaqtinchalik ish qoidalari” harakatda ekanligini va ularni buzganlik aybdorning harakatini Jinoyat kodeksining 189-moddasi bilan tavsiflashga asos bo‘lishini e’tiborga olish zarur. Mazkur jinoyatning subyekti turli xil mulk shakllaridagi savdo tarmog‘i xodimlarigina bo‘lib qolmasdan, balki bu sohada savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchi har qanday jismoniy shaxs ham bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Nazorat qilinmaydigan foyda (daromad) olish maqsadida ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin tovlab, savdo yoki vositachilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarning harakatini Jinoyat kodeksining 188-moddasi bilan tasniflashda ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin yana ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin tovlab ancha miqdorda savdo yoki vositachilik faoliyati bilan shug‘ullanganligi aniqlanishi zarur. Olingan foyda ko‘p yoki juda ko‘p miqdorni tashkil qilgan holatda tegishliligicha Jinoyat kodeksining 188-moddasi 2 yoki 3-qismlarining tavsiflash belgilari bilan malakalanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash (JKning 184-moddasi) iqtisodiyot sohasida sodir etilayotgan eng xavfli jinoyatlardan hisoblanadi va bu har bir fuqaro tomonidan qonun bilan belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdek konstitutsiyaviy burchlarini qasddan bajarmaslikda ifodalanadi. Qayd etilgan toifadagi ishlar bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirish davlat soliq organlari va shaxslar (jismoniy va yuridik shaxslar) o‘rtasida vujudga keladigan soliq sohasidagi huquqiy munosabatlarning qonuniyligini mustahkamlashga ko‘maklashishi lozim. Ushbu huquqiy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Jinoyat kodeksining 184-moddasi dispozitsiyasi blanket (havola qiluvchi) dispozitsiya bo‘lib, “daromadlar”, “foyda”, “soliq to‘lanadigan obyektlar”, “soliqlar”, “majburiy to‘lovlar” kabi tushunchalarning mazmunini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga murojaat qilish lozim. Jumladan, Soliq kodeksining 12 va 23-moddalari soliq va majburiy to‘lovlar tushunchasini, 22-moddasi foyda tushunchasini yoritib beradi va h. k. Xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘lish oqibatida hisobni yoki hisobotni chalkashtirib yuborish, foydani hisoblashda xatoga yo‘l qo‘yish holatlarining o‘zinigina Jinoyat kodeksining 184-moddasi bilan tavsiflash mumkin emas, lekin tegishli asoslar bo‘lgan taqdirda Jinoyat kodeksining 207-moddasida ko‘zda tutilgan mansab sovuqqonligi jinoyatining tarkibini tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Jinoyat kodeksi 184-moddasida javobgarlik nazarda tutilgan jinoyatning subyekti qonunga binoan foyda, daromad va soliq solinadigan boshqa obyektlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berishlik va belgilangan summani davlat foydasiga o‘tkazishlik vazifasi zimmasiga yuklatilgan shaxslar bo‘lishi mumkin. Bular qatoriga mulk shaklidan qat’i nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash bilan bog‘liq buxgalteriya hisobotini olib borish, hujjatlar taqdim qilish zimmasiga yuklatilgan (korxona, muassasa va tashkilotlarning rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, bosh hisobchilari va hisobxonaning mansabdor shaxslari) mansabdor shaxslari kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Tergov organlari va sudlar to‘lanmagan soliq, daromad va soliq to‘lanadigan boshqa obyektlarning miqdorini aniqlashda Soliq kodeksining yigirma birinchi bobi (chegirmalar va zararlar) talablarini hisobga olishga majburdirlar, ya’ni bunga binoan foydani (daromadni) aniqlashda, masalan, xodimlarning ish haqi, asosiy fondlarni ta’mirlash, ijara to‘lovi bo‘yicha va boshqa xarajatlar chegirilib tashlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Mansab vakolati doirasidan chetga chiqishning (JKning 206-moddasi) asosiy ko‘rinishlari deganda: mansabdor shaxs tomonidan boshqa shaxsning vakolati doirasiga kiruvchi harakatlarning sodir etilishi; mansabdor shaxs tomonidan faqat qonunda yoki qonun osti hujjatida ko‘rsatilgan alohida holatlar mavjud bo‘lgandagina sodir etilishi mumkin bo‘lgan harakatlarning sodir etilishi; kollegial organ vakolatiga kiruvchi harakatni mansabdor shaxs tomonidan yakka tartibda sodir etilishi; hech kim va hech qanday holatda amalga oshirishga haqi bo‘lmagan harakatlarning mansabdor shaxs tomonidan sodir etilishi va boshqalar hisoblanmog‘i lozim.
Keyingi tahrirga qarang.