02.05.1997 yildagi 3-son
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik va Oila kodekslari qabul qilinganligi va “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qo‘llash jarayonida ba’zi tushunmovchiliklar yuzaga kelayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Xususiylashtirilgan turar joylar bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda sudlar bu uy-joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish Fuqarolik va Uy-joy kodeksi mezonlari, “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun bilan, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 180-sonli qarori bilan, Vazirlar Mahkamasining yuqorida qayd etilgan 180-sonli qaroriga ko‘ra tasdiqlangan Xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi)ni boshqalarga berish va meros qilib qoldirishda mulkchilik huquqi o‘tishi haqida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Uy-joy fondini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomlar bilan tartibga solinishini nazarda tutmoqlari lozim.
FKning 210-moddasiga binoan davlatga qarashli turar joyga xususiy mulk huquqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda xususiylashtirish natijasida vujudga keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
“Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasi 3-bandiga muvofiq ikki yoki undan ziyod ijarachi yashab turgan kvartiralar barcha ijarachilarning roziligi bo‘lmasa, xususiylashtirilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Jamoat uy-joy fondiga qarashli turar joylarda ijara yoki arenda shartnomasi asosida yashovchi fuqarolar “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunda ko‘rsatilgan xususiylashtirish huquqiga ega emaslar. Shu bilan birga jamoat uy-joy fondi egasi yoki u tomonidan tegishli vakolat berilgan organ fuqarolarga egallab turgan turar joylarini sotish, jumladan imtiyozli asosda sotish yoki bu turar joylarni fuqarolarga bepul berish masalalari bo‘yicha mustaqil ravishda qaror qabul qilishlari ham mumkin. Ko‘rsatilgan holatda nizo kelib chiqqan taqdirda ularni mulk egasi tomonidan belgilangan turar joyni unda yashovchi fuqarolarga berish sharti va tartiblaridan kelib chiqib, hal etish lozimdir.
Oldingi tahrirga qarang.
6. “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning muqaddimasi hamda 1 va 3-moddalarining mazmuniga ko‘ra, fuqarolar o‘zlari egallab turgan turar joylarini xususiylashtirishni so‘rab murojaat etgan bo‘lsalar, ularning bunday talablari ushbu Qonunda nazarda tutilmagan shartlar asosida rad qilinishi mumkin emas.
Qayd etilgan Qonunning 16—20-moddalarida belgilangan turar joylarni xususiylashtirishni rasmiylashtirish tartibiga rioya qilish fuqarolar uchun ham, davlat va mahalliy uy-joy fondidagi turar joylarni fuqarolar egaligiga o‘tkazish majburiyat va vakolati yuklatilgan mansabdor shaxslar uchun ham majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
7. “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq alohida uy, kvartira va xonaga bo‘lgan egalik huquqi turar joy qiymati to‘liq to‘langan (sotib olingan) va egalik huquqi haqida davlat orderi olingan paytdan boshlanadi.
FKning 382—385-moddalariga muvofiq shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish faqat taraflar (xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar va hokimiyat organi) kelishuvi asosida amalga oshirilishi mumkin, kelishuv bo‘lmagan taqdirda — sud qarori bilan hal qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasi 3-bandi talabiga ko‘ra egallab kelayotgan turar joyni egalikka sotib olish uchun turar joyga nisbatan huquqlari bo‘lgan barcha voyaga yetgan oila a’zolari va boshqa shaxslar rozilik bergan bo‘lishlari shartligini e’tiborga olib, bunday rozilik berilmaganligi asosida orderni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’volarni hal etishda, sudlar haqiqatdan ham qayd qilingan shaxslarning roziligi qonunda belgilangan tartibda olingan-olinmaganligini tekshirishlari shart. Turar joydan foydalanish huquqiga ega shaxslar doirasi FKning 606-moddasi bilan belgilanadi.
15. Turar joyga egalik huquqini beruvchi davlat orderi haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, sud FKning 114-moddasi talablari asosida taraflarni dastlabki holatga keltirish masalasini hal qilmog‘i lozim.
16. “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasiga muvofiq xususiylashtirilgan turar joyda uni xususiylashtirilishiga rozilik bergan uy egasining boshqa oila a’zolari yashayotgan bo‘lsalar, ularning hammasi shu turar joyning egasi hisoblanadilar, egallab kelinayotgan turar joy esa xususiylashtirish natijasida umumiy mulkka aylanadi. Bu qoida turar joy egasining vaqtincha bu erda yashamayotgan oila a’zolariga ham tatbiq qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Xususiylashtirilgan turar joylarni boshqalarga o‘tkazish bilan bog‘liq er-xotinlar o‘rtasidagi nizoni hal qilishda sudlar Oila qonunchiligi mezonlarini, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23, 24-moddalarini emas, balki “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasi 4-bandi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi)ni boshqalarga berish va meros qilib qoldirishda mulkchilik huquqi o‘tishi haqidagi shartnomalarni rasmiylashtirish to‘g‘risida”gi Nizom qo‘llamoqlari lozim.
FKning 488-moddasida xususiylashtirilgan kvartira, uy — uyning yoki kvartiraning bir qismini sotish shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozimligi ko‘rsatilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
FKning 113-moddasiga muvofiq bitim shu kodeksning 115—126-moddalarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qarorining 9-bandiga ko‘ra bu qoida 1997-yil 1-martga qadar tuzilgan turar joylarni xususiylashtirish bilan bog‘liq bitimlarga ham qo‘llaniladi.
“Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasi 5-bandiga ko‘ra xususiylashtirilgan turar joyning egasi uni har qanday uy-joyga, kvartiraga, jumladan kooperativ kvartiraga almashtirish huquqiga egadir. Almashtirish shartnomasi tuzilishida Uy-joy kodeksi normalari qo‘llaniladi. Xususiylashtirilgan turar-joyning almashtirilishiga umumiy mulkning barcha ishtirokchilari roziligi bilangina yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Turar joy xususiylashtirilguniga qadar u erda yashagan va “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasiga binoan umumiy mulkning ishtirokchisi bo‘lish huquqiga ega bo‘lgan, lekin undan voz kechgan shaxslarni xususiylashtirilgan turar joydan ko‘chirish haqidagi ishlarni ko‘rishda qayd etilgan shaxslarning qanday shart-sharoitda o‘z nomlariga egalik huquqini rasmiylashtirishdan voz kechganliklari bilan bog‘liq holatlarni tekshirish lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.