Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasi davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linish prinsipini joriy etdi.
1. Sud hokimiyati — bu sudlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari ustuvorligi prinsipiga so‘zsiz rioya qilish asosida jinoiy, fuqarolik, xo‘jalik ishlarini va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish bo‘yicha vakolatidir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasiga muvofiq sud hokimiyati hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
2. Sudlar Konstitutsiyaning 44-moddasi mazmunidan kelib chiqqan holda huquqiy nizo xususiyatiga ega bo‘lgan har qanday masalalarni, shu jumladan, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan berilgan shikoyatlarni hal qilish huquqiga egadir.
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Konstitutsiyaning 16-moddasiga muvofiq birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat uning normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Sudlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida sudyalarga yuksak maqom berildi, ular O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi yoki uning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati tomonidan saylanadi yoxud Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan saylanadi yoki tayinlanadi.
 LexUZ sharhi
6. Ommaviy axborot vositalari ko‘rilayotgan ishlar bo‘yicha o‘z xabarlarida sud qarori qanday bo‘lishi lozimligi haqida fikr bildirishga yoki boshqacha usullar bilan ishda ishtirok etayotgan biron-bir shaxsning foydasini ko‘zlab sudga ta’sir o‘tkazishga haqli emaslar. Bunda shuni unutmaslik kerakki, Konstitutsiyaning 26-moddasiga va «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunning 10-moddasiga muvofiq jinoyat sodir eganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha, u aybsiz hisoblanadi.
Jinoyat-protsessual qonunda mustahkamlangan sudda ishlarni yuritishda o‘zaro tortishuv prinsipiga muvofiq prokuror sud protsessida taraflardan biri hisoblanadi va protsessning boshqa taraflari bilan teng huquqlardan foydalanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Sudlar ishlarni va materiallarni ko‘rishda Konstitutsiyaning 53-moddasiga ko‘ra, davlat tomonidan iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan baravar muhofaza etilishini kafolatlashi prinsipiga og‘ishmay rioya etishlari shart. Shuni nazarda tutish lozimki, xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Shuning uchun sudlar ishlarni ko‘rishda davlat organlari va mansabdor shaxslar mulkdorning huquqlarini qanchalik himoya qilayotganlik va ularga rioya etayotganliklarini aniqlashlari, asossiz tekshirishlar, taftishlar va hokazo faktlarga tegishli munosabat bildirishlari hamda bunday noqonuniy harakatlar natijasida mulkdorga etkazilgan zararni aybdor mansabdor shaxslardan undirish choralarini ko‘rishlari lozim.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”