Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1995-yil 30-avgustda qabul qilingan “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi Qonun fuqarolarning davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki mansabdor shaxslarni fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzuvchi g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan sudga murojaat qilish imkoniyatini ancha kengaytirdi.
1. Sudlarning e’tibori O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga va “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 1, 3-moddalariga muvofiq, fuqarolar tekshirilishi qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining mutlaq vakolatlari doirasiga kiritilgan yoxud sudga shikoyat qilishning o‘zgacha tartibi belgilangan xatti-harakatlar (qarorlar)dan boshqa davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki mansabdor shaxslarning har qanday xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan sudga shikoyat qilishlari mumkinligiga qaratilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasiga muvofiq harbiy xizmatchilar ularning huquqlari va erkinliklarini buzayotgan harbiy boshqaruv organlari va harbiy mansabdor shaxslarning xatti-harakatlar va qarorlari ustidan harbiy sudga shikoyat qilishga haqli.
Harakatlari va qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish mumkin bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarish organlariga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq tegishli hududlarda o‘z vakolatlariga kiradigan masalalarni mustaqil hal etishni ta’minlash uchun tuziladigan har qanday organlar kiradi.
6. “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 2-moddasiga muvofiq, davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va mansabdor shaxslarning quyidagi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Fuqaro o‘zining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan huquqlari va erkinliklari buzilgan deb hisoblasa, hamda qonunlarda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, shikoyat bilan o‘z xohishiga ko‘ra bevosita sudga yoxud tobelik tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga shikoyat bilan murojaat qilishi mumkin. Fuqaroning o‘z buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash haqida dastlab yuqori turuvchi organ yoki mansabdor shaxsga murojaat qilmaganligi, shikoyatni sud tomonidan qabul qilmaslik uchun asos bo‘lmaydi.
Shikoyat huquq va erkinliklari buzildi deb hisoblangan fuqaroning o‘zi yoki uning vakili tomonidan ham, shuningdek, fuqaroning iltimosiga ko‘ra, jamoat tashkiloti, mehnat jamoasining vakolat berilgan vakili tomonidan ham berilishi mumkin. FPKning 46-moddasiga muvofiq fuqarolarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini qo‘riqlash talab qilinganda prokuror ham tegishli ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Vakilning fuqaro nomidan shikoyat berishga bo‘lgan vakolati FPKning 54-moddasiga muvofiq rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim. Jamoat tashkiloti, mehnat jamoasi vakilining vakolati, bundan tashqari, jamoat tashkiloti yoki mehnat jamoasi umumiy majlisining yoxud saylab qo‘yiladigan organning qaroridan ko‘chirma bilan ham ogohlantirilgan bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlar) ustidan beriladigan shikoyatlar FPKning 149, 150-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq rasmiylashtiriladi va O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi hamda Vazirlar Mahkamasining “Davlat boji stavkalari haqida”gi qarorida belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji undiriladi. Beriladigan arizaning shakli va mazmuni bo‘yicha FPKning 148, 149-moddalarida qo‘yilgan talablardan kelib chiqqan holda, shikoyatda, jumladan, qanday xatti-harakatlar shikoyat qilinayotganligi, bu xatti-harakatlar (qarorlar) oqibatida fuqaroning qanday muayyan huquq va erkinliklari buzilganligi, xuddi shunday shikoyat tobelik tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga berilgan-berilmaganligi va berilgan bo‘lsa, qanday javob olinganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
Beriladigan arizaning formasi va mazmuni bo‘yicha FPKning 149-moddasida qo‘yilgan talablardan kelib chiqqan holda, shikoyatda, jumladan, qanday xatti-harakatlar shikoyat qilinayotganligi, bu xatti-harakatlar (qarorlar) oqibatida fuqaroning qanday muayyan huquq va erkinliklari buzilganligi, xuddi shunday shikoyat tobelik tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga berilgan-berilmaganligi va berilgan bo‘lsa, qanday javob olinganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
FPKning 154-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda sudya shikoyatni harakatsiz qoldirishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Shikoyat O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining umumiy qoidalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi Qonunida va FPKning 27-bobida belgilangan istisno va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda, sud tomonidan u berilgan paytdan boshlab o‘n kunlik muddat ichida ko‘rib chiqilishi lozim.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”