Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

 LexUZ sharhi
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli va 2003-yil 19-dekabrdagi 20-sonli qarorlariga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Shaxsning Jinoyat kodeksi 247, 248 va 249-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdorligi to‘g‘risidagi masalani hal qilishda aybdordan olingan u yoki bu ashyolarning qonunga xilof ravishda egallaganlik, tayyorlaganlik, olganlik, olib yurganlik, saqlanganlik, o‘tkazganlik va beparvolik bilan saqaganlik uchun qayd etilgan moddalarda javobgarlik ko‘zda tutilgan o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga taalluqliligini tegishli ekspertiza o‘tkazish yo‘li bilan aniqlash kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, Jinoyat kodeksining 247, 248-moddalari bo‘yicha javobgarlik foydalanish uchun yaroqli bo‘lgan o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini yoxud foydalanishga yaroqsiz o‘qotar qurol yoki portlatish qurilmalarini egallagan, egalik qilgan, olgan, olib yurgan, saqlagan yoki o‘tkazganda (basharti ularni yaroqli holatga keltirish uchun aybdor aniq imkoniyatga ega bo‘lgan bo‘lsa) kelib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Jinoyat kodeksining 247-moddasiga muvofiq o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini egallaganlik uchun javobgarlik ular qonunga xilof ravishda korxona, tashkilot, muassasalardan, shuningdek, qonuniy yoki qonunsiz tarzda egallab turgan fuqarolardan olingan hollarda ham yuzaga keladi.
O‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini o‘g‘irlik, firibgarlik, o‘zlashtirish yoki rastrata qilish, mansab mavqeini suiiste’mol qilish, talonchilik, tovlamachilik, bosqinchilik yo‘li bilan qonunga xilof ravishda egallash Jinoyat kodeksining 247-moddasi va tegishli moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui bilan, faqat bu moddalar (modda qismlari) sanksiyasi Jinoyat kodeksining 247-moddasidagidan og‘irroq jazoni ko‘zda tutgan hollardagina kvalifikatsiya qilinishi lozim (masalan, Jinoyat kodeksi 247-moddasi uchinchi qismining “v” bandi va 164-moddasi 4-qismining “v” bandi bilan).
12. Shaxs Jinoyat kodeksi 248-moddasida qayd etilgan ashyolarni erkin tarzda o‘z ixtiyori bilan topshirish to‘g‘risida qarorga kelsa va uning o‘zi bu ashyolarni topshirish haqida tegishli organlarga yozma yoki og‘zaki ravishda murojaat qilsa, u ashyolarni o‘z ixtiyori bilan topshirgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”