07.05.1993 yildagi 864-XII-son
1. O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi e’lon qilingan kundan boshlab amalga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi “Xalq so‘zi” gazetasining 1993-yil 26-iyundagi123 (628)-sonida e’lon qilingan.
uch oylik muddat ichida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksiga muvofiq holga keltirish to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taqdim etsin, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini Kodeks bilan muvofiq holga keltirsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-apreldagi O‘RQ-688-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 03/21/688/0394-son)
“Fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risida”gi hukumatlararo bitimga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksini hisobga olgan holda Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi tasarrufiga beriladigan vazifalarning ro‘yxatini aniqlasin va tasdiqlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksida ko‘rsatib o‘tilgan me’yoriy hujjatlarni 1993–1994-yillar davomida ishlab chiqsin va amalga kiritsin.
3. Havo kodeksida qayd etib o‘tilgan me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgunga va qabul qilingunga qadar havo transporti sohasida amal qilib kelayotgan me’yoriy hujjatlar qo‘llab turiladi.