LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo‘qotilgan taqdirda ularga bo‘lgan huquqlarni tiklash (chaqirib ish yurgizish) to‘g‘risidagi ishlarining sudlarda ko‘rilishi munosabati bilan kelib chiqayotgan muammolarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 36-bobida belgilanganiga ko‘ra, shaxs pul mablag‘lari qo‘yilganligi haqida yoki qimmatli narsalar yoxud davlat zayomi obligatsiyalari saqlash uchun topshirilganligi to‘g‘risida bank tomonidan taqdim etuvchiga berilgan qiymatli hujjatni yo‘qotgan taqdirda, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda, suddan yo‘qolgan hujjatni haqiqiy emas deb topish va yo‘qotilgan hujjat bo‘yicha huquqlarini tiklash to‘g‘risida iltimos qilishi mumkin.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunday huquqlarni tiklash bank tomonidan taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo‘qotilganida, balki hujjatlar ularni lozim darajada saqlamaganlik oqibatida to‘lov xususiyatlarini yo‘qotganligi natijasida va boshqa (omonat daftarchasida va (yoki) nazorat varaqasida raqam soni saqlanmagan, omonat daftarchasida omonat qoldig‘i to‘la saqlanmaganida va boshqa) sabablarga ko‘ra amalga oshiriladi.
Taqdim etuvchiga deb berilgan omonat daftarchasi, unga nazorat varaqasi yoki davlat zayomi obligatsiyalarini va qimmatbaho narsalarni saqlashga olish uchun berilgan guvohnomaning to‘lov qobiliyatini yo‘qotganligi masalasi dastlab xalq banki tomonidan hal qilinadi. Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjat mablag‘ni aniqlash xususiyatini yo‘qotganligi sababli xalq banki operatsiyalar bajarishni rad etsa, bu hujjat bo‘yicha huquqlarni tiklash sud tartibida amalga oshiriladi.
(1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvchi boshqa banklar tomonidan mazkur punktda ko‘rsatilgan, taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar bo‘yicha, huquqni tiklash haqidagi arizalar ham xuddi shu tartibda ko‘rib chiqilishi lozim.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda, ularga bo‘lgan huquqni tiklash haqidagi talab bo‘yicha ishlar alohida tartibda, taqdim etuvchiga deb hujjat bergan muassasa (bundan keyin matnda muassasa deb yuritiladi) joylashgan hududdagi sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Taqdim etuvchiga deb berilgan yo‘qotilgan hujjat bo‘yicha huquqlarni tiklash haqidagi arizada FPK 189-moddasida ko‘rsatilgan umumiy talablardan tashqari, FPK 331-moddasining uchinchi qismida belgilangan ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim. Qonunda belgilangan talablarga javob bermaydigan ariza FPK 195-moddasi birinchi qismining 4-bandiga asosan qaytarilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ariza bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida davlat boji va pochta xarajatlari to‘lanishi lozim.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 32-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Arizani ish yuritishga qabul qilgandan so‘ng sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichida ariza beruvchining hisobidan ommaviy axborot vositalarida e’lon chiqarish, shuningdek hujjatni bergan muassasaga u bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishni va pul berishni taqiqlash haqida ajrim qabul qilishi shart. Sud ajrimining ko‘chirma nusxasi hujjatni bergan muassasaga darhol yuboriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Sud majlisida hujjat bergan muassasa vakilining bayonoti eshitilishi mumkin. Agar arizachi yo‘qolgan hujjat hisob raqamini ko‘rsata olmasa, hujjat bergan muassasa vakilini ishga jalb qilish majburiydir.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Yo‘qotilgan hujjatning alohida belgilari ostida hisob raqami, nazorat varaqasi (talon)ning raqami, omonat qo‘yilgan kun, omonat bo‘yicha operatsiya amalga oshirilgan kun, omonatning miqdori yoki qolgan qismi, obligatsiya raqamlari, ularni saqlashga topshirilgan sana, saqlash uchun topshirilgan qimmatliklarning tavsifi va o‘ziga xos xususiyatlari tushuniladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Yo‘qolgan hujjat haqidagi mahalliy matbuotda berilgan e’lon istisnosiz FPKning 333-moddasi bilan belgilangan talablarni o‘zida aks ettirishi lozimligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Shu bilan birga e’lon yo‘qolgan hujjatning haqiqiy emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida aks ettirishi kerak emas. FPKning 338-moddasiga binoan yo‘qotilgan hujjatni haqiqiy emas deb topish ish mazmunan ko‘rib bo‘linganidan so‘ng sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Agarda matbuotda e’lon qilinganidan so‘ng hujjatni saqlovchi uni sudga taqdim etib, unga da’vo qilmasligini bayon etsa, sud chaqirib ish yuritish bo‘yicha ish yuritishni tugatish, sud tomonidan hujjat bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishni va pul berish bo‘yicha qo‘yilgan taqiqlarni bekor qilish hamda arizachiga saqlovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatni qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Agarda hujjatni saqlovchi qonunda belgilangan muddatda hujjatga bo‘lgan huquqini ilgari sursa, FPK 122-moddasining 7-bandiga muvofiq ariza ko‘rmasdan qoldiriladi va hujjat yo‘qolganligi haqida arz qilgan shaxsga umumiy asoslarda da’vo taqdim qilish huquqi tushuntiriladi. Bunday holatda FPK 332-moddasiga asosan ko‘rilgan choralarni bekor qilish FPK 336-moddasi tartibida amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
9. Hujjatni saqlab turuvchidan uch oylik muddat ichida ariza tushmasligi o‘z-o‘zidan yo‘qolgan hujjat arizachiga tegishli ekanini tasdiqlovchi dalil bo‘la olmasligini sudlar e’tiborga olmoqlari lozim. Shuning uchun sud arizachining shu hujjatga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi dalillarni sinchkovlik bilan tekshirmog‘i lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Yo‘qolgan hujjat bo‘yicha huquqlarni tiklash sud tomonidan omonat daftarchasi yoki uning nazorat varaqasi yoki shu ikki hujjat ham yo‘qolgan taqdirda amalga oshiriladi. Arizachida saqlanib qolingan hujjat ishga ilova qilinadi, sud qarorida uning bekor qilinganligi ko‘rsatilishi kerak.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Agar ish FPKning 338-moddasiga asosan hal qilinishida omonat yoki qimmatliklar sudning taqiqlovchi choralar haqidagi ajrimi olinishidan oldin tegishli muassasa tomonidan berilganligi yoki yo‘qolgan hujjatning alohida belgilari omonat yoki qimmatliklarning arizachiga tegishliligi haqida xulosa qilish uchun yetarli bo‘lmasa, sud hujjatni haqiqiy emas deb topish va tegishli muassasa zimmasiga arizachiga omonat yoki yo‘qolgan hujjat o‘rniga yangisini berish majburiyatini yuklashni rad etadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Asossiz boyish haqida da’vo taqdim etilganda (FPK 339-moddasi) hujjatni saqlovchi o‘zining shu qimmatli hujjatning halol va qonuniy egasi ekanligini hamda boyish alomati borligi va uning hajmini isbotlashi kerak. Yo‘qolgan hujjat o‘rniga sudning qaroriga ko‘ra yangi hujjat olgan shaxs qonuniy saqlovchi oldida asossiz olingan va saqlangan mulkning miqdorida moddiy javobgardir.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Asossiz boyiganlik haqidagi da’vo hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan hisoblanadigan umumiy da’vo muddati doirasida taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga bo‘lgan huquqi to‘g‘risida o‘z vaqtida arz qilmagan saqlovchi hujjatni haqiqiy emas deb topilishi bilan bog‘liq zararni undirishga haqli emas.