10.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1901
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining qarori, 10.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1901
Кучга кириш санаси
20.02.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2014
Hujjat 20.02.2009 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1024-son qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1024-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan dividend tarzida olinadigan daromadlarga soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibini belgilaydi.
Mazkur qoida O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq doimiy xususiyatga ega bo‘lgan yuridik shaxsdan olinib, uning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yo‘naltiriladigan soliq solinmaydigan dividendlarga tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan imtiyoz 2009-yilning 1-yanvaridan keyin va 2014-yilning 1-yanvariga qadar to‘lanadigan barcha dividendlar uchun, ular qaysi davr uchun hisoblanganligidan qat’i nazar, tatbiq etiladi.
7. Dividendlar tarzidagi daromadlarni to‘lov manbaida soliq solishdan ozod etish uchun yuridik shaxs to‘lov manbaiga mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda ariza taqdim etadi. Mazkur ariza har bir dividend to‘lanishida taqdim etiladi. Ariza to‘lov manbai tomonidan dividend tarzidagi daromad to‘languniga qadar yuridik shaxs tomonidan beriladi. Arizani taqdim etish to‘lov manbaida soliq ushlab qolmaslik uchun asos bo‘ladi.
10. Yuridik shaxslar Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hisob-kitobini topshirish uchun nazarda tutilgan muddatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga ushbu Nizom 2-ilovasida keltirilgan shaklda dividend tarzida olingan va to‘lov manbaida soliq solinmagan mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risida hisob-kitob taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Ushbu Nizomda ko‘rsatilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.