19.06.1992 yildagi 5-son
Hujjat 19.06.1992 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonuni ommaviy axborot vositalaridan fuqarolarning shaxsiy hayotlariga aralashish, ularning sha’ni, qadr-qimmatlari va ishchanlik obro‘siga tajavuz qilish maqsadida foydalanishni man etadi.
Fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 100-moddasiga muvofiq o‘zining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar yuzasidan, basharti, bunday ma’lumotlarni tarqatgan shaxs ularning haqiqatga to‘g‘ri kelishini isbotlay olmasa, sud yo‘li bilan raddiya talab qilishga haqli.
Plenum “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunni sud amaliyotida qo‘llashda, qanday ma’lumotlar tarqatilganligi va ular qadr-qimmatga qanchalik putur yetkazgani kabi masalalar yuzasidan muammolar yuzaga kelganligini ta’qidlaydi hal qiluv qarorlarida hamma vaqt ham sha’n va qadr-qimmatga putur yetkazuvchi ma’lumotlarga raddiya berishning aniq usuli hamda raddiya berilishi lozim bo‘lgan muddat ko‘rsatilmaydi, sud xarajatlarini undirish masalasi muhokama qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 100-moddasi va “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 27-moddasiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxs ommaviy axborot vositasida e’lon qilingan, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan va o‘zining sha’ni hamda qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan ma’lumotlar bo‘yicha raddiya berishni tahririyatdan talab qilishga haqli ekanligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Qonunlarni to‘g‘ri tatbiq etish, fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan huquqlarini amalga oshirishlariga yordam berishini hisobga olib, sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘sini himoya qilish haqidagi ishlarni sudlar sinchiklab, puxta ko‘rishlari zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasiga binoan e’lon qilingan material tufayli huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan yuridik va jismoniy shaxslar o‘z raddiyasini mazkur ommaviy axborot vositasi orqali e’lon qilishga haqlidir. Raddiya yoki javob gazetalarda ular kelgan kundan e’tiboran bir oy muddat ichida, boshqa davriy nashrlarda esa navbatdagi sonda e’lon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Da’vo ariza FPKning 149 va 150-moddalari talablariga rioya qilinmay berilgan hollarda harakatsiz qoldiriladi va FPKning 154-moddasiga asosan kamchiliklarni bartaraf etish muddati ko‘rsatiladi. Ko‘rsatilgan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmasa, ariza berilmagan hisoblanib, da’vogarga qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. FKning 100-moddasi 2-qismiga asosan manfaatdor shaxs sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini badnom qiluvchi ma’lumotlar uning vafot etgan oila a’zolari yoki qarindoshlariga nisbatan tarqatilganda ham ularning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini sud orqali himoya qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zining sha’niga haqoratlovchi ma’lumotlar aytilgan fuqaro, yetarli asoslar bo‘lgan taqdirda, haqorat yoki tuhmat qilgani uchun Jinoyat kodeksining 139, 140-moddalari yoki O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 40, 41-moddalariga ko‘ra gunohkorni jinoiy javobgarlikka tortish haqida ish qo‘zg‘atishni so‘rab sudga murojaat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi FKning 100-moddasiga asosan da’vogarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini pastga uruvchi ma’lumotlarni haqiqatga to‘g‘ri kelishini tasdiqlash javobgarning zimmasiga yuklatilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
12. O‘zbekiston Respublikasi FKning 163-moddasiga asosan sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini erga uruvchi ma’lumotlarga raddiya berish haqidagi talablarga da’vo muddati tatbiq qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
FKning 1021-moddasi 2-qismiga binoan agar zarar qadr-qimmat va ishchanlik obro‘-e’tiborini haqoratlovchi ma’lumotlarni tarqatish tufayli yetkazilgan bo‘lsa, ma’naviy zarar uni yetkazuvchining aybidan qat’i nazar, qoplanishini nazarda tutish lozim.
FKning 1022-moddasiga muvofiq ma’naviy zararni qoplash miqdorini aniqlashda sudlar jabrlanuvchiga yetkazilgan ma’naviy zararning og‘irligiga subyektiv bahosi, shuningdek, da’vogarning jismoniy va ma’naviy azoblarining darajasini tasdiqlovchi obyektiv ma’lumotlar xususiyati va haqoratlovchi yolg‘on ma’lumotlari tarqatilgan doirani hamda boshqa ahamiyatga molik holatlarni e’tiborga olishlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.