Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×



mundarija mavjud emas

 LexUZ sharhi
2. Sudlar FPKning 283-moddasida ko‘zda tutilgan sud yo‘li bilan belgilanadigan faktlar ro‘yxati qat’iy emasligini e’tiborga olgan holda, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash to‘g‘risidagi ishlarning sudlarga taalluqliligi haqidagi qonun talablarini aniq bajarishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Faktni belgilash to‘g‘risidagi arizalar FPKning 280, 283-moddalariga binoan alohida ish yuritish tartibida ko‘rishda quyidagi shartlarga rioya qilingan taqdirdagina sud tomonidan qabul qilinishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. FPKning 283-moddasiga binoan yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlar sud tartibida faqat fuqarolarning emas, balki bundan manfaatdor tashkilotlarning ham arizalari bo‘yicha belgilanishini sudlar e’tiborda saqlashlari lozim.
7. FPKning 283-moddasining 1-bandida qarindoshlik munosabatlari deganda to‘g‘ri qarindoshlik, biri ikkinchisidan yoki bir umumiy urug‘dan kelib chiqqan shaxslarning qon-qarindoshligi nazarda tutilganligi sudlarga tushuntirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudlar meros qoldiruvchining qaramog‘ida bo‘lganlik faktini belgilashda Fuqarolik kodeksining 1139, 1141-moddalari va Oliy sud Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi “Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qo‘llanilishi to‘g‘risidagi” qarorining 16-17-bandlarida bayon qilingan mehnatga qobiliyatsiz boqimlarining uch toifasi yuzasidan berilgan tushuntirishlarga amal qilishlari lozim. Bunda, meros qoldiruvchi bilan uning qaramog‘ida bo‘lgan shaxs o‘rtasida qarindoshlik munosabatlari bor-yo‘qligi ahamiyatga ega emas.
Boquvchisini yo‘qotish munosabati bilan zararni undirtirish uchun birovning qaramog‘ida bo‘lganlik faktini belgilashda sudlar Fuqarolik kodeksining 1009-moddasiga muvofiq zararni undirtirib olishga bo‘lgan huquq boquvchining qaramog‘ida bo‘lganlik muddatiga bog‘liqligini, lekin bunda ularning qarindoshligi ahamiyatga ega emasligini nazarda tutishlari kerak.
13. FPKning 283-moddasining 5-bandi va O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining 1944-yil 22-avgustdagi Farmoniga ko‘ra faktik nikoh munosabatlarida bo‘lganlik fakti faqat bunday munosabatlar 1944-yil 8-iyulgacha vujudga kelgan bo‘lsa va nikohni fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organida er-xotindan birining vafoti tufayli ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin bo‘lmasagina belgilanadi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organi tomonidan yozuvlarga tuzatish va o‘zgartirishlar kiritish rad qilingan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 38, Oila kodeksining 228, FPKning 274-moddasiga ko‘ra manfaatdor shaxslar sudga murojaat qilishlari mumkinligini nazarda tutish kerak. Bunday holatlarda ish yuridik faktni belgilash tartibida emas, balki fuqarolik holati dalolatnomalaridagi yozuvlarni noto‘g‘riligini belgilash tartibida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. FPKning 283-moddasi 8-bandiga muvofiq, imoratga xususiy mulk huquqi asosida egalik qilish faktini belgilash tegishli organlar ma’muriy tartibda ushbu faktni belgilashni rad qilgan bo‘lsa va arizachini ushbu imoratlarga bo‘lgan huquqini boshqa shaxslar inkor etmayotgan bo‘lsalargina sudga taalluqlidir.
20. Agar shaxsning ma’lum vaqt va ma’lum holatda vafot etganligini tasdiqlovchi ishonchli dalillar mavjud bo‘lsa, FPK 283-moddasining 10-bandiga asosan sud o‘lganlik faktini belgilaydi. Sudga murojaat qilayotgan manfaatdor shaxslar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qiluvchi organlarning o‘lganlikni ro‘yxatga olishni rad qilganligi haqidagi hujjatni taqdim etishlari lozim.
22. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash ishlari bo‘yicha chiqarilgan hal qiluv qarori FPKning 206-moddasida ko‘zda tutilgan talablarga monand bo‘lishi kerak. Hal qiluv qarorida ishning holati to‘g‘risidagi xulosalarni tasdiqlovchi ishni hal etish uchun ahamiyatli bo‘lgan dalillar ko‘rsatilishi kerak. Ariza qanoatlantirilgan taqdirda belgilangan fakt aniq ifoda etilishi lozim. Hal qiluv qarorining xulosa qismi bayonini sud FPK 283-moddasining tegishli bandida yozilganidek, aniq ko‘rsatishi zarur.
FPKning 16-moddasiga muvofiq, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, bunday faktlarni ro‘yxatga oluvchi yoki sud tomonidan faktni belgilanishi munosabati bilan vujudga kelgan huquqni rasmiylashtiruvchi organlar uchun majburiydir.
23. FPKning 19-moddasiga amal qilgan holda sudlar bunday ishlarni ko‘rishda fuqarolarning nafaqa va yordam pullarini olish, egalik huquqi, vorislik huquqi va boshqa qonun bilan qo‘riqlanadigan huquqlarining buzilishi aniqlanishi munosabati bilan xususiy ajrim chiqarish borasida o‘zlarining faoliyatlarini jadallashtirishlari zarur. Xususiy ajrim tegishli tashkilot va mansabdor shaxslarga yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni yo‘qotish uchun kerakli choralarni ko‘rish maqsadida yuborilishi lozim.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”