LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 22-maydagi 135-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksini amalga oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Davlat aktivlarini birja savdolarida va birjadan tashqari savdolarda sotish mexanizmlarini, davlat mulkini xususiylashtirishdan tushumlarni hisobga olish va mablag‘larni taqsimlash tartibini yanada takomillashtirish, shuningdek investorlarning qabul qilingan majburiyatlar bajarilishi yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Xususiylashtirishdan tushumlarni hisobga olish, taqsimlash va mablag‘lardan foydalanilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 41-son, 506-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 41-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 41-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 41-son, 506-modda)
1. Xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining bir qismi hisoblanadi va quyidagilar:
korxonalarni, xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi aksiyalar (ulushlar)ni, yer uchastkalarini (shu jumladan yakka tartibda uy-joy qurish (dehqon xo‘jaligini yuritish) uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini) va davlat mulki hisoblanadigan boshqa mulklarni (keyingi o‘rinlarda davlat aktivlari deb ataladi) sotish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat raqobat qo‘mitasi deb ataladi) tomonidan ilgari berilgan kreditlar hamda olingan kreditlar (qarzlar)ning asosiy summasini qaytarish tarzidagi qarzlar va ular bo‘yicha hisoblangan foizlar bo‘yicha qarzdorlardan tushumlar;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
tuzilgan va bekor qilingan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari, berilgan kreditlar va qarzlar bo‘yicha tushgan penyalar va jarimalar;
ustav fondida davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatishdan tushumlar;
ishonchli boshqaruvchilar tomonidan talab qilib olinmagan Davlat raqobat qo‘mitasining subhisob raqamlaridan qaytarilgan mablag‘lar;
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
protokolni yoki oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh tortgan yoki uni rad etgan kimoshdi savdolari yoki tanlovlar (tenderlar) g‘oliblaridan ushlab qolingan zakalat summasi;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qaroriga muvofiq yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 578-modda)
sud qarorlari bo‘yicha davlat mulki qo‘mitasining maxsus hisob raqamiga va uning hududiy organlari ikkilamchi maxsus hisob raqamlariga tushumlar hisobiga hosil bo‘ladi.
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Davlat raqobat qo‘mitasi va vakolatli boshqa organlar tomonidan baholash tashkilotlari davlat aktivlarini baholashda yo‘l qo‘ygan qonun buzilishlari aniqlangan taqdirda ilgari sotilgan davlat aktivlari qiymatiga qo‘shimcha to‘lov summalari, shuningdek davlat aktivlarini sotishda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun neustoyka summalari.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
2. Xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larni (ushbu Nizomning 4, 5 va 5-1-bandlariga muvofiq taqsimlanadigan mablag‘lardan tashqari) taqsimlash Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan har oyda milliy valyutada, quyidagi nisbatlarda amalga oshiriladi:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
25 foizi — ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish, bozor infratuzilmasi institutlarini shakllantirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga;
Oldingi tahrirga qarang.
4 foizi — ularni faqat bozor infratuzilmasini rivojlantirishga va tadbirkorlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlashga maqsadli yo‘naltirgan holda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
2,5 foizi — tasarruf etish va boshqarish funksiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, shu jumladan Xususiylashtirish davlat dasturini amalga oshirish, davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonini axborotlar bilan ta’minlash va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish uchun Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organlari hisob raqamlariga.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
davlat aktivlarini sotishdan tushgan (shu jumladan penyalar va jarimalar, shuningdek protokolni yoki oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh tortgan yoki uni rad etgan auksionlar yoki tanlovlar (tenderlar) g‘oliblaridan ushlab qolingan zakalat summalari), ushbu bandga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tegishli bo‘lgan mablag‘lar ularga davlat aktivi joylashgan joy bo‘yicha yo‘naltiriladi. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan davlat aktivi sotilgan taqdirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tegishli bo‘lgan mablag‘lar respublika budjetiga yo‘naltiriladi;
Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan ilgari berilgan kreditlar va qarzlar bo‘yicha olingan kreditlar (qarzlar)ning asosiy summalarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni (shu jumladan penyalar va jarimalarni) qaytarish tarzida qarz oluvchilardan tushgan, ushbu bandga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tegishli bo‘lgan mablag‘lar ularga qarz oluvchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joy bo‘yicha yo‘naltiriladi. Qarz oluvchilar O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tegishli bo‘lgan mablag‘lar respublika budjetiga yo‘naltiriladi;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatishdan tushgan, ushbu bandga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tegishli bo‘lgan mablag‘lar ularga tugatilayotgan xo‘jalik jamiyati joylashgan joy bo‘yicha yo‘naltiriladi. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xo‘jalik jamiyatlari tugatilgan taqdirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tegishli bo‘lgan mablag‘lar respublika budjetiga yo‘naltiriladi;
Davlat raqobat qo‘mitasining sub hisob raqamidan qaytarilgan, ishonchli boshqaruvchilar tomonidan talab qilinmagan, shu jumladan xususiylashtirish umumiy mablag‘laridan ilgari o‘tkazilgan mablag‘lar qaytarilgan taqdirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tegishli bo‘lgan mablag‘lar respublika budjetiga yo‘naltiriladi;
sud qarorlariga ko‘ra tushgan, ushbu bandning yettinchi — o‘ninchi xatboshida nazarda tutilgan hollar da’vo predmeti bo‘lmagan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tegishli bo‘lgan mablag‘lar respublika budjetiga yo‘naltiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qaroriga asosan chiqarilgan— O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qaroriga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 578-modda)
3. Xususiylashtirishdan xorijiy valyutada tushadigan mablag‘lar Davlat raqobat qo‘mitasining Markaziy bankdagi maxsus valyuta hisob raqamiga o‘tkaziladi, keyinchalik ular belgilangan tartibda, to‘liq hajmda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga majburiy tartibda sotiladi. Milliy valyutadagi tushumlarni taqsimlash ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunda xususiylashtirishdan tushgan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida nazarda tutilgan maqsadlarga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan valyuta mablag‘lari sotib olish to‘lovlari (shu jumladan hisoblangan taqdirda — penyalar) to‘liq to‘langandan keyin majburiy tarzda sotiladi hamda ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlarga milliy valyutada yo‘naltiriladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
4. Er uchastkalarini rezidentlarga xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, Davlat raqobat qo‘mitasining maxsus hisob raqamida hamda Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organlarining ikkilamchi maxsus hisob raqamlarida jamlanadi va quyidagi tartibda taqsimlanadi:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
80 foizi — respublika budjetiga ajratiladi. Bunda yer uchastkalarini xususiylashtirishdan respublika budjetiga tushgan mablag‘larning kamida 3 foizi muhandislik infrastrukturasining bosh rejalari va sxemalarini xatlovdan o‘tkazish, ishlab chiqish va ularga tuzatishlar kiritish, yer kadastrlarini shakllantirish va yerlarni iqtisodiy zonalarga bo‘lish xarajatlarini qoplashga ajratiladi;
20 foizi — mahalliy budjetlarga muvofiq hududlarning infratuzilmasini rivojlantirish va obodonlashtirish uchun maqsadli foydalangan holda tegishli mahalliy budjetlarga ajratiladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar yoki ularning bir qismi boshqa maqsadlarga yo‘naltirilgan taqdirda ushbu Nizom ularning qolgan qismiga tatbiq etiladi.
Bunda aniq davlat aktivlarini sotishdan tushgan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida nazarda tutilgan maqsadlarga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar sotib olish to‘lovlari (shu jumladan hisoblangan taqdirda — penyalar) to‘liq to‘langandan keyin ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlarga yo‘naltiriladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 41-son, 506-modda)
5-1. Davlat aktivlari oldi-sotdisi bo‘yicha tuzilgan va bekor qilingan shartnomalar, berilgan kreditlar va qarzlar bo‘yicha tushgan penya va jarimalar summalari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
50 foizi tasarruf etish va boshqarish funksiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, shu jumladan Xususiylashtirish davlat dasturini amalga oshirish, davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonini axborotlar bilan ta’minlash va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish uchun Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organlari hisob raqamlariga yo‘naltiriladi;
(5-1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
(5-1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qaroriga muvofiq kiritilgan — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 578-modda)
ushbu shartnoma bo‘yicha to‘langan mablag‘larni qaytarish to‘langan mablag‘lardan penyalar va jarimalar summasini ushlab qolgan holda shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi, sudning qarorida yoki shartnoma tomonlarining alohida bitimida boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa;
penyalar va jarimalar summasini taqsimlash mazkur shartnoma bo‘yicha ilgari to‘langan mablag‘lar Davlat raqobat qo‘mitasining maxsus hisob raqamida yoki uning hududiy organlarining ikkilamchi maxsus hisob raqamida mavjud bo‘lganda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida nazarda tutilgan maqsadlar uchun o‘tkazilgan mablag‘lar Davlat raqobat qo‘mitasining maxsus hisob raqamiga yoki uning hududiy organlarining ikkilamchi maxsus hisob raqamiga qaytarilganda (undirilganda) ushbu bandga muvofiq amalga oshiriladi.
Hisoblangan penya va jarimalar summasining etishmayotgan qismi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olinadi hamda ushbu bandga muvofiq taqsimlanadi.
Xorijiy valyutada tuzilgan va ular bo‘yicha to‘lov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha amalga oshiriladigan belgilangan tartibda bekor qilingan davlat aktivlarining oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha penya va jarima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining shartnomani bekor qilish yuzasidan sudning qarori kuchga kirgan kundagi, boshqa hollarda esa shartnoma belgilangan tartibda bekor qilingan kundagi kursi bo‘yicha hisoblanadi.
(5-1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
6. Mablag‘larni ushbu Nizomning 2, 3 va 4-bandlariga muvofiq taqsimlashda quyidagilar hisobga olinmaydi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bo‘yicha xususiylashtirishdan tushgan umumiy mablag‘lardan bir yo‘la to‘lovlar;
belgilangan tartibda bekor qilingan shartnomalar bo‘yicha Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan xaridorlarga qaytariladigan mablag‘lar;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
ular bo‘yicha bitishuvlar tuzilmagan va ularning egalariga qaytarilishi kerak bo‘lgan bitishuvlar tuzish uchun talabgorlar tomonidan depozitga qo‘yilgan mablag‘lar;
qonun hujjatlariga muvofiq majburiy tusga ega bo‘lgan davlat aktivlarini sotish bo‘yicha tenderlar o‘tkazish xarajatlari;
bank tomonidan to‘lovchilarga noto‘g‘ri o‘tkazilgan summalar, shuningdek Davlat raqobat qo‘mitasining maxsus hisob raqamiga va uning hududiy organlarining ikkilamchi hisob raqamlariga tushgan summalar aniqlashtirilgungacha;
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
xususiylashtirilayotgan korxonalarning aksiyalarini chiqarish, saqlash va sotish, shuningdek boshqa davlat aktivlarini sotish bilan bog‘liq xarajatlar;
amaliy tadqiqotlarni bajarish bo‘yicha baholash, ilmiy-tadqiqot, auditor, moliya, konsalting va boshqa xorijiy va mamlakatimiz kompaniyalarining xizmatlari, normativ-metodik hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish, ishlab chiqish, davlat aktivlarini sotishdan oldingi tayyorlash bo‘yicha xarajatlar;
yuridik shaxslarning aksiyalari (ulushlari, paylari)ni, shuningdek boshqa aktivlarni davlat manfaatlari uchun sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar;
Davlat raqobat qo‘mitasining maxsus hisob raqamidan hamda uning hududiy organlarining ikkilamchi maxsus hisob raqamidan sud qarorlari asosida amalga oshirilgan xarajatlar.
Belgilangan tartibda bekor qilingan, to‘lov xorijiy valyutada va/yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha milliy valyutada amalga oshirilgan davlat aktivlarining oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha mablag‘larni qaytarish xaridorning roziligiga ko‘ra, xususiylashtirish umumiy mablag‘laridan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qaytarish kunidagi kursi bo‘yicha milliy valyutada belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
6-1. Davlat raqobat qo‘mitasi (uning hududiy organlari) tomonidan xarajatlarni amalga oshirishda yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar quyidagi hollarda tanlov (tanlab olish)ni o‘tkazmasdan tuzilishi mumkin:
(6-1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
davlat aktivlari to‘g‘risidagi reklamalarni va axborot tusidagi e’lonlarni ommaviy axborot vositalarida joylashtirish, shuningdek reklama va e’lonlarni tashqi reklama manbalarida (bilbordlar, bannerlar va boshqalarda) joylashtirish;
davlat aktivlarini sotishda, shuningdek yuridik shaxslar aksiyalari (ulushlari, paylari)ni va boshqa aktivlarni davlat manfaatlarini ko‘zlab sotib olishda birja va birjadan tashqari savdolarga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan xizmatlar ko‘rsatish;
Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobatni rivojlantirish va korporativ boshqaruv muammolari tadqiqotlari markazi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlar loyihalarini ishlab chiqish;
(6-1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Respublika biznes-maktabi tomonidan korporativ boshqaruvni rivojlantirish maqsadida Davlat raqobat qo‘mitasi markaziy apparati va tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek davlat ishonchli vakillari malakasini oshirish;
(6-1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi “Xususiylashtirish axborot tizimlari” axborot texnologiyalari markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan zamonaviy axborot-texnologiya kompyuter dasturlarini, mahalliy kompyuter va internet tarmog‘ini ishlab chiqish, joriy etish va ularga xizmat ko‘rsatish;
(6-1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat tender komissiyasi qarorlari asosida davlat aktivlarini sotishda mamlakatimizdagi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan maslahat xizmatlari ko‘rsatish;
Baholash faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyasi bo‘lgan baholovchi tashkilotlar xizmatlariga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-1-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
7. Aniq davlat aktivini sotishdan tushgan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida nazarda tutilgan maqsadlarga aniq summasini ko‘rsatmasdan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan mablag‘lar mazkur davlat aktivlarining tuzilgan va bekor qilingan oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha penya va jarimalar summasini, shuningdek ushbu davlat aktivini sotish bilan bog‘liq xarajatlarni (baholash kompaniyalari, savdolar tashkilotchilari, vositachilar, depozitariylar va hisob-kitob-kliring xarajatlarini) chegirgan holda ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlarga yo‘naltiriladi.
Bunda davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasi bekor qilingan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida nazarda tutilgan maqsadlar uchun ilgari o‘tkazilgan mablag‘lar Davlat raqobat qo‘mitasining maxsus hisob raqamiga yoki uning hududiy organlarining ikkilamchi maxsus hisob raqamiga qaytarilishi (Davlat budjetiga, davlat boshqaruvi organlariga va/yoki budjet tashkilotlariga yo‘naltirilgan mablag‘lardan tashqari)va ushbu Nizomga muvofiq taqsimlanishi kerak.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
8. Ushbu Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahri bo‘yicha Bosh boshqarmasining hisob-kitob-kassa markazidagi Davlat raqobat qo‘mitasining maxsus hisob raqamida hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hududiy bosh boshqarmalarida ochilgan Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organlarining ikkilamchi maxsus hisob raqamlarida jamlanadi.
Xususiylashtirishdan tushgan, Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organlarining ikkilamchi maxsus hisob raqamlarida jamlanadigan hamda ushbu Nizomning 2 va 4-bandlariga muvofiq taqsimlanadigan mablag‘lar har haftada hisob-kitob-kassa markazidagi Davlat raqobat qo‘mitasining maxsus hisob raqamiga Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
9. Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organlarining ikkilamchi maxsus hisob raqamlaridan tushgan va sarflanadigan mablag‘lar Davlat raqobat qo‘mitasiga va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hududiy bosh boshqarmasiga har haftada taqdim etiladigan, Davlat raqobat qo‘mitasi tasdiqlaydigan shakl bo‘yicha hisobotda aks ettiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
10. Davlat raqobat qo‘mitasining va uning hududiy organlarining hisob raqamlariga manbalarning barcha turlari bo‘yicha tushgan mablag‘lardan soliq olinmaydi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
11. Davlat raqobat qo‘mitasining va uning hududiy organlarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hududiy bosh boshqarmalaridagi maxsus hisob raqamlariga mablag‘larni o‘tkazish tegishli tijorat banklari tomonidan, xaridorning (yuridik yoki jismoniy shaxsning) topshiriqnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Bankda hisob raqamiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar bank orqali naqd mablag‘larini topshirishi mumkin.
Sotib olinayotgan davlat aktivlari uchun to‘langan mablag‘lar birinchi navbatda asosiy qarz hisobiga o‘tkaziladi, to‘lov muddatlarini o‘tkazib yuborganlik uchun hisoblangan penyalarni to‘lash sotib olish to‘lovlari bo‘yicha asosiy qarz to‘liq qoplangandan keyin o‘tkaziladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hududiy bosh boshqarmasida ochilgan Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organining maxsus hisob raqami rekvizitlari;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
mablag‘larni o‘tkazishning asosi (oldi-sotdi shartnomasining yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjatning ro‘yxatdan o‘tkazish tartib raqami);
Xaridor tomonidan to‘lov topshiriqnomasini to‘ldirish uchun zarur bo‘lgan hisob raqamining tartib raqami va boshqa bank rekvizitlari davlat aktivi oldi-sotdi shartnomasida yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjatda ko‘rsatiladi.
13. Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari tarmoqlar va tushum manbalari bo‘yicha har bir xususiylashtirish obyekti bo‘yicha mablag‘larning tushishi, harakati va taqsimlanishi hisobini yuritadilar ular bo‘yicha Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan tartibda va shakllarda hisobotlar tuzadilar.
Xususiylashtirishdan mablag‘larning tushishi va taqsimlanishi to‘g‘risidagi yig‘ma jadvallar hududiy boshqarmalar tomonidan har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning birinchi kunidagi holatiga ko‘ra oyning beshinchi kunigacha Davlat raqobat qo‘mitasiga taqdim etiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
14. Birja savdolarida sotilgan davlat aktivlari uchun hisob-kitoblarning o‘z vaqtida qilinganligi yuzasidan nazoratni hisob-kitob-kliring xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan tuzilgan shartnomaga muvofiq hisob-kitob-kliring tashkiloti, birjadan tashqari savdolarda sotilgan davlat aktivlari bo‘yicha esa qonun hujjatlariga muvofiq Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi amalga oshiradi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
15. Davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan, belgilangan muddatlarda kiritilmagan mablag‘lar summasi xaridorlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olinadi.
(III-bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
16. Ushbu Nizomning 2 va 4-bandlarida ko‘rsatilgan oluvchilar tomonidan mablag‘lardan foydalanish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
17. Mablag‘larni respublika budjetiga o‘tkazish har oyda Davlat raqobat qo‘mitasining maxsus hisob raqamlaridan amalga oshiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
18. Mablag‘lar Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlari uchun (25 foiz) har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunigacha, ularning g‘aznachilik hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
19. Ushbu Nizomning 19-bandida ko‘rsatilgan g‘aznachilik hisoblaridan mablag‘lar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari asosida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sarflanadi:
a) mablag‘larning 50 foizi 1991-yilgacha qurilgan ko‘p kvartirali uy-joylarning umumiy foydalaniladigan joylarini va muhandislik kommunikatsiyalarini mukammal ta’mirlashni, shuningdek umumta’lim maktablari va maktabgacha tarbiya muassasalarini mukammal ta’mirlash va jihozlashni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi;
b) mablag‘larning kamida 25 foizi aholining ijtimoiy himoyalanmagan toifalari uchun uy-joy qurilishini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan muhandislik va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari, suv quvurlari, kanalizatsiya tizimlari va inshootlar, gaz va elektr ta’minoti tarmoqlari, yo‘llar qurilishini, shuningdek ijtimoiy infratuzilmani — ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport obyektlari qurilishini moliyalashtirishga;
loyihalash hujjatlarini, shu jumladan shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
20. Mablag‘larning yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z vaqtida o‘tishini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tegishli bo‘linmalari va bank muassasalari ta’minlaydilar.
21. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ushbu Nizomga ilovadagi shakl bo‘yicha mablag‘lardan foydalanishning yo‘nalishlari to‘g‘risida hisobot taqdim etadilar.
22. Tasarruf etish va boshqarish funksiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, shu jumladan Xususiylashtirish davlat dasturini amalga oshirish, davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonini axborotlar bilan ta’minlash va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish uchun Davlat raqobat qo‘mitasi ixtiyorida qoldiriladigan mablag‘lardan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq foydalaniladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
23. Ushbu Nizomga muvofiq taqsimlanishi kerak bo‘lgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
24. Davlat raqobat qo‘mitasi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga xususiylashtirishdan mablag‘larning tushishi va sarflanishi to‘g‘risida axborot taqdim etadi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
25. Xususiylashtirishdan mablag‘larning tushishi va sarflanishi bo‘yicha boshlang‘ich hujjatlarni tekshirishlar har yili kamida bir marta O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
1. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, davlat savdosi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1992-yil 23-sentabrdagi 443-son qarorining 4-bandi va ushbu qarorga 8 va 9-ilovalar.
2. Vazirlar Mahkamasining “Aksiyalar paketlarini joylashtirishni takomillashtirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 18-avgustdagi 404-son qarorining 9-bandi va ushbu qarorga 2 va 3-ilovalar.
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larni hisobga olish, taqsimlash va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida” 1998-yil 22-avgustdagi 362-son qarorining 1-bandi va unga ilova.
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini xususiylashtirishda xorijiy sarmoyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 18-noyabrdagi 477-son qarori 4-bandining ikkinchi—to‘rtinchi xatboshi, 5-bandi, shuningdek mazkur qarorga 5-ilova va 8-ilovaning 1-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1999-yil 21 maydagi 263-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 5-son, 27-modda) 2-ilova II bo‘limining 1—3-bandlari.
6. Vazirlar Mahkamasining “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha kelgusidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 9-martdagi 119-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 17-modda) 6-ilova II bo‘limining 7, 16 va 18-bandlari.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 27-fevraldagi 70-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 11-modda) ilovaning 4-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 30-modda) 6-ilova II bo‘limining 6 va 9-bandlari.
9. Vazirlar Mahkamasining “Past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va obyektlarni xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 26-avgustdagi 368-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 78-modda) 1-bandining uchinchi xatboshi va ushbu qarorga 2-ilova.
10. Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘larni taqsimlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 14-noyabrdagi 512-son qaroriga ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 120-modda).
11. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratish va ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 19-noyabrdagi 520-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 123-modda) 2-ilovaning 14-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2003-yil 24-dekabrdagi 563-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 12-son, 131-modda) ilovaning 3-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 11-fevraldagi 67-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini xususiylashtirishda xorijiy sarmoyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 18-noyabrdagi 477-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 11-fevraldagi 68-son qarori.
15. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki ayrim obyektlarini investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berishni jadallashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 5-maydagi 209-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 45-modda) 2-ilovaning 1, 2-bandlari hamda 7-bandning uchinchi xatboshi.
16. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 100-modda) 3-ilovaning 11-bandi.
17. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 4-avgustdagi 185-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi.
18. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 362-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larni hisobga olish, taqsimlash va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartibiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” 2006-yil 4-yanvardagi 3-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 1-son, 2-modda).
19. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 26-apreldagi PQ–335-son qarori)” 2006-yil 9-iyundagi 112-son qarorining 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 6-son, 43-modda) va ushbu qarorga 1-ilova.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida qiymatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda.
“21. Xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasi aksiyalari ulushini sotish tartibi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
22. Agar birja va birjadan tashqari savdolar qoidalari bilan boshqa ta’rif usuli belgilanmagan bo‘lsa, aksiyaning kurs qiymati (aksiya kursi) birja va birjadan tashqari qimmatli qog‘ozlar bozorida tuzilgan bitishuvning yakuniy qiymati sifatida belgilanadi (bitishuvlarning miqdoriy hajmi emitentlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning umumiy sonining kamida 5 foizini tashkil etgan taqdirda)”;
“201. Sotuvchi yoki sotib oluvchi yoki ularning vakillari — qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar tuzish, oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha tomonlar sifatida ishtirok etish va agar ushbu bitishuvlarning yakuni qonun hujjatlari buzilishiga olib kelgan taqdirda, uni imzolashga haqli emas.
Qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlarni amalga oshirishda ro‘yxatga oluvchi sifatida ishtirok etayotgan qimmatli qog‘ozlar savdolari tashkilotchilari, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, agar ular qonun hujjatlarini buzgan holda amalga oshirilgan yoki ularning yakuni qonun hujjatlari buzilishiga olib kelgan bo‘lsa, qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlarni ro‘yxatdan o‘tkazmasligi shart”;
bitishuvlar qonun hujjatlarini buzgan holda amalga oshirilgan yoki ularning yakuni qonun hujjatlari buzilishiga olib kelgan bo‘lsa, qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlarni ro‘yxatdan o‘tkazmaslikka va “depo” hisob raqamlariga pul o‘tkazmaslikka;
qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining natijasi qonun hujjatlari buzilishiga olib keladigan qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, “depo” hisob raqamlariga pul o‘tkazish haqidagi murojaatlari to‘g‘risida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga zudlik bilan xabar berishga”;
qimmatli qog‘ozlarning normal muomalada bo‘lishi, ularning bozor narxlarini belgilash va ular to‘g‘risida zarur axborotni tarqatish, qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining yuqori professionallik darajasini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashga;
savdoga qo‘yiladigan qimmatli qog‘ozlarni ekspertizadan o‘tkazishga, unda birja tomonidan belgilangan talablarga emitentlarning moliya-xo‘jalik va boshqa ko‘rsatkichlari muvofiqligini tahlil qilish, emitentning ishchanlik obro‘sini va uning moliyaviy ishonchliligi to‘g‘risida axborot beradigan boshqa ma’lumotlarni baholash nazarda tutiladi;
savdoga qo‘yiladigan, moliyaviy barqaror emitentlarning muomalada bo‘lgan aksiyalari ro‘yxatini o‘z ichiga oladigan qimmatli qog‘ozlarning birja listingini doimiy ravishda yuritishga;
qimmatli qog‘ozlar birja savdolari yakunlari asosida qimmatli qog‘ozlarning kotirovkasini belgilashga (aksiyalar kursini, eng kam va eng yuqori narxlarni, kurs qiymatidagi o‘zgarishlar va boshqalarni belgilash);
qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari bo‘lgan birja savdolari operatorlarini (treyderlarni) o‘qitishga;
“282. Bitishuvlarning barcha ishtirokchilari qonun hujjatlari buzilishi holatlari to‘g‘risida ular aniqlangan vaqtdan boshlab ikki kun mobaynida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga xabar berishi shart”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 41-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 41-son, 506-modda)