LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Eksportga mo‘ljallangan va import o‘rnini bosadigan raqobatbardosh zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishni yanada rag‘batlantirish, ichki tarmoq va tarmoqlararo, jumladan respublikaning kichik biznes va yirik korxonalari o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash, aholi bandligiga ko‘maklashish maqsadida, shuningdek Respublika ikkinchi sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi yakunlarini hisobga olgan holda:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan respublika xo‘jalik boshqaruvi organlari va korxonalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2009-yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi ma’qullansin. Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
2009-yilda sanoat mahsulotlari asosiy turlarini ishlab chiqarish hajmining maqsadli parametrlari va mahalliylashtirish darajasi 1-ilovaga* muvofiq;
butlovchi uzellar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning o‘tuvchi loyihalari ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq;
butlovchi uzellar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning yangi loyihalari ro‘yxati 2a-ilovaga* muvofiq;
tayyor mahsulot turlari, xomashyo va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning o‘tuvchi loyihalari ro‘yxati 3 ilovaga* muvofiq;
tayyor mahsulot turlari, xomashyo va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning yangi loyihalari ro‘yxati 3a-ilovaga* muvofiq;
mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan o‘zlashtirishga tavsiya etilayotgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar ro‘yxati 4-ilovaga* muvofiq.
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
2. Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha Maxsus komissiyaning yangilangan tarkibi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin, unga, mahalliylashtirishning belgilangan darajasini pasaytirishni istisno qilgan holda, Mahalliylashtirish dasturi loyihalari parametrlariga tuzatishlar kiritish huquqi berilsin,
* 5-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
chetdan olib kelinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, shuningdek mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish texnologik jarayonida foydalaniladigan komponentlar uchun bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari);
mahalliylashtirish loyihalari bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar bo‘yicha foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi (soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qo‘llaydigan subyektlar uchun);
mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan asosiy ishlab chiqarish fondlari bo‘yicha mulk solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin.
Belgilansinki, 2a va 3a-ilovalarga kiritilgan korxonalar uchun ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyozlar loyihalar belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng, Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha Maxsus komissiya qarorlariga binoan 2012-yilning 1-yanvarigacha beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Belgilab qo‘yilsinki, ushbu imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo‘shaydigan mablag‘lar yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga, shuningdek faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarishlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, sifatni boshqarish tizimini joriy etish, mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xomashyo va materiallar sotib olishga, Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishga jalb qilingan korxonalarning muhandis-texnik xodimlarini rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 12-noyabrdagi PF-3937-sonli Farmoni 4-bandining amal qilishi mahalliylashtiriladigan mahsulotlarni xarid qilish uchun tuziladigan shartnomalarga tatbiq etilsin.
5. Vazirlar Mahkamasiga Maxsus komissiyaning takliflari bo‘yicha mahalliylashtirish loyihalari parametrlari va ro‘yxatiga, shuningdek 4-ilovaga kiritilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. Bunda Mahalliylashtirish dasturiga, birinchi navbatda, 4-ilovada aks ettirilgan, shuningdek Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini o‘tkazish davomida aniqlangan talabga asoslanib, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarish nazarda tutilayotgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan loyihalar kiritiladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bir oy muddatda Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Nizomda loyihalarni kiritishning soddalashtirilgan mexanizmi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buyurtmanomalari vakolatli organlar va Maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilishining aniq muddatlari va Mahalliylashtirish dasturiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilinishi nazarda tutilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, manfaatdor xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari korxonalar bilan birgalikda:
uch oy muddatda ushbu qarorning 2a va Za-ilovalariga kiritilgan loyihalarning pasportlari belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va Maxsus komissiyaga taqdim etilishini;
bir oy muddatda moddiy resurslar xarid qilishga va belgilangan prognoz parametrlardan past bo‘lmagan holda mahalliylashtiriladigan mahsulot yetkazib berishga buyurtmalar portfeli shakllantirilishini ta’minlasin.
Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Ijro etuvchi organi mahalliylashtiriladigan mahsulot yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnomalar belgilangan tartibda ro‘yxatga olinishini ta’minlasin, natijalar to‘g‘risida Maxsus komissiyaga har oyda ma’lumot berib tursin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. “O‘zstandart” agentligi manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda bir oy muddatda mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshiruvchi korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek korxonalarning xodimlarini standartlashtirish va sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish masalalari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qitishni ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring o‘rnatsin va har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Ijro etuvchi organi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi:
sanoat kooperatsiyasi aloqalarini chuqurlashtirish hamda mahalliy xomashyoni qayta ishlashga va zamonaviy texnologiyalarni jalb etishga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni kengaytirish borasidagi tadbirlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini;
mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan o‘zlashtirilishi tavsiya etilayotgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar ro‘yxati to‘g‘risida muntazam axborot berib borilishini ta’minlasinlar.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2008 — 2010-yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2008-yil 28-maydagi PQ-879-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.