02.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1892
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining qarori, 02.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1892
Кучга кириш санаси
12.02.2009
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-noyabrdagi PQ-1005-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, hisobga olish va nazorat qilish Departamentini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 48-son, 472-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligiga insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalari oluvchilar (bundan buyon matnda grant oluvchilar deb yuritiladi) tomonidan taqdim etiladigan hisobot shakllarini to‘ldirish tartibini belgilaydi.