Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 23.12.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 29-moddaning birinchi qismi “xabardor qilgan holda ko‘rib chiqish” degan so‘zlardan keyin “prokurorning amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi yoxud mahkumni jazodan ozod qilish to‘g‘risidagi iltimosnomasini ko‘rib chiqish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 34-moddaning birinchi qismi “558” raqamidan keyin “589” raqami bilan to‘ldirilsin;
birinchi qismi “yoki o‘zgartirishga” degan so‘zlardan keyin “amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish to‘g‘risida prokurorga taqdimnoma kiritishga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi qismi “qo‘zg‘atish haqidagi” degan so‘zlardan keyin “amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish to‘g‘risida prokurorga taqdimnoma kiritish haqidagi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4) 46-moddaning birinchi qismidagi “yarashuv to‘g‘risidagi” degan so‘zlar “yarashuv to‘g‘risidagi, amnistiya aktini qo‘llash haqidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 48-moddaning birinchi qismidagi “yarashuv to‘g‘risidagi” degan so‘zlar “yarashuv to‘g‘risidagi, amnistiya aktini qo‘llash haqidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 329-modda birinchi qismining ikkinchi jumlasi “chiqarilgunga qadar” degan so‘zlardan keyin “yoxud tergovga qadar o‘tkazilgan tekshiruv materiallari ushbu Kodeksning 587-moddasiga muvofiq prokurorga yuborilguniga qadar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
7) 333-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
ikkinchi qismi birinchi xatboshisi “tergovchiga” degan so‘zdan keyin “yoki prokurorga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
9) 351-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
10) 355-modda ikkinchi qismining 7-bandi “yoxud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritish haqida prokurorga taqdimnoma kiritadi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
11) 372-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
12) 373-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
oltinchi—o‘n uchinchi xatboshilari tegishincha yettinchi—o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
14) 385-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 6-band bilan to‘ldirilsin:
16) 542-moddaning beshinchi qismi “mehnat stajiga qo‘shish” degan so‘zlardan keyin “shuningdek mahkumlarga nisbatan amnistiya aktini qo‘llash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
1-bandi “83 va 84-moddalarida” degan so‘zlardan keyin “(84-moddaning birinchi qismi 2-bandi bundan mustasno)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
3-bandi “yoxud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi 746-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 257-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 168-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda; 2008-yil, № 9, 487-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 28-modda birinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisi “amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish haqida yoxud jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritadi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 31-moddaning uchinchi xatboshisi “mahkumni amnistiya aktiga asosan jazodan ozod qilish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritishga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
 LexUZ sharhi

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”