“Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarni hamda ularga tovarlar sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarga tovarlar sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida taklif kiritsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari E.R. Shoismatov va N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
aeroportlar va “O‘zaeronavigatsiya” markazining obyektlari — yorug‘lik signalizatsiyasi asbob-uskunalari, radiotexnika vositalari (navigatsiya, lokatsiya va aloqa uskunalari), parvozlarni boshqarish punktlari;
temir yo‘llarning tashish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan va poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlaydigan infratuzilma obyektlari;
uzluksiz energiya ta’minotining birinchi kategoriyasi bo‘yicha shahar elektr transporti (shu jumladan metropoliten);
Oldingi tahrirga qarang.
kasalxona muassasalari, tez va shoshilinch tibbiy yordam muassasalari, qon xizmati muassasalari, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar;
(1-bandning o‘niinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ambulatoriya-poliklinika muassasalari;
(1-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
koyka fondiga ega bo‘lgan onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari, koyka fondiga ega bo‘lgan dispanserlar, shu jumladan tug‘ruqxonalar, chaqaloqlar uylari;
Oldingi tahrirga qarang.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari markazlari obyektlari — vaksinalar saqlanadigan omborlar, alohida xavfli infeksiyalar laboratoriyalari, bakteriologik va virusologik tadqiqotlar laboratoriyalari;
(1-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
Respublika karantin va alohida xavfli infeksiyalar profilaktikasi markazi, uning patogenlik va bioxavfsizlik bo‘yicha I va II guruhlarga tegishli deb topilgan mikroorganizmlar bilan ishlaydigan filiallari va bo‘limlari;
maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim obyektlari, shuningdek bolalar uylari;
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va uning hududiy bo‘linmalarining teleradio mahsulotlarini shakllantirish, uzatish va efirga tarqatish obyektlari;
texnogen jarayon uzib qo‘yilishi texnogen oqibatlarga va avariyalarga olib kelishi mumkin bo‘lgan alohida xavfli va uzluksiz texnologik jarayonli sanoat korxonalari;
davlat resurslari hisobiga ajratiladigan undan qoliplangan non ishlab chiqaruvchilar (qoliplangan non pishirish uchun elektr energiyasidan foydalanuvchilar).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
kasalxona muassasalari, tez va shoshilinch tibbiy yordam muassasalari, qon xizmati muassasalari, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ambulatoriya-poliklinika muassasalari;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
koyka fondiga ega bo‘lgan onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari, koyka fondiga ega bo‘lgan dispanserlar, shu jumladan tug‘ruqxonalar, chaqaloqlar uylari;
maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim obyektlari, shuningdek bolalar uylari;
texnogen jarayon uzib qo‘yilishi texnogen oqibatlarga va avariyalarga olib kelishi mumkin bo‘lgan alohida xavfli va uzluksiz texnologik jarayonli sanoat korxonalari, shu jumladan Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 5-ilovaga kiritilgan strategik korxonalar;
davlat resurslari hisobiga ajratiladigan undan qoliplangan non ishlab chiqaruvchilar (qoliplangan non pishirish uchun tabiiy gazdan foydalanuvchilar).
Oldingi tahrirga qarang.
kasalxona muassasalari, tez va shoshilinch tibbiy yordam muassasalari, qon xizmati muassasalari, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ambulatoriya-poliklinika muassasalari;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
koyka fondiga ega bo‘lgan onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari, koyka fondiga ega bo‘lgan dispanserlar, shu jumladan tug‘ruqxonalar, chaqaloqlar uylari;
maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim obyektlari, shuningdek bolalar uylari.
Oldingi tahrirga qarang.
kasalxona muassasalari, tez va shoshilinch tibbiy yordam muassasalari, qon xizmati muassasalari, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ambulatoriya-poliklinika muassasalari;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
koyka fondiga ega bo‘lgan onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari, koyka fondiga ega bo‘lgan dispanserlar, shu jumladan tug‘ruqxonalar, chaqaloqlar uylari;
maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim obyektlari, shuningdek bolalar uylari;
suv ta’minoti to‘xtatilishi texnogen oqibatlarga va avariyalarga olib kelishi mumkin bo‘lgan alohida xavfli va uzluksiz texnologik jarayonli sanoat korxonalari.
1. Ushbu Nizom “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarga tovarlar sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish (keyingi o‘rinlarda tovarlar deb ataladi) tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom maqsadlari uchun iste’molchilar tushunchasi ostida — tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni oladigan korxonalar va tashkilotlar tushuniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda davlat monopoliyaga qarshi organi deb ataladi) taklifi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilar ro‘yxatiga (keyingi o‘rinlarda ro‘yxat deb ataladi) davlat monopoliyaga qarshi organining taklifi bo‘yicha belgilangan tartibda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Davlat monopoliyaga qarshi organi tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat qilish bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida muntazamlilik asosida iste’molchilarning tabiiy monopoliyalarning tovarlari bilan ta’minlanmaganligi mamlakatning milliy manfaatlariga va aholining normal hayot faoliyatiga real xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan iste’molchilarni aniqlash uchun ularning tabiiy monopoliyalar subyektlarining tovarlari bilan ta’minlanganligini tahlil qiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
iste’molchilarning strategik yoki ijtimoiy ahamiyati, ularning tabiiy monopoliyalar subyektlarining tovarlari bilan ta’minlanmasligining mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizligiga hamda uning mudofaa qobiliyatiga, aholining hayot faoliyatiga, shu jumladan alohida hududga ehtimoli bo‘lgan oqibatlari;
korxonalarning to‘xtovsiz faoliyatini ta’minlash imkonini beradigan ehtiyojlarni qondirishning muqobil usullari mavjudligi;
6. Zaruriyat bo‘lganda, amalga oshirilgan tahlil natijalari bo‘yicha davlat monopoliyaga qarshi organi belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga ro‘yxatga tegishli vazirliklar, idoralar va tabiiy monopoliyalar subyektlari bilan kelishilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha taklif kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarga tovarlarni sotish qonunchilik va ushbu Nizom talablariga muvofiq ular o‘rtasida tuziladigan shartnomalarda qayd etiladigan hajm va sifat bo‘yicha belgilangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
8. Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan to‘liq hajmda xizmat ko‘rsatish uchun quvvatlar yetarli bo‘lmagan taqdirda tovarlar majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarga asosiy faoliyatni yoki asosiy funksiyalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan eng kam darajada sotiladi.
9. Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarni ta’minlashning eng kam darajalari (keyingi o‘rinlarda ta’minlashning eng kam darajasi deb ataladi) tovarni sotish uchun ular o‘rtasida tuziladigan shartnomalarda nazarda tutiladi.
10. Ta’minlashning eng kam darajasi faoliyatning o‘ziga xosligidan, asosiy mahsulotni ishlab chiqarish hajmidan (ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘rsatkichlari) va ko‘rsatib o‘tilgan iste’molchilar tomonidan foydalaniladigan asbob-uskunalarning tavsifidan kelib chiqib belgilanadi.
Bunda iste’molchilarning asosiy faoliyatiga va funksiyalariga ta’sir ko‘rsatmaydigan noishlab chiqarish tusidagi obyektlar hisobga olinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarni tabiiy monopoliyalar subyektlarining tovarlari bilan ta’minlashni to‘xtatish qonunchilikda va shartnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarga tovarlarni sotish tartibiga tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan rioya qilinishini nazorat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda davlat monopoliyaga qarshi organi tomonidan amalga oshiriladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom talablari buzilishi holatlari aniqlanganda davlat monopoliyaga qarshi organi tomonidan aybdorlarga nisbatan qonunchilikka muvofiq chora-tadbirlar ko‘riladi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)