LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Iqtisodiyot real sektori korxonalarining kapitallashuv darajasini yanada oshirish va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash jarayoniga investitsiyalarni, shu jumladan, tijorat banklarining mablag‘larini keng jalb etish maqsadida:
2009-yilning 1-yanvaridan boshlab yangi tashkil etiladigan ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlari uchun ustav jamg‘armasining eng kam miqdori jamiyat davlat tomonidan ro‘yxatga olingan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha ekvivalenti 400,0 ming AQSh dollariga teng summani tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
faoliyat yuritayotgan ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlari 2010-yilning 1-yanvarigacha o‘zlarining ustav jamg‘armalari miqdorini ular qayta ro‘yxatga olingan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha ekvivalenti kamida 400 ming AQSh dollariga teng summaga yetkazishlari yoki xususiy mulkchilik shakliga o‘tishni ta’minlashlari shart.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini mazkur Farmonda belgilangan miqdorgacha ko‘paytira olmaydigan aksiyadorlik jamiyatlari o‘rtasida ularni boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda qaytadan tashkil etish bo‘yicha keng tushuntirish ishlarini olib borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Banklar uyushmasining iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari qabul qilinsin:
bankrot deb e’lon qilingan ishlab chiqarish korxonalarini auksion va tanlov savdolarida tijorat banklariga mulk sifatida sotish;
Keyingi tahrirga qarang.
banklar tomonidan bankrot korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish va qayta tiklash, ularni texnik va texnologik jihatdan modernizatsiyalash hamda qaytadan jihozlashni ta’minlash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha investitsiya majburiyatlarini qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish bo‘yicha Respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan
auksion va tanlov savdolarida tijorat banklariga sotilishi lozim bo‘lgan bankrot korxonalar ro‘yxatini aniqlash;
banklar tomonidan korxonani qayta tiklash, modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishni ta’minlash majburiyatini qabul qilish sharti bilan tijorat banklariga bankrot korxonalarni sotish bo‘yicha auksion hamda tanlov savdolarining shartlari va natijalarini tasdiqlash;
bankrot korxonalarni tijorat banklariga sotish bo‘yicha auksion savdolari o‘tkazilishini tashkil etish, tanlov savdolarida bankrot korxonalarni tijorat banklariga sotish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
tijorat banklari tomonidan qabul qilingan investitsiya majburiyatlari bajarilishi, ushbu korxonalarning moliyaviy faoliyati sog‘lomlashtirilishi va keyinchalik ularning strategik investorlarga sotilishi ustidan monitoring natijalarini ko‘rib chiqish;
tijorat banklari shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda investitsiyalar kiritish va korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini qayta tiklash bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarini bajarmagan taqdirda ushbu bank bilan oldi-sotdi shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Komissiyaning ishchi organi etib belgilansin.
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-son Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish bo‘yicha Respublika komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Banklar uyushmasi, tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda:
sotib olingan bankrot korxonalarda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, ekspertiza qilish va sotish borasida tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish;
loyihalarni investitsiyalash, investitsiyaviy kreditlarni berish va xizmat ko‘rsatish masalalari bilan shug‘ullanuvchi tijorat banklarining tarkibiy bo‘linmalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2003-yil 24-yanvarda qabul qilingan PF-3202-son Farmoni 3-bandining ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.