LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-sonli “Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Mehribonlik uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini va huquqiy himoya qilinishini ta’minlash, ularning ijtimoiy-mehnat ko‘nikmalari hosil qilishiga va jamiyatga uyg‘unlashuviga ko‘maklashish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar yili” Davlat dasturi to‘g‘risida” 2008-yil 29-fevraldagi PQ-805-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
uch oy muddatda Mehribonlik uylari faoliyatini ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiqlashtirsin;
Mehribonlik uylari faoliyati muntazam nazorat qilinishini ta’minlasin, ularga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda har tomonlama ko‘maklashsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda Mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining o‘rtacha sutkalik maqbul me’yorlarini tasdiqlasin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalari haqidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1995-yil 18-fevraldagi 59-son qarori 1-bandining to‘rtinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 2-son, 5-modda) va qarorga 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom Mehribonlik uylarini tashkil etish va ularning faoliyati, shuningdek ularda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Mehribonlik uyi yetim bolalar va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun davlat tarbiya muassasasidir.
3. Mehribonlik uyi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek o‘z ustaviga amal qiladi.
yetim bolalar va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni (keyingi o‘rinlarda “tarbiyalanuvchilar” deb ataladi) tarbiyalash, kamol toptirish va qo‘llab-quvvatlash;
tarbiyalanuvchilarni to‘liq ruhiy sog‘lomlashtirishga, ijtimoiy moslashtirishga va jamiyatga uyg‘unlashtirishga ko‘maklashadigan, ularning sifatli ta’lim va tarbiya olishi, shuningdek ularning ijodiy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish uchun uy sharoitiga eng ko‘p darajada yaqinlashtirilgan muhitni yaratish;
tarbiyalanuvchilarning hayoti va sog‘lig‘i, psixologik va jismoniy rivojlanishi himoya qilinishini ta’minlash.
5. Mehribonlik uyi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tashkil etiladi.
6. Mehribonlik uyi muassasa shaklida tashkil etiladi va tegishli tuman (shahar) hokimligida yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Mehribonlik uyining namunaviy ustavi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
v) maxsus korreksion Mehribonlik uyi (jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun).
Mehribonlik uyi tipi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
9. Mehribonlik uylari faoliyatini muvofiqlashtirish xalq ta’limining tegishli organlari tomonidan amalga oshiriladi.
10. Mehribonlik uyi bank hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan muhrga, o‘z nomi yozilgan shtamp va blankalarga ega bo‘ladi.
11. Bolalar Mehribonlik uyiga yil mobaynida ota-onalari vafot etgan, ular ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan, ularning ota-onalik huquqlari cheklangan, ota-onalar huquqiy layoqatsiz deb e’tirof etilgan, ota-onalar kasal bo‘lgan, ota-onalar uzoq muddat bo‘lmagan, ota-onalar bolalarni tarbiyalashdan yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bosh tortgan, shu jumladan ota-onalar o‘z bolalarini tarbiya muassasalaridan, davolash muassasalaridan, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalaridan va shunga o‘xshash muassasalardan olishni rad etgan hollarda, shuningdek bolalar ota-onalarining qarovisiz qolgan boshqa hollarda qabul qilinishi kerak.
Jismoniy yoki psixologik jihatidan nuqsonlari bo‘lgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga (maktab-internatlarga) yoki maxsus korreksion Mehribonlik uylariga belgilangan tartibda yuboriladi.
13. Mehribonlik uyiga kam ta’minlangan, ko‘p bolali oilalarning bolalari, faqat otasi yoki onasi bor bo‘lgan bolalar ushbu oilalarni bir yilgacha muddatda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida vaqtinchalik qabul qilinadi. Ularning bundan keyin Mehribonlik uyida bo‘lishi tarbiyalanuvchi yashaydigan joy bo‘yicha vasiylik va homiylik organining xulosasiga ko‘ra tuman (shahar) hokimining qarori bilan belgilanadi.
14. Mehribonlik uyidagi tarbiyalanuvchilar soni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan, sanitariya va gigiyena normalariga majburiy rioya qilgan holda belgilanadi, lekin tarbiyalanuvchilarning soni 140 nafardan oshmasligi kerak.
15. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari har xil yoki bir xil yoshdagi tarbiyalanuvchilar guruhlariga birlashtiriladi. 7 yoshgacha bo‘lgan turli yoshdagi bolalar guruhlarida tarbiyalanuvchilar soni 10 nafar etib belgilanadi, bir xil yoshdagi tarbiyalanuvchilar guruhlarida esa: 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar — 8 nafar, 4 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar guruhida esa — 12 nafar bola bo‘ladi; tarbiyalanuvchilar guruhlaridagi o‘quvchilar soni I—IX sinflarda — 17 kishi bo‘lishi lozim.
Tarbiyalanuvchilarni korreksion guruhlarga yo‘llash faqat tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasi asosida amalga oshiriladi.
16. Mehribonlik uyiga yo‘llash tarbiyalanuvchi yashaydigan joy bo‘yicha tuman (shahar) hokimining qarori asosida Mehribonlik uyi uning tasarrufida bo‘lgan xalq ta’limi tegishli organlari tomonidan amalga oshiriladi.
17. Mehribonlik uyiga yuboriladigan har bir bola uchun vasiylik va homiylik organi tomonidan, bir Mehribonlik uyidan boshqasiga o‘tkazishda esa — Mehribonlik uyi ma’muriyati tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
b) tuman (shahar) hokimining bolani Mehribonlik uyiga joylashtirish haqidagi qarori (qarorda balog‘atga yetmagan bola, uning oilasi, turar joy maydoni bolaga biriktirilganligi to‘g‘risidagi aniq qaydnoma bilan birgalikda turar joy maydoni mavjudligi to‘g‘risidagi dalilli va to‘liq ma’lumotlar bo‘lishi kerak);
v) tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, guvohnoma bo‘lmagan taqdirda — bolaning yoshini aniqlaydigan tibbiy ekspertiza xulosasi;
g) analizlar natijalari va tibbiy-psixologik-pedagogik xulosasi ilova qilingan holda bolaning psixik va jismoniy sog‘lig‘i haqidagi tibbiy hujjatlar (tibbiy tekshirishlar natijalari ilova qilingan holda);
e) ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar haqidagi ma’lumotlar (ota-onalarning pasportlari nusxalari yoki ularning vafoti haqidagi guvohnoma nusxasi, sudning hukmi yoki qarori, ota-onasining surunkali kasalligi yoki qidiruvda ekanligi haqidagi, ota-onasining yo‘qligi yoki ularning o‘z farzandlarini tarbiyalay olmasligi haqidagi boshqa hujjatlar, shuningdek ota-onalarning yashash joyi to‘g‘risida ma’lumotnoma);
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
i) bolaning ota-onasidan qolgan mol-mulki (agar bor bo‘lsa) ro‘yxati, ushbu mol-mulkning qayerda joylashganligi, uni saqlash uchun qanday choralar ko‘rilganligi va ularni saqlash uchun javobgar shaxslar haqidagi ma’lumot;
k) bolaga turar joy biriktirilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar (dalolatnoma, uy daftari, turar joy chizmasi nusxalari, turar joyning egasi va xususiylashtirilganligi holati to‘g‘risida tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limidan ma’lumotnoma);
l) pensiya oluvchi bolalarning pensiya daftarchasi, bola foydasiga aliment undirish haqidagi sud qarori, omonat daftarchasi.
Bolani mazkur Nizomning 13-bandiga muvofiq Mehribonlik uyiga joylashtirishda yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birga ota-onaning arizasi, turar joyi va oila a’zolari haqidagi ma’lumotnomalar taqdim etiladi. Bu holda ushbu bandning “z”, “i”, “l” kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilmaydi.
18. Bir oilaning a’zolari bo‘lgan bolalar yoki qarindoshlar bir muassasaga yuboriladi. Tibbiy yoki boshqa sabablarga ko‘ra ushbu bolalarni alohida tarbiyalash va joylashtirish kerak bo‘lgan hollar bundan mustasno.
19. Tarbiyalanuvchilarni maktabgacha tarbiya Mehribonlik uyidan maktab yoshidagi bolalar uchun Mehribonlik uyiga o‘tkazish 1-iyundan 25-avgustga qadar amalga oshiriladi.
Tarbiyalanuvchilarni sog‘liqni saqlash muassasalaridan Mehribonlik uyiga qabul qilish majburiy tartibda, bola 3 yoshga to‘lgandan so‘ng ushbu Nizomning 17-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
20. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining ta’limi, tarbiyasi va ta’minoti to‘liq davlat ta’minoti asosida amalga oshiriladi.
21. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilishining o‘rtacha sutkalik maqbul me’yorlariga muvofiq oziq-ovqat, shuningdek ushbu Nizomga ilovaga muvofiq norma bo‘yicha kiyim-bosh, poyabzal, yumshoq jihozlar bilan ta’minlanadilar.
22. Mehribonlik uyi ma’muriyati tarbiyalanuvchilar ushbu Mehribonlik uyida bo‘lishining birinchi yili mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, ota-onasining qarovisiz qolgan, uy-joy maydoniga ehtiyojmand bo‘lgan tarbiyalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
23. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mehribonlik uylarining ehtiyojmand tarbiyalanuvchilarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uy-joy bilan ta’minlashlari kerak.
24. Mehribonlik uyi ma’muriyati tarbiyalanuvchilarning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga kirishiga yordam beradi.
25. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan taqdirda Mehribonlik uyi ma’muriyati tarbiyalanuvchiga vasiylik qilishni bundan keyin mazkur ta’lim muassasasiga berish uchun tarbiyalanuvchi o‘qishga kirgan ta’lim muassasasi joylashgan joy bo‘yicha vasiylik va homiylik organini xabardor qiladi.
26. Tarbiyalanuvchilar Mehribonlik uyi ma’muriyati bilan kelishuv asosida, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tamomlagunga qadar, agar mazkur ta’lim muassasasida yotoqxona bo‘lmasa hamda mazkur ta’lim muassasasi va Mehribonlik uyi bitta aholi punktida joylashgan bo‘lsa, Mehribonlik uyida yashash huquqiga egadirlar.
27. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining dam olish yoki bayram kunlarida, ta’til vaqtida Mehribonlik uyiga keladigan tarbiyalanuvchilari – o‘quvchilari, ma’muriyat bilan kelishuv asosida, yashash uchun qabul qilinadilar.
28. Tarbiyalanuvchilar qonun hujjatlariga, axloqiy va odob-axloq normalariga, Mehribonlik uyining ichki tartib-qoidalariga rioya qilishga; bilimlarni, amaliy ko‘nikmalarni, kasb mahoratini muntazam va puxta egallashga, o‘zlarining umumiy va madaniy saviyasini oshirib borishga majbur.
Bolaning mol-mulkka, pul mablag‘lariga, turar joyga (o‘zi yoki ota-onasiga qarashli bo‘lgan) egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, pensiya va omonat daftarchalari, alimentlar undirish to‘g‘risidagi ijro varaqasi va shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildidagi boshqa hujjatlar ham beriladi.
30. Tarbiyalanuvchilarning bitirishi to‘g‘risidagi qaror kollegial organ — Mehribonlik uyi Kengashi tomonidan qabul qilinadi va Mehribonlik uyi tasarrufida bo‘lgan xalq ta’limi tegishli organi tomonidan tasdiqlanadi.
31. Tarbiyalanuvchilarning ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bundan keyin tarbiyalash uchun qaytarilishi ushbu Nizomning 29-bandiga muvofiq amalga oshiriladi. Bolaning yoshidan, yil vaqtidan va qaytish holatlaridan qat’i nazar, bola yashaydigan joy bo‘yicha vasiylik va homiylik organining xulosasiga muvofiq chiqarilgan hokimning qarori tarbiyalanuvchining qaytishi uchun asos hisoblanadi.
32. Mehribonlik uyi direktori tarbiyalanuvchilarni qabul qilish va ularni Mehribonlik uyidan chiqarish uchun ushbu Nizom talablariga muvofiq shaxsan javob beradi.
33. Tarbiyalanuvchilarni o‘qitish yaqin-atrofda joylashgan umumta’lim va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Har bir bosqichda o‘qish yoshi va o‘qishning qancha davom etishi Mehribonlik uyi yoki tarbiyalanuvchi o‘qiyotgan boshqa ta’lim muassasasining ustavida belgilanadi. Har bir bosqichda o‘qishning qancha davom etishi to‘g‘risidagi xulosa Mehribonlik uyi rahbari ishtirokida tarbiyalanuvchi o‘qiyotgan ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qarori bilan qabul qilinadi.
34. Tarbiyalanuvchilar bilim olayotgan ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy va boshqa masalalari Mehribonlik uyi pedagogik jamoasi bilan yaqin hamkorlikda hal qilinadi.
35. Mehribonlik uyidagi ta’lim-tarbiya, ma’naviy-axloqiy ishlar ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik va dunyoviy tamoyillari asosida quriladi.
36. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarning umumiy o‘rta ta’lim davlat standartlariga muvofiq fanlarning asoslari bo‘yicha muntazam bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallab olishiga ko‘maklashadi, shuningdek milliy va umuminsoniy ma’naviy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy fazilatlar shakllanishi, ijodiy qobiliyatlar, mehnat ko‘nikmalari, atrof muhitga va kasb tanlashga ongli munosabatda bo‘lishning rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
37. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarning intellektual, axloqiy, jismoniy va quvnoq rivojlanishi, ularni mustaqil hayotga tayyorlash uchun eng ko‘p darajada qulay shart-sharoitlar yaratadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tarbiyalanuvchilarning psixologik-pedagogik xususiyatlari hisobga olingan holda tarbiyaning maqbul texnologiyalari, shakllari va usullari tanlanadi.
38. Maktabgacha Mehribonlik uyi, shuningdek Mehribonlik uyining maktabgacha guruhlari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan maktabgacha ta’lim muassasalari uchun davlat ta’lim talablari bo‘yicha ishlab chiqilgan ta’lim-tarbiya dasturiga muvofiq amalga oshiradilar.
39. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilarning ta’lim-tarbiya jarayoni rivojlanishidagi nuqsonlarga muvofiq ta’lim va tarbiyaning maxsus dasturlari bo‘yicha tashkil etiladi.
40. Tarbiyalanuvchilarning individual, ta’lim-rivojlantiruvchi ehtiyojlarini qondirish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek keyinchalik kasbga yo‘naltirish uchun ularning qiziqishlari va moyilliklarini aniqlash, bo‘sh vaqtlarini va dam olishini tashkil qilish maqsadida Mehribonlik uyida ham muassasaning mablag‘lari, ham boshqa mablag‘lar hisobiga turli klublar, seksiyalar, to‘garaklar, studiyalar tashkil etiladi.
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari madaniy-estetik, tabiiy-ilmiy, texnik, sport va boshqa yo‘nalishlardagi maktabdan tashqari ta’lim muassasalari ishlarida qatnashishlari mumkin.
41. Tarbiyalanuvchilarning madaniy-ommaviy, sport va mehnat faoliyatining turli shakllarida qatnashishi tashabbuskorlik, mustaqillik va vijdoniylik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
42. Bolaga nisbatan do‘stona munosabatlar muhitini yaratish va yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Mehribonlik uyida bolalar birlashmalari tashkil qilinishi mumkin.
43. Ta’til vaqtida bolalarning dam olishi Mehribonlik uyiga qaraydigan shahar tashqarisidagi oromgohlarda, dala hovlilarda, shuningdek turistik, sport, sog‘lomlashtirish oromgohlarida, dam olish uylarida, sanatoriylarda tashkil etiladi.
44. Ta’lim, mehnat, dam olish va turli tadbirlarning tibbiy-pedagogik jihatdan o‘zaro asosli bog‘liqligini ta’minlaydigan kun tartibi tarbiyalanuvchilarning Mehribonlik uyida kecha-kunduz bo‘lishlarini hisobga olgan holda tuziladi.
45. Tarbiyalanuvchilar, pedagoglar, tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosadigan shaxslarga ijtimoiy, psixologik-pedagogik yordam berish maqsadida Mehribonlik uyida ijtimoiy-psixologik va pedagogik ko‘maklashish xizmati (keyingi o‘rinlarda “xizmat” deb ataladi) tashkil etiladi.
Xizmat mutaxassislar — Mehribonlik uyi xodimlari: ijtimoiy xodim, psixolog, vrach, defektolog, katta vojatiy, kutubxonachidan iborat bo‘ladi. Xizmatga maxsus xodim — ijtimoiy muhofaza bo‘yicha direktor o‘rinbosari boshchilik qiladi.
tarbiyalanuvchilar bilan diagnostik, psixologik-profilaktik, korreksion, maslahat berish va reabilitatsiya ishlarini olib boradilar;
Mehribonlik uyining tarbiyalanuvchilari, pedagoglari, ma’muriyati va boshqa xodimlari bilan psixologik-profilaktik maslahat berish, ta’lim (seminarlar, treninglar) ishlarini olib boradilar;
tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan maslahat berish va reabilitatsiya ishlarini olib boradilar.
tarbiyalanuvchining shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildini o‘rganish va uning ijtimoiy maqomi barqarorligini aniqlash;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tarbiyalanuvchilar va ularning mol-mulkiga nisbatan qonun buzilishiga yo‘l qo‘yayotgan shaxslar javobgarlikka tortilishiga ko‘maklashish;
ijtimoiy bilimlar, o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha tarbiyalanuvchilar orasida ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish.
b) bolaning Mehribonlik uyida yashashga moslashish uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlarini aniqlash va rivojlantirish, tarbiyalanuvchilarning xulq-atvoridagi chekinishlar profilaktikasi sohasida:
ijtimoiy rivojlanish va (yoki) reabilitatsiyani tuzatishga ehtiyojmand bo‘lgan tarbiyalanuvchilar toifasini aniqlash;
shaxsning kamol topishi va uning jamiyatga reabilitatsiyasining ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlari yaratilishiga ko‘maklashish (pedagog xodimlar, tengdoshlar guruhlari, do‘stlar bilan ish olib borish);
ota-onalarni yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni tarbiyalanuvchini oilaga qabul qilishga tayyorlash;
48. Tarbiyalanuvchi Mehribonlik uyi hayotiga to‘laqonli kirishib ketishini va keyinchalik uning jamiyatga ijtimoiy moslashishini ta’minlash uchun ijtimoiy xodim, psixolog, pedagog-tarbiyachi va vrach tomonidan birgalikda tarbiyalanuvchi bilan shaxsiy korreksion-tarbiya ishlarini olib borish dasturi ishlab chiqiladi.
50. Tibbiy xizmat ko‘rsatish Mehribonlik uyining tibbiyot xodimlari tomonidan (tegishli sog‘liqni saqlash muassasalaridan mutaxassislarni jalb etgan holda) amalga oshiriladi, ular (ma’muriyat bilan bir qatorda) tarbiyalanuvchilarning salomatligi va jismoniy rivojlanishi, ovqatlanish tartibi va sifati, davolash-profilaktika tadbirlarini o‘tkazish va sanitariya-gigiyena normalariga rioya qilish uchun javob beradilar.
Mehribonlik uyida davolash-maslahat yordami va o‘tkazilgan davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari tahlili tegishli sog‘liqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
52. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy muhofaza qilish va ijtimoiy kuzatib borish ijtimoiy soha organi xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
53. Mehribonlik uyi ma’muriyati pedagog, tibbiyot va ijtimoiy soha xodimlarining pedagogik, kasbiy va psixologik mahorati doimiy ravishda takomillashtirib borilishi, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun javob beradi.
54. Mehribonlik uyining pedagog va tibbiyot xodimlari malakasini oshirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
55. Mehribonlik uyining pedagog va tibbiyot hamda boshqa xodimlari Mehribonlik uyining ustaviga, ichki tartib-qoidalariga rioya qilishi, kasbiy axloq-odobga qat’iy rioya etishi, ta’lim-tarbiya jarayonining yuqori samaradorligini ta’minlashi, tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy-psixologik va tibbiy jihatdan kuzatib borishi, o‘z kasbiy malakasini muntazam oshirishi shart.
56. Mehribonlik uyi xodimlarining lavozim bo‘yicha huquqlari va majburiyatlari, rahbarlarining layoqati va funksiyalari qonun hujjatlarida, shuningdek Mehribonlik uyi ustavida belgilanadi.
57. Mehribonlik uyini boshqarish demokratiya, oshkoralik prinsiplari asosida va Mehribonlik uyi jamoasi bilan jamoatchilikning o‘zaro hamkorligida amalga oshiriladi.
Mehribonlik uyi Kengashining funksiyalari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Namunaviy ustavda va Mehribonlik uyi ustavida belgilanadi.
59. Mehribonlik uyida jamoaning umumiy yig‘ilishi (konferensiya), pedagogik kengash faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
60. Mehribonlik uyiga bevosita rahbarlikni direktor amalga oshiradi. Direktorni ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli xalq ta’limi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mehribonlik uyi direktori lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Direktor Mehribonlik uyidagi ta’lim-tarbiya jarayonlarining ahvoli va faoliyat uchun to‘liq javob beradi.
61. Direktor Mehribonlik uyi nomidan ish olib boradi, uning manfaatlarini ifodalaydi, Mehribonlik uyining mol-mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi.
Mehribonlik uyi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladi hamda Mehribonlik uyiga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
o‘z o‘rinbosarlarining o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning vakolatlarini va javobgarlik darajasini belgilaydi;
o‘z vakolatlari doirasida Mehribonlik uyining barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
tegishli xalq ta’limi organlariga moddiy-texnik bazani mustahkamlashga, tarbiya va ta’lim ishlarini takomillashtirishga, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan masalalarni hal etish hamda Mehribonlik uyi faoliyatining boshqa masalalari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
62. Har bir Mehribonlik uyida Homiylik kengashi tuziladi. Mehribonlik uyi faoliyatini jamoatchilik asosida samarali boshqarishni ta’minlash, uni moddiy-texnik jihozlashga, xo‘jalik faoliyatiga, ta’lim-tarbiya jarayonini metodik va kadrlar bilan ta’minlashga, kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga taalluqli muhim vazifalarga ko‘maklashish va ularni hal etish uning maqsadi hisoblanadi.
Homiylik kengashi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan Namunaviy nizom asosida amalga oshiradi.
63. Mehribonlik uyining moddiy-texnik bazasi zarur imoratlar, sport inshootlari, kommunikatsiyalar, asbob-anjomlar, transport vositalari va o‘qitishda, tarbiyalashda hamda ta’lim-tarbiya sohasidagi boshqa vazifalarni hal etishda foydalaniladigan boshqa mol-mulkdan iborat bo‘ladi.
Mehribonlik uyi binolari texnika xavfsizligi qoidalariga hamda sanitariya-gigiyena normalariga muvofiq jihozlanadi va ulardan foydalaniladi.
65. Mehribonlik uyi tegishli moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
66. Budjet mablag‘larini sarflash tasdiqlangan xarajatlar smetasiga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Mehribonlik uyi qo‘shimcha manbalar orqali olingan mablag‘lardan mustaqil ravishda foydalanadi. Bu to‘g‘ridagi qaror Mehribonlik uyi Kengashi tomonidan qabul qilinadi.
67. Yil oxirida hosil bo‘ladigan pul mablag‘lari qoldiqlari, olingan manbalaridan qat’i nazar, olib qo‘yilmaydi va Mehribonlik uyi xohishiga binoan, qonun hujjatlariga muvofiq sarflanadi.
70. Mehribonlik uyi davlat vakolatli organlari tomonidan belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
71. Mehribonlik uyining moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
72. Mehribonlik uyi qonun hujjatlariga muvofiq, hozirgi zamon yetimlik muammolari bo‘yicha xalqaro faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.
73. Mehribonlik uyini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
T/r | Kiyim-bosh, poyabzal va yumshoq jihozlar nomi | O‘lchov birligi | Maktab yoshidagi bir nafar tarbiyalanuvchi uchun | Maktabgacha yoshdagi bir nafar tarbiyalanuvchi uchun | |||
Soni | Foydalanish muddati (yil) | Soni | Foydalanish muddati (yil) | ||||
O‘g‘il bolalar uchun | Qiz bolalar uchun | ||||||
Kiyim-boshlar | |||||||
1 | Qishki palto/kurtka | ta | 1 | 1 | 2 | 1 | 2 |
2 | Mavsumiy palto, kurtka | ta | 1 | 1 | 2 | 1 | 2 |
3 | Maktab formasi | to‘plam | 1 | 1 | 1 | - | - |
4 | O‘g‘il bolalar uchun kostyumlar (galstuk bilan) | to‘plam | 2 | - | 2 | 2 | 2 |
5 | Jun kostyum (bayram uchun) | to‘plam | 1 | - | 2 | 1 | 2 |
6 | O‘g‘il bolalar uchun ip gazlamadan maktab ko‘ylaklari | ta | 3 | - | 1 | - | - |
7 | O‘g‘il bolalar uchun ip gazlamadan ustki ko‘ylak | ta | 3 | - | 1 | 3 | 1 |
8 | Qizlar uchun ko‘ylak (yubka, bluzka) | ta | - | 3 | 1 | 3 | 1 |
9 | Qizlar uchun uy xalatlari/ko‘ylaklari | ta | - | 2 | 1 | 2 | 1 |
10 | Qishki ko‘ylak (bayram uchun) | ta | - | 1 | 1 | 1 | 1 |
11 | Jun svityerlar (jempyerlar) | ta | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 |
12 | Yozgi ko‘ylaklar (bayram uchun) | ta | - | 3 | 1 | 3 | 1 |
13 | Yozgi bosh kiyim | ta | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 |
14 | Qishki bosh kiyim | ta | 2 | 2 | 1 | 2 | 1 |
15 | Qizlar uchun triko va shim | ta | - | 4 | 1 | 4 | 1 |
16 | Dastro‘mollar | ta | 6 | 6 | 1 | 6 | 1 |
17 | O‘g‘il bolalar uchun shim kamari | ta | 1 | - | 1 | - | - |
18 | Sharf | ta | 1 | 1 | 2 | 1 | 2 |
19 | Qo‘lqoplar | juft | 2 | 2 | 1 | 2 | 1 |
20 | Ichki ko‘ylak | to‘plam | 4 | 4 | 2 | 5 | 2 |
21 | Sport formasi, krossovka | to‘plam | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 |
22 | Byustgalter | ta | - | 3 | 1 | - | - |
23 | Kal�a sport ishtoni | ta | 2 | 2 | 1 | 1 | 1 |
24 | Maykalar | ta | 4 | 4 | 1 | 4 | 1 |
25 | Ip paypoqlar, golflar | juft | 5 | 5 | 1 | 6 | 1 |
26 | Jun paypoqlar, golflar | juft | 5 | 5 | 1 | 6 | 1 |
27 | Botinkalar, tuflilar | juft | 3 | 3 | 1 | 3 | 1 |
28 | Shippaklar | juft | 2 | 2 | 1 | 2 | 1 |
29 | Qishki etiklar, botinkalar | juft | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 |
30 | Kalishlar | juft | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 |
31 | Yarim jun sport kostyumi | ta | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 |
32 | Tungi pijamalar | ta | 2 | 1 | 1 | 2 | 1 |
33 | Kolgotkalar | ta | - | 5 | 1 | 6 | 1 |
34 | Cho‘milish kiyimlari | ta | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 |
35 | Rezina shapka | ta | 1 | 1 | 2 | 1 | 1 |
36 | Ish kiyimi | to‘plam | 1 | 1 | 2 | 1 | 1 |
37 | Portfellar, sumkalar | ta | 1 | 1 | 1 | - | - |
38 | Shaxsiy buyumlarni saqlash uchun ryukzak/sumka | ta | 1 | 1 | 3 | 1 | 5 |
Yumshoq jihozlar | |||||||
39 | Choyshab | ta | 3 | 1 | 5 | 1 | |
40 | Ko‘rpa choyshabi | ta | 2 | 1 | 2 | 1 | |
41 | Yostiq jildi | ta | 3 | 1 | 4 | 1 | |
42 | Sochiq | ta | 2 | 1 | 2 | 1 | |
43 | Paxmoq sochiq | ta | 2 | 1 | 2 | 1 | |
44 | Jun yoki paxtali adyol | ta | 1 | 6 | 1 | 6 | |
45 | Paxmoq adyol | ta | 1 | 3 | 2 | 3 | |
46 | To‘shak | ta | 1 | 4 | 2 | 3 | |
47 | Momiqli va patli yostiq | ta | 1 | 6 | 2 | 4 | |
48 | Katta choyshab | ta | 1 | 3 | 1 | 3 | |
49 | Karavot yoniga to‘shaladigan gilamcha | ta | 1 | 4 | 1 | 4 |