LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlanganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2008-yil 8-avgustdagi 174-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi S.X.Bekenov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlarini sotish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2003-yil 28-iyundagi 289-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 50-modda):
a) 3-bandning ikkinchi xatboshidagi “Yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo sanoati masalalari” so‘zlari “Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-bandning ikkinchi xatboshidagi “Yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo sanoati masalalari” so‘zlari “Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Neft mahsulotlarini sotish bo‘yicha (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg‘i quyish va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) faoliyatni litsenziyalash sxemasidagi Yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamentiga ko‘rsatmalar Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamentiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin;
v) qarorga 3-ilovadagi “Komilov A.A.” va “Yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo sanoati masalalari” so‘zlari tegishli ravishda “lavozimiga ko‘ra” va “Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish va mahsulot taqsimotiga oid bitimlar loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha maxsus davlat komissiyasining tarkibi to‘g‘risida” 2003-yil 30-iyundagi 295-son qaroriga 3-ilovada (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 53-modda):
“Qosimov S.Q. — yetakchi mutaxassis (yurist)” so‘zlari “lavozimiga ko‘ra — yetakchi mutaxassis” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Ismoilov B.J.” va “Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari” so‘zlari tegishli ravishda “lavozimiga ko‘ra” va “Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Abrorov Z.Z.” va “Yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo sanoati masalalari” so‘zlari tegishli ravishda “lavozimiga ko‘ra” va “Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” so‘zlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida” 2003-yil 9-iyuldagi 310-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 61-modda):
a) 1-ilovaning 14-bandidagi “Yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari “Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 13-bandidagi “Yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari “Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 17-noyabrdagi 515-son qaroriga 2-ilovadagi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 121-modda) “Qosimov M.O.” va “Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari tegishli ravishda “lavozimiga ko‘ra” va “Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qarorida:
a) 6-ilovadagi “Axmadjonov F.M.” va “Yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari tegishli ravishda “lavozimiga ko‘ra” va “Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
“Mamadaliyev R.M.” va “Yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari tegishli ravishda “lavozimiga ko‘ra” va “Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Badalov S.S.” va “Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari tegishli ravishda “lavozimiga ko‘ra” va Mashinasozlik, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Abdullayeva Sh.R. — Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisining o‘rinbosari” so‘zlari “lavozimiga ko‘ra — Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 19-ilovadagi “Axmadjonov F.M.” va “Yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari tegishli ravishda “lavozimiga ko‘ra” va “Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 21-ilovadagi “Turgunov D.A.” va “Yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari tegishli ravishda “lavozimiga ko‘ra” va “Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “Konlarning Kandim guruhi uchastkasi, Xauzak va Shadi uchastkalari, shuningdek qo‘ng‘irot uchastkasiga nisbatan Mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 14-sentabrdagi 428-son qarorining 5-bandidagi “Yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari “Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 12-oktabrdagi 475-son qarori 1-bandining beshinchi va oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mashinasozlik, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti;
Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti”.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 29-avgustdagi 183-son qaroriga 3-ilovadagi “Badalov S.S.” va “Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari tegishli ravishda “lavozimiga ko‘ra” va Mashinasozlik, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.