Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2018
 LexUZ sharhi
“O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
1. Ushbu Nizom “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish tartibini belgilaydi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilganlar uchun band qilib qo‘yilayotgan ish o‘rinlari soni ish topishda qiynalayotganlar sonining o‘zgarishiga qarab qayta ko‘rib chiqiladi.
5. Ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish xodimlarining ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha soni yigirma nafardan ko‘pni tashkil etadigan tashkilotlar uchun belgilanadi.
Kalendar yili boshlangungacha uch oydan kechikmay tashkilotlarga yetkaziladigan mahalliy davlat hokimiyati organi qarorida (ushbu Nizomga 1-ilova) ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslarni, ishga joylashtirish uchun ularning imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ushbu hududda joylashgan tashkilotlar bo‘yicha alohida band qilib qo‘yiladigan ish o‘rinlari soni, band qilib qo‘yiladigan ish o‘rinlariga talablar, taqdirlash chora-tadbirlari, mahalliy davlat hokimiyati organining ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorlari bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan sanksiyalar ko‘rsatiladi.
6. Ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslar uchun shaxslarning mazkur toifalariga, shu jumladan quyidagilar uchun qo‘yiladigan xarakterli talablarga muvofiq bo‘lgan mehnat sharoitlarini ta’minlaydigan ish o‘rni tashkil etilgan ish o‘rni hisoblanadi:
7. Ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslar ishga joylashtirib bo‘lingan ish o‘rinlari keyingi davr uchun band qilib qo‘yiladigan ish o‘rinlari sonini belgilashda hisobga olinadi.
Shu bilan birga, ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan tashkilotlar aholi bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markaziga aniq tashkilotlarga ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish to‘g‘risida takliflar kiritish, shuningdek aholi bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markazlaridan har bir tashkilot bo‘yicha tashkil etilgan, shuningdek band qilib qo‘yilgan bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari soni va xarakteri to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish huquqiga ega.
13. Tashkilot ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslarni mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qo‘yilgan ish o‘rinlari belgilangan soni hisobiga ishga joylashtirishi shart.
Tashkilot tomonidan, mazkur shaxslar ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan toifaga mansub bo‘lsa, mehnat organlari yo‘llanmasi bo‘yicha band qilib qo‘yilgan ish o‘rniga ishga joylashtirishni rad qilishi qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka olib keladi.
Tashkilotlar har chorakda aholi bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markaziga ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslarning ishga joylashtirilishi to‘g‘risida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha axborot taqdim etadilar.
ushbu ish o‘rinlariga mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslarning ishga joylashtirilishi;

_____________ tumani (shahri) hokimining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish to‘g‘risida
QARORI

20__ yil “___” _________ ____-son

1. “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun _____________tumani (shahri) hokimi _________________________________
______________________________________________________________ uchun:

(tashkilot nomi)

xodimlarning ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha sonidan ___ kishini tashkil etadigan ___ foiz miqdorida, shu jumladan:

o‘n to‘rt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari bo‘lgan yolg‘iz ota, yolg‘iz ona va ko‘p bolali ota-onalar uchun __ foiz (__ kishi);

ta’lim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun __ foiz (__ kishi);

muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilganlar uchun __ foiz (__ kishi);

nogironlar uchun __ foiz (__ kishi);

aholi bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markazlarida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun __ foiz (________ kishi);

jazoni o‘tash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni o‘tayotgan yoki sud qaroriga ko‘ra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar ko‘rilgan shaxslar uchun __ foiz (_______ kishi);

ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun__ foiz (______ kishi) miqdorida ish o‘rinlari zaxirasini belgilaydi.

2. Ushbu toifa shaxslar uchun ish o‘rinlari xodimlar tomonidan o‘zlarining mehnat majburiyatlarini to‘siqlarsiz bajarishini ta’minlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq bo‘lishi kerak, shu jumladan ___________________________________________________________________ ___________________________________________________________________

(ish o‘rinlariga nisbatan aniq talablar sanab o‘tiladi)


3. Ish o‘rinlari band qilib qo‘yiladigan kasblar va lavozimlar:
______________________________________________________________________________________________________________________________________

(kasblar va lavozimlar sanab o‘tiladi)


4. Tashkilotlar rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ko‘rsatilgan ish o‘rinlari tashkil etilishini ta’minlasinlar.

5. Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.

6. Ushbu qarorda belgilangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish sonidan ortiqcha ish o‘rinlari tashkil etilganda tashkilot uchun quyidagi imtiyozlar belgilanadi: ___________________________________________________________________
(imtiyozlar mazmuni ko‘rsatiladi)

7. Aholi bandligiga ko‘maklashishmarkazi bir hafta muddatda ushbu qarorni 1-bandda ko‘rsatilgan tashkilot rahbarlari e’tiboriga yetkazsin va ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.


___________________________tumani (shahri) hokimi _________________

(imzo)

M.O‘.

Tashkilot nomi: _________________________________
_________________________________

Yuridik manzili:

_________________________________
_________________________________
Aholi bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markaziga taqdim etiladi


Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 10 sanasiga qadar


20__ yilning _____choragida ijtimoiy muhofazaga muhtoj

va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun

ish o‘rinlarini band qilibqo‘yish to‘g‘risida

AXBOROT


1. Hisobot yilida mahalliy davlat hokimiyati organining qaroriga muvofiq nazarda tutilgan band qilib qo‘yilgan ish o‘rinlari soni ___ ish o‘rni, shu jumladan nogironlarni ishga joylashtirish uchun ___ ish o‘rni.


2. Band qilib qo‘yilgan ish o‘rinlariga ishga joylashtirilganlar soni:

Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar toifalari

Hisobot davrining yakuniy holatiga ko‘ra ishlayotganlar

(kishi)

Shundan ishga joylashtirilganlar

hisobot chorakdayil boshidan
Jami:
shu jumladan:
O‘n to‘rt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari bo‘lgan yolg‘iz ota, yolg‘iz ona va ko‘p bolali ota-onalar
Ta’lim muassasalarini tugatgan yoshlar
Muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar
Nogironlar
Aholi bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markazlarida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar
Jazoni o‘tash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni o‘tayotganyoki sud qaroriga ko‘ratibbiy xarakterdagi majburiy choralar ko‘rilgan shaxslar
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarning boshqa toifalari


3. Hisobot davri oxirida mahalliy davlat hokimiyati organining qaroriga muvofiq nazarda tutilgan band qilib qo‘yilgan ish o‘rinlari soni: ___ ish o‘rni


Tashkilot rahbari


______________________

(imzo)

Kadrlar bo‘limi (inspektori)boshlig‘i


______________________

(imzo)

M.O‘.


20__ yil “___” ____________

Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”