Oliy ta’lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini yanada takomillashtirish va ta’lim-tarbiya ishlari darajasi hamda sifatini oshirishda ularni moddiy rag‘batlantirishning samarali mexanizmini joriy etish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari hamda sohalarida ehtiyoj sezilayotgan yuqori malakali, raqobatdosh kadrlar tayyorlashda professor-o‘qituvchilar tarkibi qo‘shayotgan hissasi munosib baholanishini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2008-yil 1-sentabrdan boshlab oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar tarkibi va rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy lavozim maoshlariga amaldagi doimiy ustama va qo‘shimcha to‘lovlarni qo‘shgan holda takomillashtirilgan tizimini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’lim muassasalari xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-iyuldagi PF-4014-sonli Farmoniga muvofiq budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi o‘rta hisobda 1,2 barobar oshirilishi bilan bir qatorda oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibi va rahbar xodimlariga joriy etilayotgan bazaviy lavozim maoshlarini o‘rtacha 25 foiz miqdorida, jami esa 1,5 barobarga oshirishni nazarda tutsin.
3. Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar tarkibi va rahbar xodimlarining lavozim maoshlariga alohida ish sharoitlari, xorijiy tillarni bilishi, muayyan xizmat muddatini ado etganligi uchun qo‘shimcha haq to‘lash va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa qo‘shimcha haq to‘lashning amaldagi turlari va miqdorlari saqlab qolinsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar mazkur qarorda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirilishini ta’minlasin.
oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibi va rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy lavozim maoshlarini;
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.