O‘zbekiston Respublikasi bilan Kuba Respublikasi o‘rtasida
QO‘ShMA Deklaratsiya
DIPLOMATIK MUNOSABATLARNI O‘RNATISh TO‘G‘RISIDA
2006-yil 13-mart, Toshkent
(2006-yil 13-martdan kuchga kirgan)
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Kuba Respublikasi Hukumati, ikkala mamlakat xalqlari o‘rtasida do‘stona munosabatlar va hamkorlikka o‘zaro yordam berish istagini bildirib,
har bir davlatning siyosiy tizimini va suverenitet, hududiy yaxlitlik, xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash, ichki ishlarga aralashmaslik prinsiplarini va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavida e’tirof etilgan xalqaro huquqning boshqa prinsiplarini hurmat qilib,
do‘stlik va hamkorlik munosabatlari ikki davlat o‘rtasida iqtisodiy, savdo va madaniy aloqalarga yordam berishiga ishonch hosil qilib,
Diplomatik aloqalar to‘g‘risida 1961-yilning 18-aprelidagi Vena konvensiyasi va Konsullik aloqalari to‘g‘risida 1963-yilning 24-aprelidagi Vena konvensiyasining maqsadlari va prinsiplariga muvofiq,
ushbu Qo‘shma Deklaratsiya imzolangan sanadan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi bilan Kuba Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatishga qaror qildilar va ikkala davlat poytaxtlarida diplomatik vakolatxonalar ochishni ta’minlash uchun qulay sharoitlar yaratib berish istagini bildiradilar.
Ushbuni tasdiqlab, o‘zlarining munosib Hukumatlari tarafidan tegishli ravishda vakolatlangan imzo chekuvchi vakillar ushbu Qo‘shma Deklaratsiyani imzoladilar.
2006-yil 13-martda Toshkent shahrida ikki asl nusxada, har biri o‘zbek, ispan va rus tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga ega.
(imzolar)
(O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to‘plami, 2006-y., 1-2-son)