LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 6-martdagi 2019-13, 300-V-5-sonli “Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1788-5, 03.04.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 71-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-noyabrdagi “Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo‘sh pul mablag‘larini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-726-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-avgustdagi “Pul mablag‘larining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 280-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank Boshqaruvining 2008-yil 10-martdagi 2008-16, 300-V-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 71-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida” va “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-noyabrdagi “Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo‘sh pul mablag‘larini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-726-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-avgustdagi “Pul mablag‘larining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 280-son qaroriga muvofiq naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini (bundan buyon — xronometraj) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1. Soliq to‘lovchining naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji xronometraj o‘tkazilgan davrda haqiqatda kelib tushgan naqd pul tushumini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
2. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji naqd hisob-kitob asosida tovarlar realizatsiya qiladigan yoki xizmatlar ko‘rsatadigan soliq to‘lovchi huzurida bevosita tovarlar realizatsiya qilinadigan, xizmatlar ko‘rsatiladigan joyda davlat soliq xizmati organi tomonidan kuzatish va qayd etish orqali o‘tkaziladi.
3. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini amalga oshirish jarayonida tekshiruv o‘tkazishga, soliq to‘lovchidan biron bir axborot yoki tushuntirishlar talab qilishga, soliq to‘lovchiga nisbatan talablar taqdim etishga yoki uning faoliyatiga boshqacha tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasida saqlanayotgan xronometraj o‘tkazilayotgan vaqtga doir ma’lumotlarni olish mustasno.
4. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji natijalaridan faqat taqdim etilayotgan soliq hisobotining to‘g‘riligini tahlil etish uchun, shuningdek soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yuritish uchun foydalaniladi. Xronometraj natijasi soliq to‘lovchini javobgarlikka tortish uchun asos bo‘la olmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Xronometraj soliq nazorati tadbiri hisoblanadi va Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi bilan kelishish talab etilmaydi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 15-iyundagi 2010-22, 18/13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1788-1, 21.07.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 28-29-son, 250-modda)
6. Soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni hisobga olish jarayonida soliq to‘lovchi tomonidan tushum miqdori kamaytirilganligini taxmin qilish imkonini beradigan tafovutlarning aniqlanishi naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
7. Xronometraj o‘tkaziladigan soliq to‘lovchilar tanlab olingandan so‘ng davlat soliq xizmati organining mas’ul xodimi tomonidan xronometraj o‘tkaziladigan soliq to‘lovchilar ro‘yxati tuziladi va mazkur ro‘yxat asosida xronometraj o‘tkazish to‘g‘risida buyruq loyihasi tayyorlanadi.
8. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o‘rinbosari tomonidan qabul qilinadi.
9. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqda xronometraj o‘tkaziladigan soliq to‘lovchi, xronometrajni o‘tkazish joyi va muddati, xronometraj o‘tkaziladigan davr, xronometraj o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinishiga sabab bo‘lgan tafovut, shuningdek davlat soliq xizmati organining xronometraj o‘tkazadigan mansabdor shaxslari ko‘rsatiladi.
10. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji soliq to‘lovchilarda belgilangan ish rejimiga asosan bir ish kuni davomida o‘tkaziladi, ayrim hollarda ushbu tadbir uch ish kuni davomida o‘tkazilishi mumkin.
11. Xronometrajni o‘tkazish jarayoni boshida soliq to‘lovchi davlat soliq xizmati organi mas’ul xodimi tomonidan xizmat guvohnomasi ko‘rsatilgan holda xronometraj o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq bilan tanishtiriladi hamda buyruq nusxasi soliq to‘lovchiga taqdim etiladi.
12. Davlat soliq xizmati organi xodimi xronometraj boshlangan va tugagan vaqtda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasida saqlanayotgan xronometraj o‘tkazilayotgan vaqtga doir ma’lumotlarni oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Davlat soliq xizmati organi mas’ul xodimi o‘tkazilayotgan xronometraj tadbiri jarayonida fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi bilan jihozlanganligini ko‘zdan kechiradi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 15-iyundagi 2010-22, 18/13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1788-1, 21.07.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 28-29-son, 250-modda)
14. Xronometraj o‘tkazilayotgan soliq to‘lovchida kassa qoldig‘i limiti belgilanganligi hamda ushbu belgilangan kassa qoldig‘i limitining amaldagi ijrosi tahlil qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Xronometraj o‘tkazilayotgan soliq to‘lovchining xaridor (iste’molchi)lar bilan hisob-kitob qilishda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi va hisob-kitob terminallaridan to‘liq foydalanishi yoki kvitansiyalar, cheklar va boshqa unga tenglashtirilgan hujjatlarning to‘liq to‘ldirilishi yuzasidan kuzatuv o‘tkazilib, kunlik tushumlar qayd qilib boriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 15-iyundagi 2010-22, 18/13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1788-1, 21.07.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 28-29-son, 250-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 15-iyundagi 2010-22, 18/13-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1788-1, 21.07.2010-y.) muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 28-29-son, 250-modda)
17. Xronometraj o‘tkazilayotgan soliq to‘lovchi tomonidan soliq xizmati organlariga topshirilgan hisobotlarda ko‘rsatilgan chakana tovar aylanmasining real chakana tovar aylanmasiga mos kelishi tahlil qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Xronometraj o‘tkazilayotgan soliq to‘lovchining ishi yakunida davlat soliq xizmati organining mas’ul xodimi amaldagi kunlik naqd pul tushumlari bo‘yicha ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq ma’lumotnomani tayyorlaydi va ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakldagi jadvalni to‘ldiradi hamda ularning ko‘chirma nusxalarini xronometraj o‘tkazilayotgan soliq to‘lovchiga taqdim etadi. Davlat soliq xizmati organining mas’ul xodimi o‘tkazilgan xronometraj natijalarini ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shakldagi kitobga kiritadi
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 15-iyundagi 2010-22, 18/13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1788-1, 21.07.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 28-29-son, 250-modda)
19. Xronometraj natijalari yuzasidan tuzilgan ma’lumotnoma davlat soliq xizmati organi rahbari yoki rahbar o‘rinbosarining ko‘rsatmasiga asosan Davlat soliq inspeksiyasining “Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bo‘limiga” topshiriladi va umumlashtirilib, alohida yig‘ma jildga tikilib boriladi. Xronometraj natijalari bo‘yicha tuzilgan ma’lumotnomalar maxsus kitobda qayd etib boriladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 11-sentabrdagi 2017-49, 23/10-sonli (ro‘yxat raqami 1788-4, 27.09.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Oldingi tahrirga qarang.
(IV-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 15-iyundagi 2010-22, 18/13-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1788-1, 21.07.2010-y.) muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 28-29-son, 250-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
___________________________________ soliq to‘lovchi (yoki unga qarashli shoxobcha)da _________________________________________________________ | ||||
(joylashgan manzili, shoxobcha nomi) | ||||
200_ yil “___” ______ da o‘tkazilgan xronometraj to‘g‘risida | ||||
| ||||
Soliq to‘lovchining ish vaqti ________, tushlik ______, dam olish kuni ____ Xronometraj boshlangan vaqt ________ tugagan vaqt _______ O‘rnatilgan nazorat-kassa mashinasi rusumi _________________ ____________ | ||||
zavod raqami | ||||
____________________________________________________________________ | ||||
davlat soliq xizmati organida ro‘yxatga olingan sana, raqami | ||||
(№ va sanasi) | ||||
Ixtisoslashishi _________________________________ | ||||
(mahsulot yoki xizmat turi) | ||||
Davlat soliq xizmati organi xodimi |
|
| ||
imzo | F.I.Sh. | |||
Soliq to‘lovchi | _____________________ | ______________________ | ||
imzo | F.I.Sh. |
(1-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 15-iyundagi 2010-22, 18/13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1788-1, 21.07.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 28-29-son, 250-modda)
__________ manzildagi ________________________ nomli soliq to‘lovchida o‘tkazilgan xronometrajlar to‘g‘risida | ||||||||||||||
Xronometraj o‘tkazilgan sana, boshlangan va tugallangan vaqti | Xodimlar soni | Umumiy ovqatlanish tashkiloti bo‘yicha | Haqiqatda xronometraj kunigacha topshirilgan summa (ming so‘m) | Xronometraj o‘tkazilgan kundan bir kun oldingi topshirilgan summa (ming so‘m) | Xronometraj kunlari topshirilgan naqd pul summasi (ming so‘m) | O‘tgan haftaning shu kuni topshirilgan naqd pul summasi (ming so‘m) | Bir kun oldingi tushumga nisbatan farqi (+ yoki -) | O‘tgan haftaning shu kuniga nisbatan farqi (+ yoki -) | ||||||
rahbar | hisobchi | asosiy ishchi (xizmatchi) lar soni | yordamchi ishchi (xizmatchi) lar | boshqa ishchilar | umumiy ovqatlanish tashkilotining shakli (turi)* | 4 ta o‘ringa mo‘ljallangan xizmat ko‘rsatadigan stollar soni** | Haftalik ish rejimi (haftasiga jami soatlarda) | |||||||
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 |
Xronometraj o‘tkazgan xodimlar ______________________________________________ | ||||||||||||||
F.I.Sh. | ||||||||||||||
Soliq to‘lovchi ______________________________________________ | �� | |||||||||||||
F.I.Sh. |
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 2015-15,300-1-3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1788-3, 27.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 283-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
T/r | Soliq to‘lovchining nomi va manzili | Xronometraj o‘tkazilgan sana | Xronometraj o‘tkazgan xodimlar familiyasi, ismi, sharifi | Davlat soliq xizmati organi xodimlarining ish joyi | Xronometraj o‘tkazilgan kundagi tushum (ming so‘m) | Bir kun oldingi tushum (ming so‘m) | Farqi |
(3-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 15-iyundagi 2010-22, 18/13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1788-1, 21.07.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 28-29-son, 250-modda)