LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli “Tovar xomashyo birjalari faoliyatiga ilg‘or axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qo‘yish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 1 va 2-ilovalarga kiritilgan mahsulotlar turlariga tegishli moddiy balanslarning choraklik va oylik ijrosi jadvallarini tuzish prognozlashtiriladigan mavsumiy talab omillari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qo‘yilsinki, monopol mahsulotga mavsumiy talab oshgan davrlarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga monopolist korxonalar mahsulotlarining yuqori likvidli turlariga moddiy balanslar parametrlarining choraklik va oylik ijrosi jadvallariga tuzatish kiritishga oid takliflar kiritish;
monopolist korxonalarga yuqori likvidli mahsulotlar turlariga kiritilmagan monopol mahsulotlar turlariga birja savdolariga majburiy qo‘yish hajmini belgilash huquqiga egadir.
3. Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshidagi (O‘zbekiston Respublikasi QT., 2004-y., 2-son, 10-modda) “yil davomida teng ravishda” so‘zlari chiqarib tashlansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”, “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 1 va 2-ilovalarga kiritilgan mahsulotlarning monopol turlarini birja savdolariga qo‘yish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi belgilangan tartibga muvofiq mavsumiy talab hisobga olingan holda moddiy balanslar ijrosining oylik va choraklik jadvallarida tasdiqlangan birja savdolariga qo‘yilishi kerak bo‘lgan mahsulotlar hajmini O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga yetkazadi. Ko‘rsatib o‘tilgan jadvallar asosida vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va korxonalar belgilangan tartibga muvofiq muddatlar bo‘yicha mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish jadvallarini ishlab chiqadilar va O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda tasdiqlaydilar, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ularni birjaga yetkazadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Kalendar davrlarga yuqori likvidli monopol mahsulotga prognozlashtiriladigan mavsumiy talab o‘tgan yilning shu davrlarida bunday mahsulotning birja savdolariga qo‘yilishi va sotilishini tahlil qilishdan kelib chiqib belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Davlat raqobat qo‘mitasi birja savdolarida sotiladigan yuqori likvidli monopol mahsulotga talabni doimiy asosda o‘rganadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tasdiqlangan jadvallarga muvofiq birja savdolariga qo‘yish nazarda tutilgan yuqori likvidli monopol mahsulotlar hajmi aniqlangan mavsumiy talabga mos kelmagan taqdirda Davlat raqobat qo‘mitasi Iqtisodiyot vazirligiga muayyan kalendar davrda birja savdolariga qo‘yiladigan ushbu mahsulotning hajmini ko‘paytirish yuzasidan takliflar kiritadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Mahsulot hajmiga tuzatish kiritishga doir takliflar kalendar davrga tuzatish kiritish uchun belgilanadigan oy boshlanishidan bir oydan kechikmay kiritilishi mumkin.
5. Muayyan kalendar davrga yuqori likvidli monopol mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish hajmini ko‘paytirish:
tasdiqlangan jadvallarga muvofiq keyingi davrlarda birja savdolariga qo‘yish nazarda tutilgan hajm hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Moddiy balanslar parametrlarining choraklik va oylik ijrosining tuzatish kiritilgan jadvallari Iqtisodiyot vazirligi tomonidan monopolist korxonalarga va Davlat raqobat qo‘mitasiga tuzatish kiritiladigan kalendar davr boshlanishidan kamida 20 kun oldin yuboriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Kalendar davrga tuzatish kiritilgan jadvallar asosida monopolist korxonalar jadvallar olingan kundan boshlab o‘n kun muddatda Davlat raqobat qo‘mitasi bilan kelishgan holda belgilangan tartibga muvofiq muddatlar bo‘yicha birja savdolarga qo‘yish hajmlarini bo‘lib chiqqan holda monopol mahsulotlarni ushbu davrning har bir oyi mobaynida birja savdolariga qo‘yish jadvallarini tasdiqlaydilar hamda Davlat raqobat qo‘mitasi ularni birjaga yetkazadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarorida nazarda tutilmagan mahsulotlarning monopol turlarini birja savdolariga qo‘yish monopolist korxonalar tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi, Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan monopolist korxonalarda yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomalar bilan qamrab olinmagan monopol mahsulot hajmi mavjudligi va talab mavjud bo‘lgan bir sharoitda bunday mahsulotning birja savdolariga qo‘yilmaganligi aniqlangan taqdirda — Davlat raqobat qo‘mitasining qarori bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Birja savdolariga qo‘yiladigan monopol mahsulotlarning aniq turlari va hajmini aniqlash uchun Davlat raqobat qo‘mitasida mas’ul xodimlardan iborat tarkibda maxsus komissiya tashkil etiladi. Komissiya raisi, tarkibi va ish reglamenti Davlat raqobat qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Monopol mahsulotlarning turlari va hajmi, ularni birja savdolariga qo‘yish davrlari ularga bo‘lgan mavsumiy talabdan kelib chiqib monopolist korxonalar bilan tuzilgan yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomalar bilan qamrab olinmagan hajm hisobiga komissiya tomonidan belgilanadi.
Komissiya tomonidan qabul qilinadigan qaror komissiya raisi va uning a’zolari tomonidan imzolanadi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror va Davlat raqobat qo‘mitasining uni ijro etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmasi monopolist korxonalarga Davlat raqobat qo‘mitasining ko‘rsatib o‘tilgan qarori qabul qilingan kundan boshlab uch kun muddatda yetkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Monopolist korxonalar komissiyaning qarori va Davlat raqobat qo‘mitasining ko‘rsatmasi olingandan keyin 10 kun mobaynida Davlat raqobat qo‘mitasi bilan kelishgan holda monopol mahsulotlarni birja savdolari kunlari bo‘yicha qo‘yish jadvallarini tasdiqlaydilar. Monopol mahsulotlarni birja savdolariga birinchi qo‘yish monopolist korxonalar tomonidan qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir oydan kechikmay amalga oshirilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Monopol mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan deklaratsiyada ko‘rsatilgan darajada boshlang‘ich narx bo‘yicha amalga oshiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Monopol mahsulotlarning birja savdolariga qo‘yilishini nazorat qilish Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
11. Nazorat qilish monopolist korxonalar va birjalarning axborotini o‘rganish, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlar o‘tkazish vositasida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Monopolist korxonalar har oyning 3-kunidan kechikmay Davlat raqobat qo‘mitasiga oldingi oyda birja savdolariga qo‘yilgan va sotilgan monopol mahsulotlar hajmi to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadilar.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Tasdiqlangan jadvallarda nazarda tutilgan monopol mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish hajmi va muddatlarini xolisona va monopolist korxonaga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bajarish mumkin bo‘lmagan taqdirda monopolist korxona bu haqda Davlat raqobat qo‘mitasini birja savdolari o‘tkazilishidan kamida 1 kun oldin xabardor qiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Birjalar har kuni Davlat raqobat qo‘mitasiga qo‘yilgan monopol mahsulotlarning haqiqiy hajmi, tuzilgan bitimlar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek har haftada — birja savdolari natijalari bo‘yicha shakllangan o‘rtacha narxlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadilar.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Monopol mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yishning ushbu Nizomda nazarda tutilgan jadvallari bajarilmasligi, shuningdek mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish imkoni yo‘qligi to‘g‘risidagi axborotning taqdim etilmasligi raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi hisoblanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)