T/r | Import qilinadigan tovarlarning nomlanishi | Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar taqdim etiladigan korxonalar |
1. | Mashina va uskunalar, ular uchun ehtiyot qismlar, anjomlar, avtomobillar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarish uchun texnologik-jihozlar | “O‘zavtosanoat” AK, “Jeneral Motors O‘zbekiston” YoAJ, avtomobillarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan texnologik asbob-uskuna, materiallar va butlovchi buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar |
2. | Avtomobillar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarish uchun dvigatellar, transmissiyalar, materiallar, butlovchi buyumlar va uzellar | “Jeneral Motors O‘zbekiston” YoAJ, avtomobillarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan texnologik asbob-uskuna, materiallar va butlovchi buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar |
3. | Avtomobillar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarish uchun texnik hujjatlar, sanoat kompyuterlari, periferiya moslamalari va dasturiy ta’minot | “O‘zavtosanoat” AK, “Jeneral Motors O‘zbekiston” YoAJ, avtomobillarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan texnologik asbob-uskuna, materiallar va butlovchi buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar |
4. | Kompaniya faoliyati uchun zarur bo‘lgan va O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish uchun ehtiyot qismlar, sarflanadigan, yordamchi va reklama materiallari | “Jeneral Motors O‘zbekiston” YoAJ |
5. | “Jeneral Motors O‘zbekiston” YoAJda avtomobil ishlab chiqarish yillik hajmining 5 foizidan ko‘p bo‘lmagan hajmda yirik blokli avtomobillar ishlab chiqarish uchun butlovchi buyumlar | “Jene�al Motors O‘zbekiston” YoAJ |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 21.02.2008 yildagi PQ-800-son
Кучга кириш санаси
21.02.2008
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 29.12.2008 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
XORIJIY INVESTITSIYaLAR IShTIROKIDA “JENERAL MOTORS O‘ZBEKISTON” KORXONASINI BARPO ETISh TO‘G‘RISIDA
Respublika avtomobil sanoatini yanada barqaror rivojlantirish, uni jahonda yetakchi avto ishlab chiqaruvchilarning biri bilan integratsiyalash, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish, yangi zamonaviy, jahon talablari va standartlariga javob beradigan avtomobillar modellarini ishlab chiqarishni tashkil etish hisobiga ishlab chiqariladigan mahsulot turlarini yangilash hamda kengaytirish, ularning sifati va raqobatbardoshligini oshirish, ichki va tashqi bozorlarda sotuv hajmlari o‘sishini ta’minlash maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, “O‘zavtosanoat” AK, “O‘zDEUavto” YoAJ, “Jeneral Motors” (AQSh) korporatsiyasi va “Jeneral Motors Deu Avto end Texnolodji” (Janubiy Koreya) kompaniyasi tomonidan 2007-yil 8-oktabrda “O‘zDEUavto” YoAJ negizida xorijiy investitsiyalar ishtirokida ustav kapitali ro‘yxatga olish kunida ekvivalenti 266,7 mln. AQSh dollari miqdorida bo‘lgan yopiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Jeneral Motors O‘zbekiston” korxonasini barpo etish to‘g‘risida Bitim imzolandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan “Jeneral Motors” korporatsiyasi, “Jeneral Motors Interneyshnl Xoldings” kompaniyasi bilan tuzilgan, “Jeneral Motors” korporatsiyasining “O‘zDEUavto” YoAJ ustav kapitaliga kirish masalalarini tartibga soladigan, xorijiy investorlarning aniq majburiyatlarini hamda tashkil etilayotgan korxonaga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan ko‘rsatiladigan davlat madadiga oid chora-tadbirlarni aks ettiradigan Investitsiya bitimi tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi “O‘zavtosanoat” AK bilan birgalikda tuzilgan Investitsiya bitimiga muvofiq xorijiy investorlar o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini so‘zsiz bajarishlari ustidan nazoratni ta’minlasin.
“O‘zDEUavto” YoAJning qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi ro‘yxatga olingan kunda umumiy summasi 66,7 mln. AQSh dollari ekvivalentida, oddiy nomlangan aksiyalarni, milliy valyutada denominatsiya qilingan, bir aksiyaning nominal narxi 10 AQSh dollari ekvivalentidagi 6 666 668 dona miqdorida qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishini ro‘yxatdan o‘tkazsin;
kompaniya Kengashi qarorlariga muvofiq, kompaniya ustav fondi miqdori oshirilishi munosabati bilan, “O‘zavtosanoat” AK aksiyalari emissiyasi prospektiga o‘zgarishlar kiritilishini, ro‘yxatga olish yig‘imlari undirilmasdan ro‘yxatga olsin.
7. “O‘zavtosanoat” AK 2005—2007-yillar yakunlari bo‘yicha shakllangan, taqsimlanmagan foyda hisobidan qo‘shilgan, “O‘zDEUavto” YoAJdan olinadigan dividendlar tarzidagi daromadlar bo‘yicha foyda solig‘i to‘lashdan ozod etilsin.
“Jeneral Motors O‘zbekiston” YoAJ O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilayotgan barcha soliqlardan, shuningdek Respublika Yo‘l jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy to‘lovlardan;
butlovchi buyumlar, materiallar va texnologik jihozlar ishlab chiqaruvchi korxonalar qo‘shilgan qiymat solig‘i va “Jeneral Motors O‘zbekiston” YoAJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillar uchun ana shu korxonalar tomonidan sotiladigan mahsulotlar foyda solig‘i to‘lashdan, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan asosiy vositalar mulk solig‘i to‘lashdan;
Keyingi tahrirga qarang.
“Jeneral Motors O‘zbekiston” YoAJ, “O‘zavtosanoat” AK, shuningdek 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha “Jeneral Motors O‘zbekiston” YoAJ avtomobillarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan butlovchi buyumlar, materiallar va texnologik jihozlar ishlab chiqaruvchi boshqa korxonalar tomonidan olib kelinadigan mahsulotlar bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan;
Keyingi tahrirga qarang.
“Jeneral Motors O‘zbekiston” YoAJning xorijiy xodimlari mazkur korxonadagi xizmat doirasida oladigan daromadlari daromad solig‘i to‘lashdan;
“Jeneral Motors” korporatsiyasi, “Jeneral Motors Interneyshnl Xoldings” kompaniyasi va uning huquqiy vorislari “Jeneral Motors O‘zbekiston” YoAJ tomonidan to‘lanadigan, dividend tarzida olinadigan daromadlar bo‘yicha foyda solig‘i to‘lashdan 5 yil muddatga ozod etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, “Jeneral Motors O‘zbekiston” YoAJ 2-ilovaga* muvofiq jadval bo‘yicha yangi modeldagi avtomobillar ishlab chiqarishni o‘zlashtirgan paytdan boshlab ushbu qaror bilan joriy etilgan imtiyozlar ularning amal qilish muddati 2017-yilning 31-dekabrida tugashi bilan yana besh yillik muddatga uzaytiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 515-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Jeneral Motors O‘zbekiston” YoAJ talabnomalariga ko‘ra, mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar va ularning oila a’zolari uchun kirish vizalarini konsullik yig‘imi va boshqa yig‘imlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirishni ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Jeneral Motors O‘zbekiston” YoAJ talabnomalariga ko‘ra, xorijiy mutaxassislar va ularning oila a’zolariga ko‘p martalik vizalar berish, shuningdek muvaqqat yashash joyida vaqtincha ro‘yxatda turish va uning muddatini uzaytirishni belgilangan tartibda ta’minlasin, ular davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Jeneral Motors O‘zbekiston” YoAJ xorijiy ishchi kuchini O‘zbekiston Respublikasiga jalb etishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini, shuningdek uning buyurtmanomalariga ko‘ra — xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini yuritish huquqini beruvchi tasdiqnomalar taqdim etilishi (muddati uzaytirilishi)ni ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
LexUZ sharhi