24.07.2004 yildagi -son
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston—Qirg‘iziston davlat chegarasini shaxslar, yuklar, tovarlar, transport vositalari, jonivorlar va boshqa mulklar kesib o‘tishi uchun Tomonlar davlat chegarasi orqali ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan Ilovasida qayd etilgan xalqaro va ikki tomonlama o‘tkazish punktlari, shu jumladan yengillashtirilgan o‘tkazish punktlarini (bundan keyin — o‘tkazish punktlari) o‘rnatishga qaror qildilar.
O‘zbekiston—Qirg‘iziston davlat chegarasi orqali o‘tayotgan shaxslarni ushbu Bitimning Ilovasida qayd etilgan o‘tkazish punktlaridan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro kelib-ketishlari to‘g‘risida 2000-yil 2-iyulda Toshkent shahrida imzolangan Bitimda hamda O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi ishtirok etgan boshqa xalqaro shartnomalarda ko‘zda tutilgan shartlar asosida amaldagi hujjatlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
O‘tkazish punktlarining ishi (ish rejimi) ushbu Bitimning Ilovasiga ko‘ra Tomonlarning ahdlashuvlariga muvofiq amalga oshiriladi.


p/p

O‘zbekiston Respublikasi o‘tkazish punktlari nomlanishi

O‘zbekiston Respublikasida joylashish o‘rni

Qirg‘iziston Respublikasi o‘tkazish punktlari nomlanishi

Qirg‘iziston Respublikasida joylashish o‘rni

O‘tkazish punktlari maqomi

Ish tartibi

1.Quvasoy-temir yo‘lFarg‘ona viloyati Quvasoy tumani Qizil-Qiya temir yo‘l Botken viloyati Qizil-Qiya sh. Xalqaro 24 soat
2.Do‘stlik-avtoyo‘lAndijon viloyati Xo‘jaobod tumani Dostuk-avto yo‘l O‘sh viloyati Qorasuv tumani Xalqaro 24 soat
3.Savay-temir yo‘lAndijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Qorasuv temir yo‘l O‘sh viloyati Qorasuv tumani Xalqaro 24 soat
4.Xonobod-avtoyo‘l Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Bekobod-avto yo‘l Jalolobod viloyati So‘zak tumani Xalqaro 24 soat
5.Xonobod -temir yo‘l Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Jalolobod-temir yo‘l Jalolobod viloyati Jalolobod sh. Xalqaro 24 soat
6.Madaniyat-avtoyo‘l Andijon viloyati Paxtaobod tumani Madaniyat-avtoyo‘l Jalolobod viloyati Nooken tumani Xalqaro 24 soat
7.Uchqo‘rg‘on-temir yo‘l Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani Shamaldisoy-temir yo‘l Jalolobod viloyati Nooken tumani Xalqaro 24 soat
8.O‘zbekiston-avtodorojniy Farg‘ona viloyati Quvasoy tumani Qizil-Qiya-avtoyo‘l Zotken viloyati Qizil-Qiya sh. Ikki tomonlam� 24 soat
9.Mingtepa—avtoyo‘l Andijon viloyati Marhamat tumani Qora-Bag‘ish— avtoyo‘l O‘sh viloyati Aravon tumani Ikki tomonlama Kunning yorug‘ vaqti
10.Kosonsoy-avtoyo‘l Namangan viloyati Kosonsoy tumani Baymak-avtoyo‘l Jalolobod viloyati Ola-Buqa tumani Ikki tomonlama Kunning yorug‘ vaqti
11.Pushmon-avtoyo‘l Andijon viloyati Paxtaobod tumani Seydikum-avtoyo‘l Jalolobod viloyati Bozor-Qo‘rg‘on tumani Engillashtirilgan o‘tkazish punkti Kunning yorug‘ vaqti
12.Keskanyor—avtoyo‘l Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Intimak-avtoyo‘l O‘sh viloyati Qorasuv tumani Ikki tomonlama Kunning yorug‘ vaqti
13.Qoraqo‘rg‘on-avtoyo‘l Namangan viloyati Chust tumani Sumsar- avtoyo‘l Jalolobod viloyati Ola-Buqa tumani Engillashtirilgan o‘tkazish punkti Kunning yorug‘ vaqti
14.Uchqo‘rg‘on avtoyo‘l Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani Kensoy-avtoyo‘l Jalolobod viloyati
Nooken tumani
Xalqaro 24 soat