13.02.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1767
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.03.2020
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 12-iyundagi 120-sonli “Elektron tijoratni amalga oshirishda to‘lovlarni o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 12-iyundagi 120-sonli “Elektron tijoratni amalga oshirishda to‘lovlarni o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq to‘lov tizimini tashkil qilish bo‘yicha asosiy qoidalarni, umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari, jumladan Internet orqali axborot tizimlariga kirishda axborot xavfsizligini ta’minlash mexanizmlarini, shuningdek, to‘lov tizimi subyektlari o‘rtasida moliyaviy ma’lumotlarni o‘zaro ayirboshlashda rekvizitlar tarkibini belgilaydi.
3. Bankning ichki to‘lov tizimini tashkil qilish “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2014, 2009-yil 8-oktabr) muvofiq beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 22-noyabrdagi 41/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1767-1, 02.12.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 584-modda)