Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan holatlardan loaqal bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda, soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Kodeksga muvofiq emas deb topiladi.
Ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida ko‘rsatilmagan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, agar bu hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5) ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan doimiy muassasaning belgilari mavjud bo‘lmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasining rezidentiga yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasining boshqa norezidentiga xodimlar ajratishni, agar bunday xodimlar faqat ular o‘zlari yuborilgan tashkilot nomidan va uning manfaatlarini ko‘zlab ish ko‘rsalar.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1041 — 1079-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 12, 15, 19, 21, 23, 25, 26 — 31, 33-moddalari, Uzbekiston Respublikasi “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonunining 7, 8, 12, 13-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
Ushbu modda ikkinchi qismining 2, 3 va 5-bandlarida nazarda tutilgan hollarda ortiqcha to‘langan soliqni hisobga olish soliq to‘lovchining yozma arizasi, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladigan arizasi asosida davlat soliq xizmati organi tomonidan hisobga olishni amalga oshirish to‘g‘risida xulosa taqdim etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat soliq xizmati organi soliq to‘lovchi tomonidan yozma ariza, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladigan ariza berilgan sanadan e’tiboran uch ish kuni ichida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligiga hisobga olishni amalga oshirish to‘g‘risida xulosa taqdim etishi shart.
Ushbu Kodeksning 56-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisobga olish amalga oshirilganidan keyin ortiqcha to‘langan soliqlarning qolgan summasi soliq to‘lovchining bankdagi hisobvarag‘iga pul mablag‘larini o‘tkazish orqali qaytarilishi kerak.
Qarang: mazkur Kodeksning 65-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 13-bandi uchinchi xatboshisi.
Ushbu Kodeks 61-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan muddat ichida soliq qarzini uzmagan yuridik shaxslar soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomani olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida davlat soliq xizmati organlariga debitorlar bilan o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomalarini yoxud to‘lov muddati o‘tgan debitorlik qarzi mavjud emasligi to‘g‘risida yozma bildirish, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladigan bildirish taqdim etishi shart.
Ushbu Kodeks 35-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan yuridik shaxsning alohida bo‘linmalariga mazkur alohida bo‘linmani tashkil etgan yuridik shaxsning — soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami nazorat belgilari qo‘shilgan holda beriladi.
Yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilganlar bundan mustasno, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida davlat soliq xizmati organiga hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi arizani taqdim etishi shart. Arizaga yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatning ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi.
Ushbu Kodeks 35-moddasining ikkinchi qismi asosida soliq majburiyatlarini mustaqil ravishda bajaradigan alohida bo‘linmani hisobga qo‘yish uchun mazkur alohida bo‘linmani tashkil etgan yuridik shaxs uni tashkil etish to‘g‘risida va (yoki) mustaqil balansga ajratish haqida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida davlat soliq xizmati organiga hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi arizani taqdim etishi shart. Arizada mazkur alohida bo‘linmani tashkil etgan yuridik shaxsning — soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami albatta ko‘rsatiladi. Arizaga yuridik shaxsning alohida bo‘linmani tashkil etish to‘g‘risidagi qarori, shuningdek uning rahbariga berilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
Soliq to‘lovchini obyektlar bo‘yicha hisobga qo‘yish u ushbu Kodeksning 80-moddasida belgilangan tartibda hisobga qo‘yilganidan keyin, agar ushbu Kodeksga muvofiq soliq to‘lovchida soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yilmagan joydagi yer solig‘i, mol-mulk solig‘i yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash majburiyati yuzaga kelgan bo‘lsa, amalga oshiriladi.
ushbu Kodeks 35-moddasining ikkinchi qismi asosida soliq majburiyatlarini mustaqil ravishda bajaradigan alohida bo‘linmalar, shuningdek xo‘jalik boshqaruvi organlarining tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslar uchun — soliq to‘lovchi qaysi tashkilotning tarkibiga kirsa, shu tashkilot;
Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar, ushbu Kodeks 80-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilganlar bundan mustasno, ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga ushbu yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay tegishli yuridik shaxslarning davlat reyestridan ko‘chirma topshirishi shart. Mazkur organlar davlat soliq xizmati organiga tegishli yuridik shaxslarga taalluqli davlat reyestriga kiritilgan har qanday o‘zgartishlar to‘g‘risida ham bunday o‘zgartishlar kiritilgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay ma’lum qilishi shart.
Ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hujjatlar soliq to‘lovchiga topshirilgan payt soliq tekshiruvini o‘tkazish boshlangan payt deb hisoblanadi. Soliq to‘lovchining mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortganligi soliq tekshiruvini bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi. Soliq to‘lovchi mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxsi tomonidan uning o‘zi va soliq to‘lovchi imzolaydigan dalolatnoma tuziladi. Soliq to‘lovchi ushbu dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bu haqda dalolatnomaga tegishli yozuv kiritiladi. Bunday holda dalolatnoma imzolangan payt soliq tekshiruvini o‘tkazishning boshlanishi hisoblanadi.
Hujjatlar va predmetlarni olib qo‘yish ushbu Kodeksning 100-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada yoki unga ilova qilinadigan ro‘yxatlarda hujjatlar va predmetlarning nomi, miqdori hamda alohida belgilari, imkoni bo‘lganda esa predmetlarning qiymati ko‘rsatilgan holda sanab o‘tilishi va tavsiflanishi lozim.
Qarang: mazkur Kodeks 95-moddasining sakkizinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 21-bandining birinchi xatboshisi.
Soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun asos bo‘lgan, ushbu Kodeksning 88-moddasida ko‘rsatilgan hujjatlarning nusxalari, soliq tekshiruvi doirasida sodir etilgan harakatlar to‘g‘risidagi bayonnomalar, inventarizatsiya dalolatnomalari, ekspertlarning xulosasi, soliq tekshiruvi o‘tkazish paytida olingan materiallar, shuningdek soliq tekshiruvi doirasida harakatlar sodir etilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar soliq tekshiruvi dalolatnomasiga qo‘shib qo‘yilishi lozim.
Soliq to‘lovchi, agar ushbu Kodeks 54-moddasining uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, davlat soliq xizmati organi qarorining ko‘chirma nusxasi olingan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida qarorda ko‘rsatilgan soliqqa oid huquqbuzarliklarni bartaraf etishi hamda hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va penya summasini to‘lashi shart.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatda soliqqa oid huquqbuzarliklar bartaraf etilgan hamda hisoblangan soliqlar, majburiy to‘lovlar va penya summasi to‘langan taqdirda, davlat soliq xizmati organi qarorining soliq to‘lovchiga nisbatan qo‘llaniladigan jarima qismi bekor qilingan hisoblanadi. Mazkur norma tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni yashirish (kamaytirish) va kirim qilinmagan tovarlarni saqlash, fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarining qo‘llanilish tartibini buzish hollariga tatbiq etilmaydi.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatda soliqqa oid huquqbuzarlik bartaraf etilmagan hamda hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va penya summasi to‘lanmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organi ushbu Kodeksning 62—65-moddalariga muvofiq soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va penyani majburiy ravishda undirish choralarini ko‘radi, shuningdek soliq to‘lovchiga nisbatan jarima qo‘llash to‘g‘risida da’vo arizasi bilan sudga murojaat qiladi.
Soliq to‘lovchi soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etganlikdagi aybini tan olgan taqdirda, ushbu moddaning to‘rtinchi qismida belgilangan muddatda davlat soliq xizmati organiga jarimani (aniq muddatni ko‘rsatgan holda) ixtiyoriy ravishda to‘lash uchun zarur bo‘lgan muddat berish to‘g‘risida murojaat qiladi. Jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilgan davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o‘rinbosari arizani olgan kundan e’tiboran ikki ish kunidan kechiktirmasdan soliq to‘lovchi tomonidan so‘ralgan muddatni berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Muddat jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lash uchun muddat berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan, ushbu Kodeks 54-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda esa olti oydan oshmasligi kerak. Mazkur qarorning nusxasi soliq to‘lovchiga tilxat olish orqali yoki soliq to‘lovchi qaror nusxasini olgan sanani tasdiqlovchi boshqa usul orqali topshiriladi. Agar soliq to‘lovchiga qarorning nusxasini bunday usullar orqali topshirish imkoni bo‘lmasa, u pochta orqali buyurtma xat bilan jo‘natiladi va jo‘natilganidan uch kun o‘tgach, topshirilgan hisoblanadi.
Ushbu moddaning to‘rtinchi qismiga muvofiq soliq to‘lovchi sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarliklardagi aybini tan olganligi va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lash to‘g‘risidagi yoki uni rad etganligi to‘g‘risidagi yozma bildirishni taqdim etmagan yoxud rad etganligi to‘g‘risida yozma bildirish taqdim etgan taqdirda, shuningdek ushbu moddaning beshinchi qismiga muvofiq berilgan muddat ichida jarima to‘lanmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organi soliq to‘lovchiga nisbatan jarima qo‘llash to‘g‘risidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qiladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31-maydagi 8-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 2 — 7, 10, 13, 14-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 25-bandining ikkinchi xatboshisi.
Qarang: mazkur Kodeksning 38-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 7-bandi, 26-bandining to‘rtinchi xatboshi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 27-bobi (“Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan shikoyatlar”), O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining 112 — 114-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xo‘jalik sudlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 34-bandi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 27-bobi (“Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan shikoyatlar”), O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining 112-114-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi Qonuni.
agar ushbu Kodeksning XX bo‘limida boshqacha qoidalar nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 963-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarniig huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 3-bobi (“Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali). Jamiyatning aksiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari, jamiyatning sof aktivlari”), O‘zbekiston Respublikasi “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunning III-bobi (“Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali)”).
Boshqa daromadlarga, agar ushbu Kodeks 130-moddasining beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan olinadigan daromadlar kiradi, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan asosiy vositalar va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan foyda asosiy vositalar va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan daromaddir.
Ushbu modda to‘rtinchi qismining qoidalari kredit tashkilotlari tomonidan berilgan kreditlarga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan berilgan zayomlarga (ssudalarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
Soliq to‘lovchining ushbu moddaning oltinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan xarajatlari, agar ular ushbu Kodeksning 147-moddasida ko‘rsatilgan chegirib tashlanmaydigan biron bir xarajat tarkibida hisobga olinsa (uning bir qismi bo‘lsa), chegirib tashlanadigan xarajatlar bo‘lmaydi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 153-moddasining to‘rtinchi, beshinchi qismlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 20-apreldagi 200-sonli “Navoiy viloyati xalq xo‘jaliga tarmoqlari xodimlarining ish haqini hududiy tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 18-dekabrdagi 462-sonli “Do‘rmon-Qaynarsoy” komplekslarining xo‘jalik hisobidagi birlashgan direksiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandi.
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq to‘lovchi tomonidan hisobga olinadigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar ushbu moddaning qo‘llanilishi maqsadida amortizatsiya qilinadigan mol-mulk deb e’tirof etiladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi, “Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lovlarni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2329, 21.02.2012-y.).
Ushbu moddada keltirilgan xarajatlar agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa ular yuzaga kelgan paytda, joriy hisobot davrida soliq solinadigan foydani hisoblab chiqarishda chegirilmaydi, ular keyingi davrlarda, soliq to‘lovchining hisob siyosati bilan belgilangan, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida chegirilishi lozim. Bunday xarajatlarga quyidagilar kiradi:
4) fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq o‘tgan yillardagi sug‘urta hodisalari bo‘yicha tugallanmagan to‘lov summalari, shu jumladan da’vo muddati doirasidagi majburiyatlar summasi;
Ushbu Kodeks 20-moddasi uchinchi qismining 8-bandida ko‘rsatilgan faoliyat amalga oshirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza tovarlarni realizatsiya qilish qiymati bilan ularni olish qiymati o‘rtasidagi O‘zbekiston Respublikasida omborga tovarlar yetkazib berish xarajatlari hisobga olingan holdagi farq sifatida aniqlanadi.
2) ushbu Kodeksning 157-moddasiga muvofiq belgilanadigan, oddiy shirkat shartnomasi asosida birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan olinadigan daromadlar;
6) ushbu Kodeksning 134-moddasiga muvofiq aniqlanadigan, O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalaniladigan mol-mulkni ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga topshirishdan olinadigan daromadlar;
Agar ushbu moddaning o‘n birinchi va o‘n to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan hujjatlar, shuningdek ushbu Kodeksning 1551-moddasida ko‘rsatilgan tasdiqlovchi hujjatlar chet tilida tuzilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organi ularning notarial tartibda tasdiqlangan davlat tilidagi tarjimasini talab etishga haqli. Bunda hujjatlarni taqdim etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, ular konsullik orqali legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan holda amalga oshiriladi.
Ushbu modda mazkur Kodeks 155-moddasi uchinchi qismining 3-bandida ko‘rsatilgan mol-mulk bir yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan boshqa yuridik shaxsga — O‘zbekiston Respublikasi norezidentiga, jismoniy shaxsga — O‘zbekiston Respublikasi norezidentiga yoki rezidentiga realizatsiya qilingan taqdirda qo‘llaniladi.
Ushbu Kodeksning 380 va 381-moddalarida belgilangan tartibda aniqlanadigan, oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan olinadigan daromad boshqa daromadlar tarkibida jami daromadga kiritiladi va unga ushbu bo‘limga muvofiq yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i solinishi lozim.
O‘tgan soliq davrida yoki o‘tgan soliq davrlarida ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan zarari (zararlari) bo‘lgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining to‘lovchilari joriy soliq davrining soliq solinadigan foydasini ko‘rilgan zararning to‘liq summasiga yoki bu summaning bir qismiga kamaytirishga haqlidir.
Agar ushbu Kodeksning 1551-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yuridik shaxslardan to‘lov manbaida olinadigan foyda solig‘ini yuridik shaxslar quyidagilarni to‘lash paytida ushlab qolishi shart:
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 171-moddasi, “Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqam 2730, 19.11.2015-y.), “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 1268, 29.08.2003-y.).
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-avgustdagi PQ-158-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 2-bandining ikkinchi — oltinchi xatboshilari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-sonli “O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 1-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 9-iyuldagi 343-sonli “O‘zbekiston Respublikasi sudyalarini, prokuratura va adliya organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 18-martdagi 62-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Jumhuriyat shahar elektr transporti korxonalari xodimlariga ko‘p yillik xizmat uchun bir yo‘la mukofot berishning tartibi haqida”gi nizom, “Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar ko‘rinishidagi Zafarobod shaharchasidagi budjet tashkilotlari va muassalari xodimlariga ko‘p yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va to‘lovlar to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1026, 13.04.2001-y.).
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozni qo‘llash jismoniy shaxsning asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyi bo‘yicha, asosiy ish joyi bo‘lmagan taqdirda — yashash joyidagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliqni hisoblab chiqarish chog‘ida amalga oshiriladi. Imtiyozga bo‘lgan huquq yo‘qotilgan taqdirda, jismoniy shaxs imtiyoz yo‘qotilgan paytdan e’tiboran o‘n besh kun ichida bu haqda undan soliqni ushlab qoladigan yuridik shaxsga ma’lum qilishi kerak.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida sanab o‘tilgan imtiyozlar jismoniy shaxslarning foizlar va dividendlar tarzida olingan daromadlariga, shuningdek mol-mulkni ijaraga topshirishdan olingan daromadlariga ham tatbiq etiladi. Agar foizlar va dividendlar asosiy ish joyi bo‘yicha hisoblansa, imtiyozni qo‘llash asosiy ish joyi bo‘yicha amalga oshiriladi, agar foizlar va dividendlar asosiy bo‘lmagan ish joyi bo‘yicha hisoblansa, imtiyoz jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish chog‘ida jismoniy shaxsning yashash joyidagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan qo‘llaniladi. Shunga o‘xshash tartib mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
4) ushbu Kodeksning 178-moddasiga muvofiq boshqa daromadlar, agar daromadning to‘lov manbai yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasining rezidenti, faoliyatini O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidenti, chet el yuridik shaxsining vakolatxonasi bo‘lsa.
Soliq to‘lovchilar ushbu Kodeksning 189-moddasida ko‘rsatilgan daromadlar bo‘yicha jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etadi.
Taqdim etish tartibi ushbu moddaning to‘rtinchi qismida belgilangan daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya bo‘yicha hisoblab chiqarilgan jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqni to‘lash deklaratsiya topshirilgan paytdan e’tiboran o‘n besh kun ichida amalga oshiriladi.
notijorat tashkilotlar. Ushbu modda birinchi qismining 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek tadbirkorlik faoliyati doirasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oborotini hamda ushbu Kodeks 199-moddasi birinchi qismining 5 va 6-bandlarida ko‘rsatilgan oborotlarni amalga oshirganda notijorat tashkilotlar ushbu oborotlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar bo‘ladi. Bunda ushbu Kodeksning 132-moddasida ko‘rsatilgan boshqa daromadlarni olish tadbirkorlik faoliyati sifatida qaralmaydi;
agar ushbu Kodeksning XX bo‘limida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.
5) ushbu modda uchinchi qismining 1 — 4-bandlarida nazarda tutilmagan ishlarni bajarayotgan, xizmatlarni ko‘rsatayotgan shaxsning tadbirkorlik yoki har qanday boshqa faoliyati O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilsa. Ishlarni bajarayotgan, xizmatlar ko‘rsatayotgan yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi asosida, bunday asos bo‘lmagan taqdirda esa, yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan joy, yuridik shaxsning doimiy faoliyat ko‘rsatadigan ijro etuvchi organi joylashgan er, agar ishlar (xizmatlar) bu doimiy muassasa orqali bajarilgan bo‘lsa, mazkur doimiy muassasa joylashgan yer asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida haqiqatda hozir bo‘lib turgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining hududi ushbu faoliyat amalga oshiriladigan joy hisoblanadi.
Ushbu Kodeks 200-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq realizatsiya qilishda soliq solinmaydigan oborotlar hisoblanuvchi chiptalar, abonementlar, yo‘llanmalar (joysiz davolanish uchun berilgan hujjatlar) va xizmatlar olishga huquq beruvchi boshqa hujjatlar mazkur xizmatlarni ko‘rsatmaydigan yuridik shaxslar tomonidan o‘z xodimlari va ularning oila a’zolari uchun realizatsiya qilingan taqdirda, soliq solinadigan baza qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini o‘z ichiga oladigan, realizatsiya qilish bahosi va ularni olish bahosi o‘rtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
Ushbu Kodeks 219-moddasining 5 va 6-bandlariga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha hisobga olish nazarda tutilmagan mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda (mazkur mol-mulk qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan olinganligi yoki olinmaganligidan qat’i nazar), soliq solinadigan baza qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini o‘z ichiga oladigan, uni realizatsiya qilish (chiqib ketish) qiymati bilan balans qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
Soliq solinadigan bazaga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tuzatishni kiritish bir yillik muddat ichida, kafolat muddati belgilangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha esa, kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi.
Ishlar, xizmatlarni oluvchida soliq solinadigan baza ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi norezidentiga to‘lanishi lozim bo‘lgan summadan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromad bo‘yicha to‘lov manbaida ushlab qolinishi lozim bo‘lgan soliq summasi chegirib tashlanmagan holda belgilanadi.
Agar ushbu Kodeksning 38-bobida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasiga 15 foizli stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi.
Ushbu Kodeksning 213-moddasiga muvofiq tovarlarning eksport qilinganligi tasdiqlanmagan taqdirda, mazkur tovarlarni realizatsiya qilish oborotiga belgilangan stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan hujjatlar belgilangan tartibda tekshiruv o‘tkazilayotganda nazorat qiluvchi organlarga ularning talabiga binoan taqdim etiladi.
Ushbu Kodeks 205-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan hollarda olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati o‘zgarganda sotib oluvchi ilgari hisobga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiga tegishli tarzda tuzatish kiritadi.
7) ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ishlarni (xizmatlarni) haqiqatda mazkur ishlar bajarilganligini (xizmatlar ko‘rsatilganligini) tasdiqlovchi hujjatlar bilan rasmiylashtirish.
Ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlar hisobvaraq-faktura o‘rnini bosadigan hujjatlardir. Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilgan taqdirda, ushbu hujjatlarda qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi albatta ajratib ko‘rsatilishi kerak.
1) ushbu Kodeksning 199 va 200-moddalarida belgilangan tartibda aniqlanadigan soliq solinadigan oborot. Bunda ushbu Kodeksning 38-bobida nazarda tutilgan, nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinadigan oborot qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibi doirasida soliq solinmaydigan oborot hisoblanadi.
Soliq stavkalari soliq solinadigan bazaga nisbatan foizda
1.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi yuridik shaxslar, 2 — 6 bandlarda nazarda tutilganlar bundan mustasno
7
2.
Qurilish tashkilotlari
8
3.
Chakana, ulgurji, shuningdek ulgurji-chakana savdoni amalga oshiradigan savdo korxonalari
6
4.
Umumiy ovqatlanish, mehmonxona xo‘jaligi korxonalari
10
5.
Kasbiy xizmatlar ko‘rsatadigan yuridik shaxslar (auditorlik xizmatlari, soliq maslahati xizmatlari, konsalting xizmatlari, brokerlik xizmatlari va boshqalar)
15
6.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, realizatsiya qiladigan yuridik shaxslar o‘zining ishlab chiqarish mahsulotlari bundan mustasno
Ushbu Kodeksning 207-moddasiga muvofiq to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qoplash yoki soliq to‘lovchining boshqa soliqlar bo‘yicha mavjud soliq qarzini qoplash ushbu Kodeksning 56-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Mazkur moddaning beshinchi qismiga muvofiq qaytarilgandan keyin saqlanib qolgan nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinadigan oborot hisobidan hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasi soliq to‘lovchining yozma arizasi asosida uning bank hisobvarag‘iga, agar mazkur ariza ortiqcha summa hosil bo‘lgan hisobot davri tugaganidan keyin o‘n ikki oydan kechiktirilmagan muddatda taqdim etilgan bo‘lsa, ushbu Kodeksning 228-moddasida belgilangan tartibda qaytarilishi mumkin.
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-iyundagi 252-sonli “Sanoatning kon qazish tarmoqlari ayrim korxonalarining yuqori daromadiga soliq solish to‘g‘risida”gi qarori, “Sementga va klinkerga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1908, 24.02.2009-y.), “Tabiiy gazga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1909, 24.02.2009-y.).
Ushbu modda birinchi qismining 1 — 5-bandlarida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar (yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bundan mustasno), agar mahsulot taqsimotiga oid bitimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha undiriladi. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va aksiz solig‘i O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha undiriladi.
Ushbu Kodeksning 275-moddasida ko‘rsatilgan imtiyozlarni olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar imtiyozlarni olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadilar.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan imtiyozlar, bundan 6-bandda ko‘rsatilgani mustasno, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xo‘jaligi yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organda ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxslarga beriladi. Bunda mazkur imtiyozlar soliq to‘lovchining tanlashi bo‘yicha faqat bitta yer uchastkasiga berilishi mumkin.
Ushbu Kodeksning 290-moddasida ko‘rsatilgan imtiyozlarni olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar yer uchastkasi joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organlariga ushbu imtiyozlarga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadi.
Ushbu Kodeksning 172-moddasida ko‘rsatilgan ish haqi tarzidagi daromadlar yagona ijtimoiy to‘lovning soliq solish obyektidir. Bunda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar uchun yagona ijtimoiy to‘lovning soliq solish obyekti ularning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga ishlash uchun yuborilguniga qadar oxirgi ish joyi bo‘yicha olingan, O‘zbekiston Respublikasida budjet muassasalari xodimlari uchun ish haqi oshirilishi hisobga olingan holda qayta hisoblanadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ushbu Kodeks 306-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan daromadlar bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish uchun soliq solinadigan baza chet ellik xodimlarga to‘lanadigan daromadlar summasi sifatida aniqlanadi, biroq bu summa O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlarni berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartnomasiga doir xarajatlar umumiy summasining 90 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.
Agar ushbu Kodeksning 311-moddasida va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yagona ijtimoiy to‘lov stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Soliq solinadigan bazaga nisbatan soliq stavkalari, foizda
1.
Budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslar; qaysi yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ko‘proq qismi davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari
3) avtotransport vositalari lizingga berish uchun olinganda, ushbu Kodeks 324-moddasining 9-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Yig‘im taraflarning yozma kelishuviga ko‘ra lizing beruvchidan yoki lizing oluvchidan undiriladi. Lizing beruvchi O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan taqdirda, yig‘im lizing oluvchidan undiriladi. Lizing shartnomasi muddati tugaganidan so‘ng mazkur lizing (ikkilamchi lizing) shartnomasi predmeti bo‘lgan avtotransport vositasi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotganida takroran yig‘im undirilmaydi;
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-maydagi PQ-357-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 6-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qaror bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 5-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 8 — 10-bandlari.
Ushbu modda birinchi qismining 8 — 10, 32 — 36-bandlarida ko‘rsatilgan shaxslarning talablarini qanoatlantirish to‘liq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.
Ushbu modda birinchi qismining 21 va 22-bandlarida ko‘rsatilgan shaxslarning talablarini qanoatlantirish to‘liq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.
Ushbu modda birinchi qismining 1, 9, 11, 12-bandlarida ko‘rsatilgan shaxslarning talablarini qanoatlantirish to‘liq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan soliqlar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan jami umumbelgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘rniga to‘lanadi, ushbu Kodeksning 349-moddasida sanab o‘tilganlar bundan mustasno.
ushbu Kodeksning 207-moddasida nazarda tutilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan bajariladigan (ko‘rsatiladigan) ishlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i;
agar ushbu Kodeksning 350-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, aksiz to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarishda solinadigan aksiz solig‘i;
agar ushbu Kodeksning 350-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;
Ushbu Kodeks 350-moddasi birinchi qismining 1 va 6-bandlarida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar yagona soliq to‘lovini to‘lashni nazarda tutadigan soliq solishning soddalashtirilgan tartibini yoki umumbelgilangan soliqlar to‘lashni tanlashga haqli.
Ushbu Kodeks 351-moddasining beshinchi qismida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar, agar joriy soliq davri yakunlariga olingan yalpi tushumi belgilangan chegaraviy miqdordan oshmasa, keyingi soliq davridan boshlab yagona soliq to‘lovini to‘lashga qayta o‘tishga haqlidir.
Agar yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar ushbu Kodeksning 199-moddasiga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan oborotni amalga oshirsa, qo‘shilgan qiymat solig‘ini ixtiyoriy asosda to‘lashi mumkin. Yuridik shaxslar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tish uchun hisobot davri boshlanishidan kamida bir oy oldin, yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar esa o‘z faoliyatini amalga oshirishni boshlaguniga qadar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga yozma bildirish taqdim etadi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan baza quyidagilarga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasiga kamaytiriladi:
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan yalpi tushumga tuzatish kiritish bir yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha esa kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi.
Ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan shartlarga javob beradigan yangidan tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yagona yer solig‘ini to‘lovchilar bo‘ladi.
Ushbu Kodeks 362-moddasining ikkinchi qismida belgilangan shartlarga javob beradigan qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar, shuningdek qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-eksperimental xo‘jaliklari va ta’lim muassasalarining o‘quv-tajriba xo‘jaliklari faoliyatning yagona yer solig‘ini to‘lash tatbiq etiladigan qismi bo‘yicha soliq solishning boshqacha tartibini tanlash huquqiga ega emas.
Ushbu Kodeksning 370-moddasida ko‘rsatilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish doirasida quyidagilarni ham to‘laydi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan yuridik shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq kiritilgan investitsiya hajmidan kelib chiqqan holda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, yagona soliq to‘lovini to‘lashdan muayyan muddatga ozod qilinadilar.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha ushbu Kodeks 376-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozlarni olgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yuridik shaxs imtiyozlar berilgan muddat tugaganidan keyin bir yil o‘tmasdan faoliyatini tugatgan taqdirda, chet ellik investorning foydasini o‘z mamlakatiga o‘tkazish va kapitalini chet elga olib chiqib ketish faqat soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha berilgan imtiyozlarning summalari budjetga undirilganidan keyin amalga oshiriladi.
Ishonchli shaxs birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni sheriklariga (ishtirokchilariga) topshirayotganda ushbu moddaning sakkizinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq aniqlanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini ko‘rsatgan holda hisobvaraq-fakturani rasmiylashtiradi. Birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni topshirish uchun rasmiylashtirilgan hisobvaraq-faktura budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i hisob-kitobida sherikning (ishtirokchining) ushbu soliq summasini hisobga olishi uchun asos bo‘ladi. Hisobvaraq-fakturadagi “tovar jo‘natish hujjatlarining yoki shartnomalarning raqami va sanasi” satriga “birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotning taqsimoti” degan belgi qo‘yiladi;
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromadlariga, shu jumladan ushbu Kodeksning 382-moddasiga muvofiq birgalikdagi faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlarning birgalikdagi faoliyatdan olgan daromadlariga, agar yakka tartibdagi tadbirkorlar birgalikdagi faoliyat doirasida ushbu Kodeksning 375-moddasida nazarda tutilgan tartibda soliq to‘langan faoliyat turini amalga oshirayotgan bo‘lsa, ushbu moddaning beshinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydi.
Qarang: mazkur Kodeksning 386-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish Qoidalarining 38-bandi.