Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 19.12.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi 837-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 221-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 8-moddaning ikkinchi qismidagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 9-moddaning ikkinchi qismidagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchiliqda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 27-moddaning birinchi qismidagi “Sanoatda va konchiliqda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 97-moddaning nomi va birinchi qismidagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 98-moddaning birinchi qismidagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
nomidagi, birinchi qismidagi va ikkinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “bosh direktor” degan so‘zlar “Davlat inspeksiyasi boshlig‘i” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘zbekcha matni to‘rtinchi xatboshisidagi “konchilik-texnik” degan so‘zlar “kon-texnik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi 2018-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrda qabul qilingan 444-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahrirda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 1, 5-modda) kuyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 7-moddaning ikkinchi qismidagi “Sanoatda va konchiliqda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 17-moddaning uchinchi qismidagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 23-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
to‘rtinchi qismidagi “beshinchi va oltinchi qismlarida” degan so‘zlar “beshinchi qismida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismi chiqarib tashlansin;
oltinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
5) 28-moddaning uchinchi qismidagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 44-moddaning beshinchi qismidagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 26-apreldagi 232-I-sonli Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomning (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 70-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2002-yil, № 1, 22-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda) 8-bandidagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustda qabul qilingan “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi 120-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7-8, 212-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 8-moddaning birinchi qismidagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 22-moddaning to‘rtinchi qismidagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchiliqda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Chiqindilar to‘g‘risida”gi 362-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, №4-5, 72-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 6-moddaning beshinchi xatboshisidagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi (bundan buyon matnda “Sanoatkontexnazorat” agentligi deb yuritiladi)” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 10-moddaning nomi va matnidagi “Sanoatkontexnazorat” agentligining”, “Sanoatkontexnazorat” agentligi” degan so‘zlar tegishincha “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining”, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
 LexUZ sharhi

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”