09.12.1992 yildagi 728-XII-son
Hujjat 18.12.1992 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
I. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasida hamda ular asosida qabul qilingan qonunlarda belgilab berilgan hokimiyat konstitutsiyaviy idoralarining vakolatlarini o‘zlashtirishga hech kim haqli emas. Hokimiyat konstitutsiyaviy idoralarining faoliyatini to‘xtatib turish yoki tugatish yoxud O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasida ko‘zda tutilgan tartibdan farqli o‘laroq tarzda hokimiyat tuzilmalarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi hamda qonunga binoan javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi. Hokimiyat konstitutsiyaviy idoralarining vakolatlarini o‘zlashtirib olgan idoralar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tarqatib yuborilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.