O‘tkazilayotgan sud-huquq islohotlari jarayonida qabul qilingan sud qarorlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlashga qaratilgan sud ijrochilari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Departament (keyingi o‘rinlarda — Sud departamenti)ning faoliyatini takomillashtirish va javobgarligini oshirish bo‘yicha ta’sirchan tashkiliy-huquqiy mexanizmlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 31-avgustdagi 458-sonli qarorini ijro etish yuzasidan sud ijrosi tizimini tashkiliy va tuzilmaviy jihatdan o‘zgartish bo‘yicha bir qator aniq chora-tadbirlar ko‘rildi.
Sud departamentining tashkiliy tuzilmasi qayta ko‘rib chiqildi, uning tarkibida undiruvlarning turlari bo‘yicha: xo‘jalik sudlari; umumiy yurisdiksiya sudlari; soliq, bojxona va boshqa organlar qarorlarini ijro etish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bo‘limlar tashkil etildi. Ichki xavfsizlik inspeksiyasi, statistika va tahlil bo‘limi tashkil etildi, hududiy bo‘linmalar tuzilmasiga tegishli o‘zgartishlar kiritildi.
Kadrlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rildi, sud ijrochisi lavozimiga nomzodlarni tanlov asosida saralab olish tartibi joriy etildi.
Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida sud ijrochilarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslari tashkil etildi.
Ushbu sohadagi mutaxassislarni tayyorlash maqsadida oliy yuridik ta’lim muassasalari o‘quv dasturlariga “Ijro ishi yurituvi” mustaqil fani kiritildi.
Oshkoralikni ta’minlash, suiiste’molliklarning oldini olish maqsadida xatlangan avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulkni birjalarda ochiq kimoshdi savdolari orqali sotishning yangi tartibi, ushbu mol-mulk sotuvini amalga oshiruvchi baholovchilarni va savdo tashkilotlarini tanlov asosida saralab olish mexanizmi joriy qilindi.
Biroq, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan Adliya vazirligi va Sud departamentining faoliyati sud qarorlarini o‘z vaqtida va to‘liq ijro etish bo‘yicha belgilangan talablarga lozim darajada javob bermaydi, ishni tashkil etishda jiddiy kamchiliklar mavjud, ijro intizomi, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish ustidan yetarli nazorat o‘rnatilmagan, korrupsiya va ta’magirlik holatlariga lozim darajada baho berilmayapti.
Natijada joriy yilning 9 oylik yakunlari bo‘yicha qoldiq sifatida ijro hujjatlarining umumiy summasi 228,1 mlrd. so‘mlik 246 ming (19,4%) donani, muddati buzilib ijro qilinganlari esa — 238,4 dona yoki 24,6%ni tashkil etdi.
Ijro hujjatlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini tashkil etish va yuritish uchun mo‘ljallangan yagona axborot-kompyuter tarmog‘ini tashkil etish jarayoni kechiktirilmoqda, bu esa ushbu sohadagi hisobga olish va nazorat qilish samaradorligida namoyon bo‘lmoqda.
Sud qarorlarini ixtiyoriy ravishda ijro etishdan bo‘yin tovlagan qarzdorlarni moddiy javobgarlikka tortishning ta’sirchan huquqiy mexanizmlari mavjud bo‘lmaganligi sababli ixtiyoriy ravishda ijro qilish ko‘rsatkichlari eng past darajada bo‘lib qolmoqda.
Sud ijrochilari bo‘limlarini moddiy-texnika jihatidan ta’minlash qoniqarsiz darajada bo‘lib qolmoqda. Sud departamenti bo‘linmalarining 143 tasi yoki 67 foizi ma’muriy binolari kapital va joriy ta’mirlashga muhtoj, hududiy bo‘linmalarning 16 tasi yoki 7,5 foiz ma’muriy binolari esa ijaraga olingan binolarda joylashgan. Bularning barchasi sud qarorlarini majburiy ijro etish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Sud qarorlarini so‘zsiz ijro etishni ta’minlovchi ta’sirchan tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yaratish, sud ijrochilari faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish, shuningdek Sud departamentining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-sonli qarorida belgilab qo‘yilgan vazifalarni ijro etish bo‘yicha ishlari qoniqarsiz deb topilsin.
Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuratura va boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda majburiy ijro etish sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyotini tanqidiy tahlil qilsin va ikki oylik muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga majburiy ijro etish mexanizmini yanada takomillashtirish, shuningdek sud qarorlarini ijro etishdan bo‘yin tovlash va to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun hujjati loyihasini belgilangan tartibda kiritsin;
ijro intizomini mustahkamlash va tarkibiy tuzilmalar faoliyatini samarali tashkil etish ustidan tizimli tahlil va nazoratni amalga oshirish vazifasi yuklatilgan holda Sud departamenti tarkibida Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasini tuzsin;
Sud departamenti xodimlari o‘rtasida tashkiliy-kadrlar ishlarini tubdan yaxshilash, qonuniylik va intizomni mustahkamlash, profilaktika ishlarini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
3. 2007-yil 1-dekabrdan sud ijrochilari tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosi bo‘yicha harakatlarning bajarilishi uchun ijro yig‘imi joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Belgilab qo‘yilsinki, ijro yig‘imi qarzdordan ixtiyoriy ijro etish muddati tugaganidan keyin quyidagi miqdorlarda undiriladi:
mulkiy xarakterdagi ijro hujjatlari bo‘yicha — jismoniy shaxsdan undirilayotgan summaning 1 foizi miqdorida, yuridik shaxsdan 2 foizi miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
nomulkiy xarakterdagi ijro hujjatlari bo‘yicha — jismoniy shaxsdan eng kam ish haqining 5 baravari miqdorida, yuridik shaxsdan 10 baravari miqdorida.
Keyingi tahrirga qarang.
budjet tashkilotlaridan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha;
davriy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha, shuningdek aliment undirish haqidagi, mayib bo‘lish yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetganligi, shuningdek boquvchining o‘limi natijasida ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ijro yig‘imi undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Belgilab qo‘yilsinki, undirib olingan ijro yig‘imi mablag‘larining 20 foizi respublika budjeti daromadiga, ushbu mablag‘larning 80 foizi esa Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga o‘tkaziladi va Sud departamentining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sud ijrochilarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish, shuningdek sud ijrochilari faoliyatini va majburiy ijro etish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 2-apreldagi PF-4211-son Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 102-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Sud departamentining moddiy-texnika jihatidan bazasini mustahkamlash bo‘yicha 2007—2010-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Sud departamentida yagona axborot-kompyuter tarmog‘ini (YaAKT) yaratish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar dasturi; Sud departamentida axborotni yig‘ish va qayta ishlashning tashkiliy-funksional sxemasi; Sud departamentida yagona axborot-kompyuter tarmog‘ini yaratishga ketadigan prognoz xarajatlari 3—5-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qo‘yilsinki, ko‘rsatilgan dasturlarni amalga oshirish Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.
7. Sud departamentida yagona axborot-kompyuter tarmog‘ini tashkil etish uchun olib kiriladigan jihozlar va dasturiy ta’minot bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan 6-ilovaga muvofiq ozod etilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom ijro yig‘imi mablag‘larini undirish, o‘tkazish va foydalanish tartibini belgilab beradi.
2. Mazkur Nizomda mulkiy xaraktyerga ega bo‘lgan ijro hujjatlari deyilganda qarzdor tomonidan undiruvchiga, davlat foydasiga yoxud boshqa shaxsga muayyan pul mablag‘larini to‘lashni nazarda tutuvchi sud hujjatlari yoki boshqa organlar hujjatlari tushuniladi.
Mulkiy xaraktyerga ega bo‘lmagan ijro hujjatlari deyilganda qarzdorga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatlari yoki boshqa organlar hujjatlari tushuniladi.
3. Sud ijrochisi tomonidan ijro hujjatini majburiy ijro etish choralari qo‘llanilganda qarzdordan quyidagi miqdorlarda ijro yig‘imi undiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
mulkiy xaraktyerga ega bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha — jismoniy shaxsdan undirilayotgan summaning 1 foizi miqdorida, yuridik shaxsdan 2 foizi miqdorida (majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish jarayonida mol-mulk undiruvchiga topshirilgan taqdirda — ushbu mol-mulkning qiymatidan kelib chiqqan holda);
Keyingi tahrirga qarang.
mulkiy xaraktyerga ega bo‘lmagan ijro hujjatlari bo‘yicha — jismoniy shaxsdan eng kam ish haqining 5 baravari miqdorida, yuridik shaxsdan eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Ijro hujjatini ixtiyoriy ravishda ijro etish muddati tugaganidan keyingi kunda sud ijrochisi tomonidan chiqarilgan qaror ijro yig‘imini undirish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq alohida ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilmasdan majburiy ijro etilishi lozim.
5. Ijro yig‘imi qarzdordan ijro hujjatida ko‘rsatilgan undiruv summasiga qo‘shimcha ravishda undiriladi. Bunda, undiruv:
mulkiy xaraktyerga ega bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha — qarzdordan undirilgan pul summasi yoxud undiruvchiga topshirilgan, qonunda belgilangan muddatda sotilmagan mol-mulk qiymatiga mutanosib ravishda;
mulkiy xaraktyerga ega bo‘lmagan ijro hujjatlari bo‘yicha — majburiy ijro etish bo‘yicha choralar qo‘llashni boshlash bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Bir nechta talablar (ijro hujjatlari) bo‘yicha qarzdordan undiriladigan ijro yig‘imlari O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 80-moddasida belgilangan tartibda tegishli talabning qanoatlantirish navbatiga ko‘ra undiriladi. Bunda, mulkiy xaraktyerga ega bo‘lmagan ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdordan undiriladigan ijro yig‘imlari, shuningdek mulkiy xaraktyerga ega bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha qonunda belgilangan muddatda realizatsiya qilinmagan mol-mulkni undiruvchiga topshirish holatlari birinchi navbatda qanoatlantiriladigan talablarga tenglashtiriladi. Mazkur xatboshi bilan belgilangan qoidalar qarzdorning bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘larini hisobdan chiqarish navbatlarini belgilash vaqtida ham tatbiq etiladi.
budjet tashkilotlaridan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkni undirish. Bunda, tashkilotning budjet tashkiloti deb topilishini tasdiqlovchi hujjat qarzdor tomonidan sud ijrochisiga taqdim qilinadigan mazkur tashkilotning xarajatlar smetasini ro‘yxatga olgan tegishli moliya organining xati hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
davriy to‘lovlarni (aliment undirish haqidagi, mayib bo‘lish yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetganligi, shuningdek boquvchining o‘limi natijasida ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi va boshqa ishlar bo‘yicha) undirish bo‘yicha.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 52 va 69-moddalariga muvofiq ijro yig‘imi undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan pul summasidan, shuningdek mol-mulklardan undirilmaydi.
7. Ijro yig‘imi undirish to‘g‘risidagi qarorlarning hisobini yuritish va ularning undirilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Undirib olingan paytdan boshlab ikki bank kuni mobaynida ijro yig‘imi mablag‘larining 20 foizi belgilangan tartibda respublika budjeti daromadiga, ushbu mablag‘larning 80 foizi esa Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma)ga o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘larning, shuningdek sud ijrochilari tomonidan undiriladigan jarimalar, mol-mulkni sotish yoki baholash bo‘yicha o‘zining shartnomaviy majburiyatlarini bajarmagan (lozim darajada bajarmagan) baholovchi, ixtisoslashtirilgan savdo va rieltorlik tashkilotlari, boshqa shaxslardan undiriladigan jarimalar va penyalarning kelib tushishi va foydalanilishini hisobga olish Jamg‘armaning boshqa manbalaridan alohida yuritiladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
Yuqorida ko‘rsatilgan va belgilangan miqdorlarda Jamg‘armaga o‘tkazilgan mablag‘lar quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
ustamalar, martaba darajalari va ko‘p yillik xizmati uchun qo‘shimcha to‘lovlar to‘lashga, Sud departamentining qo‘shimcha xodimlarini saqlab turish;
Sud departamentining ijro ishi yurituvini va faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 2-apreldagi PF-4211-son Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 102-modda)
Sud departamenti, uning hududiy boshqarmalari va sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limlarining bino va xonalarini qurish, sotib olish, kapital va joriy ta’mirlash;
ularni zarur inventarlar, jihozlar, kompyuter texnikasi va boshqa zamonaviy orgtexnika hamda transport vositalari bilan ta’minlash;
Sud departamentida yagona axborot-kompyuter tarmog‘ini barpo etish, uni modernizatsiyalash va foydalanish bo‘yicha xarajatlar;
10. Mablag‘larni sarflash Jamg‘arma Kuzatuvchi kengashi tomonidan har yili tasdiqlanadigan Maqsadli dasturga muvofiq amalga oshiriladi.
Sud departamenti hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan — hududiy boshqarmalar va tegishli hududdagi sud ijrochilari bo‘limlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash qismiga oid;
Sud departamenti direktori tomonidan — Sud departamentining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha markazlashgan chora-tadbirlarni o‘tkazish qismiga oid talabnomalar beriladi.
12. Maqsadli dasturga kiritish uchun talabnomalar Jamg‘arma Kuzatuvchi kengashi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
13. Jamg‘arma Kuzatuvchi kengashi har yili keyingi yilning 15-yanvariga qadar kelib tushgan talabnomalarni ko‘rib chiqadi va kiritilgan takliflarni Maqsadli dasturga kiritish (yoki rad etish) haqida qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Talabnomalarni ko‘rib chiqish va ularni Maqsadli dasturga kiritish ijro yig‘imi mablag‘larining va Sud departamenti organlari tomonidan Jamg‘armaga undirilayotgan boshqa mablag‘larning kelib tushish prognozi asosida amalga oshiriladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 29-dekabrdagi PQ-1900-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 2-son, 16-modda)
14. Jamg‘arma Kuzatuvchi kengashi o‘zining har choraklik yig‘ilishlarida Maqsadli dasturning bajarilishini monitoring qilib boradi.
Monitoring natijalari bo‘yicha, shuningdek Sud departamenti va hududiy boshqarmalarning murojaatlariga muvofiq Jamg‘arma Kuzatuvchi kengashi tasdiqlangan Maqsadli dasturga mablag‘larning maqbul ravishda taqsimlanishiga va ko‘zda tutilgan tadbirlarning to‘liq bajarilishiga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.
15. Sud departamenti xodimlarini moddiy rag‘batlantirish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 2-apreldagi PF-4211-son Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 102-modda)
qarzdorning arizasiga asosan, asos sifatida ijro hujjati berilgan sud qarori yoki boshqa organ qarorining yoxud qonun bo‘yicha ijro hujjati hisoblanadigan boshqa hujjatning bekor qilinishi;
qarzdor yoki undiruvchining arizasiga asosan, asos sifatida ijro hujjati berilgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatlarining o‘zgartirilishi, agar ushbu o‘zgartirish natijasida to‘langan ijro yig‘imi miqdorini qaytadan ko‘rib chiqish lozim bo‘lsa;
qarzdor yoki ijro yig‘imi undirilgan boshqa shaxsning arizasiga yoxud sud ijrochisining tashabbusiga asosan, ijro yig‘imi miqdorini noto‘g‘ri yoki ortiqcha o‘tkazilganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ijro yig‘imini qaytarish haqidagi ariza ushbu bandda ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelganidan keyin uch yildan kechiktirmasdan beriladi.
17. Undirilgan ijro yig‘imi miqdorini qaytarish uchun ijro yig‘imini to‘lagan shaxs majburiy ijro harakati kim tomonidan amalga oshirilganidan kelib chiqib, Sud departamentining markaziy apparatiga yoki tegishli hududiy boshqarmaga ariza bilan murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
sud qarori yoki boshqa organ qarorini bekor qilish yoki o‘zgartirish haqidagi hujjatning tasdiqlangan nusxasi — ijro yig‘imi mazkur Nizom 16-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha qaytarilganda;
ijro yig‘imi miqdori noto‘g‘ri yoki ortiqcha o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hisob-kitob hujjati yoki boshqa hujjat — ijro yig‘imi mazkur Nizom 16-bandining to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan asos bo‘yicha qaytarilganda;
sudning qonuniy kuchga kirgan qarorining tasdiqlangan nusxasi — ijro yig‘imi mazkur Nizomning 16-bandi beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha qaytarilganda.
18. Ijro yig‘imini qaytarish to‘g‘risidagi ariza Sud departamentining tegishli hududiy boshqarmasi yoki markaziy apparati tomonidan ko‘rib chiqiladi va ariza berilgan kundan e’tiboran besh kunlik muddat ichida ijro yig‘imini qaytarish yoki qaytarishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, qabul qilingan qaror haqida ariza beruvchini yozma ravishda xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro yig‘imini qaytarish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganidan boshlab uzog‘i bilan ikki kun ichida qaytarish uchun Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasiga yuboriladi. Ijro yig‘imini qaytarish Ijro etuvchi direksiya tomonidan qaror olingan kundan boshlab besh bank kuni davomida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 2-apreldagi PF-4211-son Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 102-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
19. Ijro yig‘imini qaytarish yoki qaytarishni rad etish to‘g‘risida qaror ustidan belgilangan tartibda sudga murojaat qilish mumkin.
20. Ijro yig‘imi mablag‘larining kelib tushishi va sarflanishini hisobga olish Jamg‘arma uchun belgilab qo‘yilgan tartibda Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Ijro yig‘imi mablag‘lari to‘g‘ri va o‘z vaqtida taqsimlanishini, shuningdek ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 2-apreldagi PF-4211-son Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 102-modda)
T/r | Tadbirning nomi | Xarajatlarning hisob summasi (mln. so‘m) | Ajratiladigan mablag‘ni o‘zlashtirish hajmi va muddati | Mas’ul ijrochilar |
1. | Sud departamentining hududiy bo‘linmalari uchun xonalar yoki alohida binolar ajratish va sotib olish, kapital ta’mirlash ishlarini o‘tkazish | 5256,0 | 2008-y. — 516,2 mln. so‘m 2009-y. — 2369,9 mln. so‘m 2010-y. — 2369,9 mln. so‘m | Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar kengashi, viloyatlar, tuman va shahar hokimliklari, Adliya vazirligi, Sud departamenti |
2. | Sud departamentining markaziy apparati uchun bino sotib olish | 800,0 | 2007-yil yakuniga qadar | Sud departamenti |
3. | Sud departamentida yagona axborot-kompyuter tarmog‘ini yaratish | 2660 | 2008-yil yakuniga qadar | Adliya vazirligi, Sud departamenti, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
4. | Sud departamentining hududiy bo‘linmalarini mebel jihozlari (stollar, stullar, shkaflar, seyflar) bilan ta’minlash | 562,0 | 2007-yil IV chorak | Sud departamenti va uning hududiy boshqarmalari |
5. | Sud departamentining hududiy bo‘linmalarini orgtexnika (shaxsiy kompyuterlar, fakslar, nusxa ko‘chiruvchi mashinalar, telefon apparatlar) bilan ta’minlash | 1549,2 | 2008-y. — 774, 6 mln. so‘m 2009-y. — 774,6 mln. so‘m | Sud departamenti va uning hududiy boshqarmalari |
6. | Sud departamentining hududiy bo‘linmalari uchun avtotransport sotib olish | 1773,6 | 2008-y. — 1000,0 mln. so‘m 2009-y. — 773,6 mln. so‘m | Sud departamenti va uning hududiy boshqarmalari |
Jami mablag‘lar | 12600,8 |
T/r | Tadbirning nomi | Amalga oshirishning shakli va mexanizmi | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar |
1. | YaAKT Konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash | Konsepsiya | 2007-yil noyabr | Adliya vazirligi |
2. | YaAKT loyihalashtirish uchun texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash | Loyihalashtirish uchun topshiriq | 2007-yil noyabr | Adliya vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
3. | YaAKT yaratishning dastlabki texnik-iqtisodiy hisobini (TIH) ishlab chiqish va tasdiqlash | Dastlabki TIH | 2008-yil yanvar-fevral | Adliya vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
4. | Asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarni va ishlarni bajaruvchilarni aniqlash | Tenderga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish, tender komissiyasi bayonnomasini rasmiylashtirish | 2008-yil yanvar-fevral | Adliya vazirligi, tender komissiyasi |
Shartnomalar tuzish va ularni tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish | 2008-yil mart | Adliya vazirligi, tender g‘olibi | ||
5. | YaAKT yaratishning texnik-iqtisodiy hisob-kitobini ishlab chiqish va tasdiqlash | TIH | 2008-yil mart-may | Adliya vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, tender g‘olibi |
6. | Asbob-uskunalarni yetkazish va ishlarni bajarish | Reja-jadval | 2008-yil mart-sentyabr | Tender g‘olibi |
7. | Sud departamentining ijro ish yurituvi bo‘yicha ma’lumotlarni tayyorlash va yuborish uchun ishlatiladigan shifrlash kalitlari va elektron-raqamli imzolar sertifikatlarini tayyorlash va ta’minlash | Reja-jadval | 2008-yil may-iyun | Adliya vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
8. | Foydalanuvchilarni o‘qitish | Reja-jadval | 2008-yil sentyabr-noyabr | Adliya vazirligi, tender g‘olibi |
9. | Tajribali foydalanish (testdan o‘tkazish) | 2008-yil oktyabr-noyabr | Adliya vazirligi, tender g‘olibi | |
10. | YaAKTni foydalanishga kiritish | 2009-yil yanvar-fevral | Adliya vazirligi, tender g‘olibi | |
11. | Dastur va apparat ta’minotini kuzatish | 2010-yil yakuniga qadar | Adliya vazirligi, tender g‘olibi |
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
Bir marotabalik xarajatlar | ming so‘m | |
T/r | Nomi | Bahosi |
1. | Server uskunalari: — Asosiy server va zaxira server (jami 2 komplekt) — Operatsiya tizimining dastur ta’minoti va SUBD | 493 040,00 |
2. | Tizimning ishlashi uchun dastur mahsuloti: — IBM WebSphere Application Server Network Deployment Processor License, 4 ta litsenziya — BM WebSphere Application Server Network Deployment Processor License SW Maintenance Renewal, 8 ta litsenziya | 184 890,00 |
3. | Ishchilar o‘rni uchun uskunalar: — Shaxsiy kompyuterlar (minimal konfiguratsiya bilan: Celeron 2.93, I915, RAM 512, HDD 80Gb, CRT 17”, CD ROM), 700 dona — Printer – ko‘p funksiyali qurilma, 700 dona — Uzluksiz ta’minot manbai, 700 dona | 736 624,0 |
4. | Energiya ta’minoti: — IBP (60 KVA) — Dizel-generator | 359 919,2 |
5. | YaAKT amaliy dastur ta’minotini ishlab chiqish (PO IBM WebSphere asosida) | 295 824,0 |
6. | Telekommunikatsiya va aloqa vositalariga bir marotabalik to‘lov hisobida 984,8 ming so‘m (bir bino uchun 1ta ulanish, jami 214 bino) | 209 809,5 |
7. | LVSni montaj qilish (bir binoga o‘rtacha 7 ta LVS joy hisobida, jami 214 bino) | 279 900,0 |
8. | Elektron identifikator ruToken (USB-kalit) soni 1270 dona 49,3 ming so‘mdan | 62 616,0 |
Jami | 2 622 622,7 |
Davriy xarajatlar | ||
T/r | Nomi | Bir yillik bahosi |
1. | Server uskunalarini texnik qo‘llash | 3 yil davomida talab qilmaydi |
2. | Dastur mahsulotlarini litsenziyalash | 1 yil davomida talab qilmaydi |
3. | Hisoblash texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish | 1 yil davomida talab qilmaydi |
4. | Dizel-generatorlariga texnik xizmat ko‘rsatish | 1 yil davomida talab qilmaydi |
5. | Amaliy dastur ta’minotini axborot kuzatuvi | 1 yil davomida talab qilmaydi |
6. | Aloqa kanallaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi | 37 323,1 |
JAMI tizimning birinchi yilda ishlatilgani uchun | 37 323,1 |
Sud departamentining yagona axborot-kompyuter tarmog‘ini tashkil etish uchun olib kiriladigan jihozlar va dasturiy ta’minot ro‘yxati*
T/r | Jihoz nomi |
1. | Server jihozi: — Asosiy server va zaxira server (jami 2 komplekt) — Operatsiya tizimining dasturiy ta’minoti va SUBD |
2. | Tizimning faoliyat olib borishi uchun zarur dasturlar: — IBM WebSphere Application Server Network Deployment Processor License, 4 dona litsenziya — IBM WebSphere Application Server Network Deployment Processor License SW Maintenance Renewal, 8 dona litsenziya |
3. | Ish o‘rinlari uchun jihozlar: — Shaxsiy kompyuterlar (eng oddiy konfiguratsiyasi bo‘yicha: Celeron 2.93, I915, RAM 512, HDD 80 Gb, CRT 17, CD ROM), 700 dona miqdorida — Printer — Ko‘p funksiyali qurilma, 700 dona miqdorida — Uzluksiz ishlovchi manba, 700 dona miqdorida |
4. | Energiya ta’minoti: — IBP (60KVA) — Dizel-generator |
5. | Telekommunikatsiya va aloqa vositalari (214 komplekt miqdorida) |
6. | LVSni montaj qilish uchun asbob-uskunalar va materiallar (bir binoda o‘rtacha 7 joyda LVS joylashtirishni hisobga olgan holda, jami bo‘lib 214 bino uchun) |
7. | Elektron identifikatorlar (USB-kalitlar) — 1270 komplekt miqdorida |
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-martdagi 147-son “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorning (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 26-modda):
a) ikkinchi band quyidagi tahrirda bayon qilingan sakkizinchi—o‘ninchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-son qarori bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulkni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 37-bandida nazarda tutilgan hollarda sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limlarining depozit hisobiga o‘tkaziladigan ochiq auksionda ishtirok etish uchun kiritilgan zakalatlar;
mol-mulkni sotish yoki baholash bo‘yicha o‘zining shartnomaviy majburiyatlarini bajarmagan (lozim darajada bajarmagan) birjalar, baholovchilar, savdo tashkilotlari, boshqa shaxslardan undiriladigan jarimalar va penyalar”;
b) qarorning 1-ilovasi 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilingan sakkizinchi—o‘ninchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-son qarori bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulkni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 37-bandida nazarda tutilgan hollarda sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limlarining depozit hisobiga o‘tkaziladigan ochiq auksionda ishtirok etish uchun kiritilgan zakalatlar;
mol-mulkni sotish yoki baholash bo‘yicha o‘zining shartnomaviy majburiyatlarini bajarmagan (lozim darajada bajarmagan) birjalar, baholovchilar, savdo tashkilotlari, boshqa shaxslardan undiriladigan jarimalar va penyalar”;
“Jamg‘armaga kelib tushgan ijro yig‘imlari, sud ijrochilari tomonidan undirilgan jarima summalari, shuningdek birjalar, baholovchilar, savdo tashkilotlari va o‘zga shaxslar tomonidan mol-mulkni baholash yoki sotishda zimmasiga olingan shartnoma majburiyatlarni bajarmaganlik (lozim darajada bajarmaganlik) uchun jarima va penyalar Sud departamentining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sud ijrochilarini moddiy rag‘batlantirish, shuningdek sud ijrochilari faoliyatini va majburiy ijro etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun ishlatiladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 2-apreldagi PF-4211-son Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 29-dekabrdagi PQ-1900-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 2-son, 16-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga
ILOVA
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.