Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi Rais B. Eshonov, sudyalar B. Mirboboyev, U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimova tarkibida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasiga amal qilgan holda ochiq majlisda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 53, 54-moddalari bilan 257-moddasi o‘rtasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etish to‘g‘risida taklif kiritish haqida”gi ishni ko‘rdi.
Ishning ko‘rilishiga O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 53, 54 va 257-moddalaridagi aniqlangan nomuvofiqliklar va Konstitutsiyaviy sud sudyalari U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovaning “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq ko‘rsatgan tashabbusi asos bo‘ldi. Mazkur masalani o‘rganishga Taxiatash shahar sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi bosh vrachi A. Madreimovning Konstitutsiyaviy sudga murojaati sabab bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 53-moddasi sanitariya qonun hujjatlarini, sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishni belgilaydi (O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayQonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6 son, 102-modda).
Kodeksning 54-moddasi karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzganlik uchun mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima shaklidagi javobgarlikni nazarda tutadi (O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayQonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6 son, 102-modda).
257-moddaning ikkinchi qismiga muvofiq quyidagilar davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasini qo‘llanishga haqlidirlar:
Shunday qilib, 53, 54-moddalarda nazarda tutilgan jazolar 257-moddaning ikkinchi qismiga muvofiq emas. Qarama-qarshiliklar shundan iboratki, amaliyotda jarima solish huquqiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi hamda uning o‘rinbosarlari, 53, 54-moddalarda nazarda tutilgan jazolarni to‘liq qo‘llay olmaydilar. Shu munosabat bilan ushbu nomuvofiqliklarni bartaraf etish lozim.
Bayon qilinganlarga asosan va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasiga, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunning 10, 25, 26 va 27-moddalariga amal qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi qaror qildi:

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”