Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ- 138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 913-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda) 25-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Uy-joy mulkdorlari va uy-joydan foydalanuvchilar kommunal xizmatlar to‘lovi va majburiy badallarni to‘lashga doir talablarni qo‘pol ravishda buzgan hollarda tumanlarning, shaharlarning (shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlarning) hokimlari kommunal xizmatlar to‘lovi va majburiy badallarni to‘lash bo‘yicha qarzlarni undirish to‘g‘risida kommunal xizmat ko‘rsatuvchilar yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining taqdimnomasiga muvofiq da’volar bilan sudga murojaat qiladi”.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi 915-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan 758-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 110-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 10-modda ikkinchi qismining yigirma ikkinchi xatboshisidagi “uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga” degan so‘zlar “xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 12-modda ikkinchi qismining yigirma beshinchi xatboshisidagi birinchi jumla quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolar kommunal xizmatlar haqini va majburiy badallarni bank muassasasi orqali hisob-kitob qilib, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lashlarini kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari, xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari bilan birgalikda uyushtiradi va nazorat qiladi”.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi 158-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 12, 413, 418-moddalar; 2007-yil, № 4, 168-modda) 24-moddasi ikkinchi qismining 5-bandidagi “uy-joy mulkdorlari shirkatlariga” degan so‘zlar “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi