O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 23-dekabrdagi PF-3367-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim korxonalar va mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ba’zi masalalari to‘g‘risida” 1995-yil 4-dekabrdagi 448-son qaroriga 1-ilova III bo‘limining 8-bandi birinchi xatboshining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Biznes-fond”ning xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga doir tashabbusi to‘g‘risida” 1996-yil 9-iyuldagi 240-son qarorida:
a) qarorning nomi “Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” deb atalsin;
b) muqaddimadagi “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investorlarning faoliyati kafolatlari to‘g‘risida” so‘zlari “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”, “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida” va “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 9-banddagi “Biznes-fondning” so‘zlari “Osiyo-Yevropa trast kompaniyasi” sho‘ba korxonasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tizimi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 19-sentabrdagi 446-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 9-son, 32-modda) 5-bandidagi “Mehnat vazirligi, Xorijiy investitsiyalar bo‘yicha agentlik, Biznes-fond, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 1998-yil 21-apreldagi 166-son qarorida:
“O‘ztadbirkorbank” Boshqaruvi raisi lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisining o‘rinbosari hisoblanadi, “O‘ztadbirkorbank” viloyat bo‘limlarining boshliqlari esa — Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar hududiy palatasi boshqaruvi raisining o‘rinbosarlari hisoblanadilar”;
“Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga ko‘maklashish markazi blokidan “va o‘rta” so‘zlari chiqarib tashlansin;
e) 2a-ilovadagi “Rais o‘rinbosari, Biznes-fond raisi” va “Biznes-fond” bloklari chiqarib tashlansin, Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ularning monitoringi boshqarmasi hamda Biznes-rejalarni, texnik-iqtisodiy asoslashlarni ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi Palata raisining birinchi o‘rinbosariga bo‘ysundirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 1998-yil 27-maydagi 232-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 20-modda):
“7. Belgilab qo‘yilsinki, fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan xorijiy kredit liniyasi bo‘yicha garovni sug‘urtalash yuzasidan sug‘urta mukofotining 50 foizi sug‘urta kompaniyalariga Fermer va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan to‘lanishi kerak.
Budjetdan tashqari jamg‘armalar har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga xorijiy kredit liniyalari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq mablag‘larning harakati to‘g‘risida hisobot taqdim etadilar”;
Keyingi tahrirga qarang.
“Kichik biznesni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalari” ustunining uchinchi pozitsiyasidagi “Biznes-fond” so‘zlari chiqarib tashlansin;
6. Vazirlar Mahkamasining “Kichik korxonalar, dehqon va fermer xo‘jaliklarini mablag‘ bilan ta’minlash, moddiy-texnik ta’minlash, ularga bojxona imtiyozlari berish, bank xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 10-sentabrdagi 366-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 9-son, 52-modda):
birinchi xatboshidagi “Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “Biznes-fond”ning davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar hisobiga shakllantiriladigan kredit resurslarining kamida 50 foizi, shuningdek” hamda “mikrofirmalar va kichik korxonalar” so‘zlari chiqarib tashlansin;
7. Vazirlar Mahkamasining 2003—2007-yillar davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi barqaror rivojlantirilishini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 1-avgustdagi 276-son qarorining 5-bandidagi “Biznes-fond”ga” so‘zlari “O‘ztadbirkorbank”ka so‘zi bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining kadrlar potensialini mustahkamlash va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 24-iyuldagi 325-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 67-modda):
Keyingi tahrirga qarang.
a) muqaddimaning ikkinchi xatboshidan va 3-bandning yettinchi xatboshidan “va o‘rta” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovaning “Kichik va o‘rta biznesni, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi” blokidagi “o‘rta biznesni” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 3 va 4-ilovalarning “Kichik va o‘rta biznesni, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘limi” bloklaridagi “o‘rta biznesni” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining “Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2003-yil 24-dekabrdagi 563-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 12-son, 131-modda):
“4. “O‘ztadbirkorbank” Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 9-iyuldagi 240-son qarori talablariga muvofiq mahalliy xomashyodan eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida tadbirkorlarga lizing asosida zamonaviy chet el texnologiya liniyalari va asbob-uskunalari yetkazib berish yo‘li bilan xususiy tadbirkorlik va kichik biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun “Raanani-Xolding” kompaniyasi bilan 50 mln. AQSh dollari summasidagi qo‘shma dasturning amalga oshirilishini ta’minlasin”;
Keyingi tahrirga qarang.