16.10.2000 yildagi 400-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2020
 LexUZ sharhi
Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 13-maydagi 204-son qarori bajarilishini ta’minlash, mazmunan yangi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini zamon talablari asosidagi davlat ta’lim standartlariga muvofiq tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2.6.1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fanning nomi O‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalar
1.1. Ona tili va adabiyoti Ona tili:




















ona tilining ijtimoiy-madaniy hayotdagi mavqeyini, o‘zbek adabiy tilining tarixiy taraqqiyotini bilish;
o‘zbek adabiy tilining talaffuz me’yorlari, asosiy imlo qoidalarini bilish va nutqiy faoliyatda qo‘llash;
ona tilidan egallangan nazariy bilimlarni mustahkamlash va boyitish;
ona tilining lisoniy boyligi va xususiyatiga oid bilimlarni chuqur o‘zlashtirish, o‘zbek adabiy tilida so‘zlash va yozish malakalarini egallash;
ona tili ifoda vositalarining imkoniyatlarini bilish va amalda ulardan to‘g‘ri foydalanish;
nutq uslublarining xususiyatlarini farqlash va nutqiy vaziyat talabiga ko‘ra til vositalarini o‘rinli qo‘llay olish;
so‘z tarkibi, ma’nosi, yasalishi va morfologik qurilishini tahlil qilish ko‘nikmasi hamda malakasiga ega bo‘lish;
mustaqil fikrlash asosida turli tuzilish va mazmundagi gaplarni tuza olish va ularni sintaktik tahlil qilish;
ona tilida o‘z fikrlarini lo‘nda va ravon ifodalay bilish, nutq mavzusining mazmuni va maqsadini asosli dalillar bilan bayon eta olish;
turli nutq mavzularida mustaqil ravishda matn yarata olish, matnni kengaytirish, qisqartirish va ijodiy o‘zgartirish yo‘llarini bilish;
yozma ishlar va ish qog‘ozlarini yozishda ona tilining imlo va punktuatsion me’yorlariga amal qilish.
Adabiyot:
milliy va umumbashariy qadriyatlarni ulug‘lashda badiiy adabiyotning ijtimoiy vazifasini anglash;
o‘zbek adabiy-badiiy merosining jahon adabiyoti taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini bilish;
badiiy asarni g‘oyaviy-badiiy jihatdan baholay bilish, yozuvchining hayotga munosabatini, uni ifodalashda tilning badiiy tasviriy vositalaridan foydalanish mahoratini farqlay olish;
o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarini ifodali o‘qish, sharhlash, janr xususiyatlarini bilish;
XX asr o‘zbek adabiyotining shakllanishi va rivojlanish tamoyillarini bilish;
o‘rganilayotgan asarning badiiy-estetik ahamiyatini tushunish va tahlil qila olish;
asar qahramonlari haqida mustaqil va ijodiy fikrlay olish, ularga tavsif bera bilish, badiiy asarning mohiyati va badiiyatini yorituvchi referat, insho yoza olish;
asar qahramonlarini umuminsoniy va milliy qadriyatlar nuqtai nazaridan mustaqil baholay olish;
o‘zbek adabiyotining jahon adabiyotlari bilan o‘zaro aloqasini bilish.
1.2. Rus tili
va adabiyoti:
Rus adabiyoti:
















znat i razlichat xudojestvennie proizvedeniya i ix mesto v obщem razvitii mirovoy literaturi;
znat obщestvennuyu rol xudojestvennoy literaturi, eye znacheniye, svyaz s xarakternimi osobennostyami epoxi;
znat kriterii ideyno-xudojestvennoy otsenki literaturnix proizve�eniy, svoyeobraziye ispolzovaniya pisatelem raznoobraznix xudojestvenno-izobrazitelnix sredstv yazika;
znat osobennosti kompozitsii i sistemi obrazov izuchayemix proizvedeniy;
znat tematicheskoye, konkretno-istoricheskoye i obщechelovecheskoye znacheniye xarakterov glavnix deystvuyuщix lits proizvedeniy;
znat priznaki ponyatiy: xudojestvennogo obraza, literaturniy xarakter, tip, narodnost literaturi, literaturnie napravleniya;
znat vzaimodeystviye russkoy i uzbekskoy literatur, russkoy literaturi s drugimi vidami iskusstv, rod, janr, osnovnie sistemi stixoslojeniya.
Rus tili:
znat teoreticheskiye osnovi shkolnogo kursa russkogo yazika;
znat i aktivno vladet leksiko-grammaticheskim materialom, sootnesennim s osnovnimi temami;
razlichat i ispolzovat v rechi yazikovie sredstva, otrajayuщiye spetsifiku kajdogo funksionalnogo stilya, vladet razgovornim literaturnim yazikom;
umet ispolzovat virazitelnie sredstva russkogo yazika;
vladet umeniyami i navikami morfologicheskogo razbora chastey rechi i sintaksicheskogo razbora predlojeniy razlichnogo urovnya;
vladet vsemi urovnyami rechevoy deyatelnosti, otbirat naiboleye suщestvennie fakti i svedeniya dlya raskritiya temi i osnovnoy idei viskazivaniya;
stroit viskazivaniya v opredelennom stile;
umet pravilno sformulirovat svoyu misl, privodit neobxodimie dokazatelstva, delat vivodi, obobщeniya;
umet oformlyat pismennie raboti s soblyudeniyem orfograficheskix i punktuatsionnix norm.
2. Rus (o‘zbek)
tili
Rus tili:















imet kommunikativno-rechevie znaniya i naviki po osnovnim vidam rechevoy deyatelnosti (audirovaniye, govoreniye, chteniye, pismo) i naviki deyatelnosti s yazikovim materialom (fonetika, orfoepiya, leksika, grammatika, orfografiya, sintaksis);
vladet bazovimi kommunikativno-rechevimi znaniyami, umeniyami i navikami v sootvetstvii s osnovnimi sferami obщeniya (obixodno-bitovaya, uchebnaya, obщestvenno-politicheskaya, sotsialno-kulturnaya professionalno-oriyentirovannaya), tipovimi jiznennimi situatsiyami;
vladet dialogicheskoy i monologicheskoy formami obщeniya;
znat osobennosti ofitsialno-delovogo, nauchnogo, publitsisticheskogo i xudojestvennogo stiley rechi;
znat i vladet yazikovimi sredstvami virajeniya obobщennix tipov semantiki viskazivaniya, a takje formulami rechevogo obщeniya;
usvoit i umet pravilno ispolzovat dopolnitelniy (potensialniy) slovar, dovesti leksicheskiy bagaj do 1200 edinits.
O‘zbek tili Davlat tili:
turli nutqiy vaziyatlarda davlat tilida erkin muloqotga kirisha olish;
o‘z oilasi, o‘qishi, turar joyi, qiziqishlari to‘g‘risida mustaqil fikrlash asosida suhbatlasha olish;
nutqiy faoliyatga kirishish uchun zarur bo‘lgan fonetik, leksik, grammatik bilimlarni mustahkamlash va ulardan o‘rinli foydalanish;
O‘zbekiston, uning boyliklari, tabiati, milliy qadriyatlari to‘g‘risida savol-javob qila olish;
nutq mavzulariga oid matnlarni rus tilidan o‘zbek tiliga va o‘zbek tilidan rus tiliga erkin tarjima qilish;
o‘qilgan va tinglangan matn, ko‘rilgan rasm, tasvir asosida kichik hikoya tuzish va bayon yoza olish;
Davlat tilini �ukammal bilish va unda hujjat yuritish malakalariga ega bo‘lish;
O‘zbekiston tarixi, milliy adabiyot namunalaridan parchalarni o‘qish, mazmunini so‘zlab berish, yodlash;
kundalik turmush va o‘qish faoliyatida qo‘llanadigan ish qog‘ozlarini yoza olish;
3. Xorijiy tillar Lingvistik kompetensiya
a) nutqiy kompetensiya (V1 va V1+)
Tinglab tushunish:
(V1) ommabop tanish mavzulardagi aniq normativ nutqning asosiy ma’nolarini tushuna oladi;
kasb-hunarga oid mavzulardagi aniq normativ nutqning asosiy ma’nolarini tushuna oladi;
shaxsiy qiziqish yoki kasbga oid kundalik voqealar va dasturlar haqidagi teleradio yangiliklar sekin, ravon gapirilganda ularning asosiy mazmuni va g‘oyasini tushuna oladi;
batafsil yozilgan yo‘riqnomalar yoki ko‘rsatmalarni tushuna oladi va ularga amal qila oladi;
tanish mavzudagi muhokamaga kirisha oladi.
(V1+) o‘z mutaxassisligi doirasidagi yaxshi tuzilgan ma’ruza yoki suhbatni tushuna oladi;
o‘z qiziqishlari doirasidagi tele yoki radio dasturlar Internet manbalarni tinglab, asosiy ma’lumotlarni tushuna oladi;
shaxsiy, o‘qish yoki kasbga oid sohalardagi og‘zaki manbalarni tinglab, ham asosiy mazmuni, ham maxsus ma’lumotlarni anglay oladi;
til egasi bilan tanish va maxsus mavzuda muloqotga kirishganda uning aksariyat jihatlarini tushuna oladi.
Gapirish:
Dialog:
(V1) sayohat mobaynida yoki ish joyida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan aksariyat vaziyatlarda muloqot qila oladi;
tanish, shaxsiy qiziqishlariga oid yoki kundalik mavzularda suhbatga tayyorgarliksiz kirisha oladi;
ham omma�op, ham kasb-hunarga oid masalalar bo‘yicha ma’lumot oladi va beradi hamda fikr almasha oladi;
keng miqyosdagi his-tuyg‘ular va hissiyotlar, masalan g‘amginlik, baxtiyorlik, dilxiralik, mamnuniyat, hayratlanishni ifoda qila oladi va ularga javob qaytara oladi;
yetarli darajada tushunarli tarzda suhbat yoki muhokamada qatnasha oladi;
sayohat, xarid, bank va boshqa umumiy kundalik yoki mehnat faoliyatiga oid vaziyatlardagi yumushlarni samarali uddalay oladi;
batafsil yo‘riqlar yoki ko‘rsatmalar oladi va ularga amal qila oladi;
rasmiy intervyuda, masalan ishga joylashish yoki stependiya olish uchun bo‘ladigan intervyuda oldindan kutsa bo‘ladigan savollarga javob bera oladi;
yuzma-yuz muloqotda yoki telefon orqali uchrashuv yoki tadbir vaqti va joyini rejalashtira oladi;
kasb-hunarga oid vaziyatlarda savol-javob qila oladi.
(V1+) Tanish kundalik va boshqa umumiy mavzularda ma’lum darajada o‘zida ishonch bilan ma’lumot almashina oladi, ma’lumotni tekshira oladi va tasdiqlay oladi;
muammoni tushuntirib bera oladi va uni hal qilish yo‘llarini taklif qila oladi;
kutilmagan muloqot vaziyatlarida ishtirok eta oladi;
tayyorgarliksiz suhbat va muhokamalarni olib bora oladi;
tanish mavzularda debatlar va muhokamalarda ishtirok eta oladi;
muhokamalar jarayonida mavhum mavzular va masalalarda o‘z fikrini ifoda qila oladi;
muhokama yoki suhbat mobaynida o‘zgalar fikrini sharhlay oladi;
batafsil ko‘rsatmalarga oid savollarga javob bera oladi;
savollar berib, tegishli sharhlar keltirib, intervyu olib bora oladi;
intervyu yoki maslahat berish mobaynida kerakli ma’lumotlarni bera oladi.
Monolog:
(V1) ixtisoslikka oid yoki boshqa tanish mavzularda qisqa, fikrlarni mantiqiy bog‘langan holda taqdimot qila oladi;
tanish vaziyatlar va mavzularni sodda tasvirlay oladi va ular haqida bevosita axborot bera oladi;
voqea-hodisalar va tadbirlar tafsilotlarini bog‘lay oladi;
orzu-umidlar, xohish-istak va rejalarni tasvirlay oladi;
ommaga e’lon yoki taqdim qilish jarayonida rejalar yoki chora-tadbirlarni tasvirlay oladi;
sodda iboralar yordamida masala yoki dalil va sabablarini keltira oladi.
(V1+) Ommabop yoki ixtisoslikka oid mavzuda yaxshi tuzilgan taqdimot qila oladi;
qisqa hikoya, maqola yoki muhokamaning mazmunini qisqacha bayon qila oladi;
o‘z qarashlarini tushunarli va aniq ifodalay oladi.
O‘qish:
(V1) ixtisoslik sohalarida faktlarga asoslangan murakkab bo‘lmagan matnlarni to‘liq tushuna oladi;
kundalik va asosiy kasb-hunarga oid hujjatlardagi, masalan xabarlar, qisqa rasmiy hujjatlardagi tegishli ma’lumotlarni topa oladi va tushuna oladi;
gazeta va Internet matnlari va manbalarning tegishli fikrlarini tushuna oladi;
asbob-uskunalar va qurilmalarni ishlatish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha yozma yo‘riqnomalarni tushuna oladi va ularga amal qila oladi;
ommaviy matnlarning muhokama qilishni nazarda tutgan holda asosiy fikrlarini tushuna oladi.
(V1+) Kattaroq matnlarni o‘qiy oladi, matnning turli qismlaridan tegishli ma’lumot yig‘a oladi;
munozarali matnning xulosalarini aniqlay oladi;
matn mazmunining asosiy g‘oyasini ajrata oladi;
maxsus ma’lumot olish uchun nisbatan katta hajmdagi matnlarni o‘qiy oladi;
maxsus ma’lumot olish, to‘liq tushunish uchun qisqa gazeta maqolalarini va internet matnlari va boshqalarni o‘qiy oladi.
Yozish:
(V1) shaxsiy va kasb-hunarga oid kontekstlarda qaydlar va xabarlar yozib, ularning shoshilinchligi, muhimligi yoki zarurligini ifodalay oladi;
normativ formatga asoslangan qisqa kasb-hunarga oid hisobotlar yoza oladi;
o‘z tajribasiga asoslangan mehnat amaliyotini o‘tagan holda oddiy hisobotlar yoza oladi;
ish joyi bilan bog‘liq masalalar va vujudga keladigan vaziyatlar bo‘yicha oddiy hisobotlar yoza oladi;
rezyume va tavsiya xatlarini yoza oladi.
(V1+) Ma’ruza paytida o‘zi foydalanishi uchun yetarli darajada aniq bo‘lgan qaydlar qila oladi;
o‘z qiziqishlariga taalluqli mavzuda qisqa, sodda esse yoza oladi;
rasmiy xat, ish yuritish qog‘ozlarini (ariza, rozilik xatlari, rezyume) yoza oladi;
tajriba, faoliyat va tadbirlar haqida talabga javob bera oladigan hisobotlarni yoza oladi;
loyiha ishi haqida qisqacha hisobot yoza oladi;
hikoya yoza oladi.
b) Til kompetensiyasi (V1 va V1+)
Fonetik kompetensiya:
(V1) taqdimotlar va muhokamalarda ta’kidlash maqsadida urg‘u va intonatsiyadan to‘g‘ri foydalana oladi.
(V1+) Darak, so‘roq, bo‘lishsiz, buyruq gaplarda ritm va intonatsiyadan foydalana oladi;
gapni ma’no bo‘laklariga ajrata oladi;
taqdimotlar va muhokamalarda ta’kid maqsadida urg‘u va intonatsiyadan foydalana oladi;
chet tilining asosiy variantlarini ajrata oladi.
Leksik kompetensiya:
(V1) Kasb-hunarga oid lug‘at boyligidan faol foydalana oladi;
o‘z sohalarida keng tarqalgan xalqaro va turdosh so‘zlarni taniy oladi va ishlata oladi
o‘z ixtisosligi doirasi va undan tashqarida so‘z tuzilishi elementlarini (qo‘shma so‘zlar, prefikslar, suffikslar, so‘z o‘zagi) taniy oladi va tushuna oladi.
(V1+) o‘z mutaxassisli���iga oid leksikani ajrata oladi va qo‘llay oladi;
o‘z ixtisosligi doirasi va boshqa sohalarda so‘z tuzilishi unsurlarini (qo‘shma so‘zlar, prefikslar, suffikslar, so‘z o‘zagi) taniy oladi va tushuna oladi.
Grammatik kompetensiya:
(V1) kommunikativ maqsadlarda zarur bo‘ladigan chet tili grammatikasining barcha asosiy elementlarini taniy oladi va ulardan to‘g‘ri foydalana oladi.
(V1+) Kommunikativ maqsadlarda kerak bo‘ladigan chet tili grammatikasining barcha asosiy elementlarini ajrata oladi va ulardan to‘g‘ri foydalana oladi.
4. TarixJahon tarixi (1914—2000-yy.):















































XX asr tarixini davrlashtirish, qismlarga ajratish va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni bilish;
birinchi jahon urushi va davlat to‘ntarishlari haqida bilimlarga ega bo‘lish;
ikkinchi jahon urushi haqida bilimga ega bo‘lish, uning mohiyatini anglash;
1918—1939-yillardagi G‘arb va Sharqning asosiy davlatlari taraqqiyotini bilish;
1945—2000-yillardagi dunyo tarixini bilish va oldingi davr bilan solishtirib, o‘zgarishlar haqida xulosalar chiqarish;
ikki siyosiy sistema o‘rtasida kechgan kurash, “sovuq urush”ning mohiyatini anglash;
mustabid, totalitar tuzum halokatining qonuniyatli ekanligi haqida tushunchaga ega bo‘lish;
demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining shakllanish qonuniyatlari va turli mafkuralar kurashini bilish;
jahon tarixida O‘zbekistonning o‘ziga xos, o‘ziga mos o‘rni haqida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lish;
G‘arb va Sharqdagi ozodlik harakatlari haqida bilimlarga ega bo‘lish va ulardan tegishli xulosalar chiqarish;
mamlakatlar tarixini davrlarga bo‘lib o‘rganishni bilish hamda ularni taqqoslash;
g‘arb mamlakatlari tarixining o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntirib bera olish;
tarix faniga tegishli har qanday xarita, ko‘rgazmali qurollar, kinofilm va diafilmlar mazmunini tahlil qila olish;
mavzularni mustaqil o‘rganish va ularni yozib olish malakasiga ega bo‘lish;
ilmiy-ommabop adabiyotlarni mustaqil o‘qish va xulosalar chiqara olish;
ijtimoiy voqealarning rivojlanish jarayonlarini tahlil qila olish va erkin fikr yuritish;
turli ilmiy-ommabop maqolalarga, o‘z qarashlarini yozma ravishda erkin bayon qilish;
rivojlangan mamlakatlar taraqqiyotini o‘rganib, ularning tajribasini mahalliy sharoitga taqqoslay olish;
Sharq davlatlari tarixini davrlashtirish, voqealarni bir-biriga bog‘lab tushuntira olish;
turli xil hodisalarning o‘zaro bog‘liqligini va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntira olish;
mavzuni o‘rganishda turli xil qo‘shimcha arxiv materiallaridan foydalanishni bilish;
xaritalarni, sxemalarni sharhlash, mavzular bo‘yicha referatlar tayyorlashni bilish;
mavzular bo‘yicha munozaralar o‘tkazish malakasiga ega bo‘lish;
mavzularni o‘rganishda, muammoli masalalarni hal qilishda to‘g‘ri yo‘nalishlar topa olish;
voqea va hodisalarni bayon qilishda dialektik bog‘liqlikni va tarixiy jarayonning bir butunligini ajrata olish;
insoniyat oldidagi umumbashariy muammolar haqida bilimlarga ega bo‘lish.
O‘zbekiston tarixi (1917—2000-yy.):
Turkistonda sho‘rolar istibdodining o‘rnatilishi, Turkiston muxtoriyati haqida bilimlarga ega bo‘lish;
istiqlolchilik, milliy ozodlik harakatlari, ularning namoyandalari haqidagi bilimlarga ega bo‘lish;
sho‘ro hokimiyatining 20—30-yillarda O‘zbekistonda yuritgan siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy siyosatini qiyosiy tahlil qila olish va uning mustamlakachilik mohiyatini anglash;
sho‘ro hokimiyatining O‘zbekistonda yuritgan siyosiy qatag‘onlik siyosati va uning oqibatlarini bilish;
O‘zbekistonning ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki, xalqimizning fashizmga qarshi janglarda va mehnat sohasidagi jasorati haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
O‘zbekiston xalqlarining sho‘rolar mustamlakachiligi davridagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli haqida bilimlarga ega bo‘lish;
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi uchun kurash, mustaqillik Deklaratsiyasi va uning mohiyati haqidagi bilimlarni egallash;
O‘zbekiston davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi va uning tarixiy ahamiyatini bilish;
O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini bilish;
O‘zbekistonning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, Prezidenti, tashqi aloqalariga doir ma’lumotlarni to‘la egallash;
tarixiy voqea va hodisalarni milliy g‘oya, milliy istiqlol mafkurasi mezonlarida tahlil eta olish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot, siyosat, mafkuraga oid asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar asosida mushohada yurita olish;
bozor iqtisodiyotining umumiy qonuniyatlarini, bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishining umumiy xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish;
dunyo xalqlari oldida turgan jahonshumul muammolar, ularni bartaraf etish vazifalari, O‘zbekiston Respublikasining bu muammolarni hal etish yo‘lida amalga oshirayotgan ishlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
hozirgi davrda O‘zbekistonning madaniy-ma’naviy taraqqiyoti haqida bilimlarga ega bo‘lish;
O‘zbekistonda demokratik davlat qurish, demokratik va fuqarolik jamiyatini barpo etish, ma’naviy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish tamoyillarini bilish;
xaritalar ustida ishlash, tarixiy voqealar yuzasidan mustaqil mulohaza yuritish, munozara va bahslarda fikr bildira olish;
darslik, qo‘llanma, tarixiy hujjat, matn ustida hamda ko‘rgazmali qurollar bilan mustaqil ishlay olish;
o‘z maktabi, ko‘chasi, qishlog‘i, tumani, shahrining o‘tmishi, bugungi hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish;
egallagan bilimlarini erkin bayon etish, o‘z kursdoshlarining fikrlariga munosabat bildira olish;
tarixiy bilim, ko‘nikma va egallangan malakalardan o‘z hayotida va jamiyat muammolarini hal qilishda foydalana olish.
5. MatematikaAlgebra va analiz asoslari:
























to‘plamlar haqida dastlabki tushunchalarga ega bo‘lish;
to‘plamlarning berilish usullarini, bo‘sh to‘plam, qism to‘plam, to‘plamlar birlashmasi, kesishmasi, ayirmasi, chekli, cheksiz to‘plamlarni bilish;
ixtiyoriy va mavjudlik kvantorlarini bilish va ularni matemati� fikrlarni yozishda qo‘llay olish;
chekli o‘nli, cheksiz o‘nli, davriy, davrsiz kasrlar, ratsional, irratsional, haqiqiy sonlar haqida bilimlarga ega bo‘lish;
asosiy sonli to‘plamlar (natural, butun, ratsional, irratsional, haqiqiy sonlar)ni bilish;
sonli kesmalar, ochiq, yopiq intervallar haqida tushunchalarga ega bo‘lish, haqiqiy sonlar ustida amallar bajarishni, haqiqiy sonning moduli, uning asosiy xossalarini bilish;
kompleks sonning ta’rifi, mavhum birlik, kompleks sonlarning tengligi, kompleks sonlar ustida amallar bajarishni, kompleks sonning geometrik ma’nosini, kompleks sondan kvadrat ildiz chiqarishni bilish;
butun ratsional ifodalarning kanonik ko‘rinishini, Bezu teoremasi, ko‘phadni ikki hadga bo‘lishni (Gorner sxemasi), ratsional algebraik ifodalarni aynan almashtirishni bir o‘zgaruvchili ratsional tenglama va tengsizliklarni echishni, tenglama va tengsizliklarni echishning asosiy usullarini bilish;
Al Xorazmiyning “Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida”gi kitobining qisqacha mazmunini bilish;
ikki o‘zgaruvchili tenglamaning geometrik ma’nosini bilish, tenglamalar sistemasiga oid misollarni echa olish;
matematik induksiya haqida tushunchaga ega bo‘lish, matematik induksiya usulidan foydalanib, ba’zi ayniyat va tengsizliklarni isbotlay olish;
funktsiyaga oid terminlardan to‘g‘ri foydalanish va tushunish, funksiyaning aniqlanish, o‘zgarish (o‘sish va kamayish) sohalarini topa olish;
funksiyaning berilish usullarini bilish, funksiyalar grafiklari haqida ma’lumotga ega bo‘lish, funksiyaning juft-toqligi, davriyligini, funksiyaning eng kichik musbat davrini aniqlash, funksiyaning nollarini topa olish, elementar funksiyalar, ularning asosiy xossalarini bilish, o‘zaro teskari funksiyalar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
logarifmik va ko‘rsatkichli funksiyalarning asosiy xossalarini bilish;
funksiyalar grafiklarini sxematik tasvirlay olish;
biri ikkinchisiga, u = x ga nisbatan simmetrik ekanligini tasvirda ko‘rsatish, funksiya grafiklarini almashtira olish malakalariga ega bo‘lish;
modul bilan bog‘liq bo‘lgan funksiyalarning grafiklarini tekislikda tasvirlay olish;
murakkab bo‘lmagan logarifmik, ko‘rsatkichli, darajali tenglama va tengsizliklarni echish usullarini bilish;
sonli ketma-ketliklar, ularning limiti haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish, ba’zi sodda ketma-ketliklar limitini hisoblashni, nuqtaning atrofini, funksiya limitini, bir tomonlama limitlar, cheksiz limitlar, funksiyaning uzluksizligi, uzluksiz funksiyaning asosiy xossalarini, elementar funksiyalar uzluksizligini bilish;
funksiya orttirmasi, hosilasi, hosilaning geometrik va mexanik ma’nosini bilish;
ba’zi funksiyalar hosilasi, hosilalarni hisoblash, ikkinchi tartibli hosila, funksiyaning o‘sish, kamayish oralig‘ini, funksiya ekstremumlari, kesmada funksiyaning eng katta va eng kichik qiymatlarini topish, funksiyani to‘la tekshirish, grafigini chizish, hosilaning ba’zi tatbiqlarini bilish;
asosiy trigonometrik funksiyalar va ularning asosiy xossalari, garmonik tebranish haqida tushunchaga ega bo‘lish, asosiy trigonometrik funksiyalar yig‘indisini va ayirmasini ko‘paytmaga aylantirishni, bu funksiyalar ko‘paytmasini yig‘indiga almashtirishni, trigonomet�ik tenglama va tengsizliklarni echishni, trigonometrik funksiyalar hosilasini bilish;
boshlang‘ich funksiya va uning xossalari, boshlang‘ich funksiyani topish qoidalarini bilish, aniqmas integral, egri chiziqli trapetsiya yuzini hisoblash, aniq integral, Nyuton-Leybnits formulasi, aniq integral yordamida geometrik figuralar yuzini, hajmini hisoblashni bilish;
birlashmalar, o‘rinlashtirish, o‘rin almashtirish va gruppalashlar sonini hisoblashni, Nyuton formulasiga oid misollarni echish, kombinatorik masalalarni echishni bilish;
tasodifiy, muqarrar va ro‘y berishi mumkin bo‘lmagan hodisalarni, hodisalar birlashmasi va kesishmasini topa olish, hodisalarning ehtimolliklarini hisoblashni bilish, chastota, poligon, gistogramma tushunchalarini bilish va ularga oid masalalarni echa olish.









Geometriya:
planimetriyaning boshlang‘ich tushunchalarini, kesmalarni taqqoslash, aylana yoyining gradus o‘lchovini aniqlash, burchaklarni o‘lchashni bilish;
siniq chiziq uzunligini hisoblash, uchburchakning asosiy elementlarini hisoblashga oid masalalarni echish, uchburchaklarning tenglik alomatlari va ularga oid masalalar echish, eng sodda geometrik yasashlarni bajara olish;
uchburchak, to‘rtburchak, doira yuzini hisoblashga oid masalalarni, Pifagor teoremasi va unga doir masalalarni, perpendikulyar va og‘maga oid masalalarni, sinuslar va kosinuslar teoremalariga doir masalalarni echishni bilish;
tekislik va to‘g‘ri chiziqning o‘zaro joylashuviga oid masalalar echishni bilish;
uch perpendikulyarlik haqidagi teoremani masalalar echishda qo‘llash, ko‘pyoqlarga oid masalalar, ko‘pyoq elementlarini, ko‘pyoqlarning yon va to‘la sirtlarini hisoblashni bilish;
aylanma jismlarning yon va to‘la sirtlariga, prizma, piramida va kesik piramidal�rning hajmlarini hisoblashga, aylanish jismlarining hajmlarini hisoblashga doir masalalarni echishni bilish;
almashtirishlarga ta’rif bera olish, parallel ko‘chirishning ta’rifini va uning xossalarini bilish, harakatning ta’rifini, nuqtaga, to‘g‘ri chiziqqa, tekislikka nisbatan simmetrik nuqtalarni bilish, o‘xshash almashtirishning ta’rifi va uning xossalari, almashtirishlar yordamida geometrik masalalar echishni bilish;
parallel proyeksiyalashning ta’rifi va uning xossalarini, prizma va piramidaning tekislikdagi tasvirini yasashni, aylanish jismlarining turlarini va ularni tekislikda tasvirlashni, ko‘pburchak ortogonal proyeksiyasining yuzi haqidagi teoremani bilish;
vektorning ta’rifi, moduli, qarama-qarshi vektorlar, nol vektor tushunchalarini, vektorlarni qo‘shish va songa ko‘paytirish amallarini, vektorning koordinatalari ta’rifini va komplanarlik shartini, bazis vektorlar tushunchasini, vektorning uchta bazis vektorlar bo‘yicha yoyilmasini, vektorlarning skalyar ko‘paytmasi va uning xossalarini bilish.
6. Informatikainformatsiya, o‘lchov birliklari, xususiyatlari, vatanimizda informatika fanining taraqqiyoti, algoritm tushunchasi, dastur, uning turlari, EHM umumiy tuzilishini bilish;






MS DOS operatsion tizimi, Norton Commander (NC) operatsion qobig‘i va Norton Utilities (NU) dasturlari haqida tushuncha, fayl tushunchasi, fayllarning turlari va nomlanishi, NSda fayllar ustida bajariladigan amallar, funksional tugmachalar va ulardan foydalanish, amaliy dasturlar va ularning asosiy turlarini bilish;
Windows nima, Windows dasturining afzalliklari va o‘ziga xos xususiyatlarini bilish;
kompyuter grafikasi tushunchasi, grafik muharrirlari va ularda tasvir hosil qilish, grafik muharrirlarning matnlar muharrirlaridan farqi va o‘xshashliklarini bilish;
matn muharrirlari, ularning turlari, matnlarni kiritish va x�tirada saqlash, xotiradan o‘qish, ularni tahrir qilish usullari, matnlarni shakllantirish, bosmaga chiqarish usullarini bilish;
elektron jadval tushunchasi, ularning turlari, elektron jadvallarni ishga tushirish va ulardan chiqish tartibi, elektron jadval yacheykalari ustida amallar bajarish qoidalarini bilish;
ma’lumotlar bazasi, ularning turlari va hosil qilish usullari, ma’lumotlar bazasini ishga tushirish va undan foydalanish tartibi, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari haqida tushunchaga ega bo‘lish;
axborot jamiyati tushunchasi, mamlakatimizdagi axborotga oid qonunlar mazmuni, lokal va xalqaro tarmoqlarni bilish.
7. Fizikafizikaning rivojlanish tarixini, unga Sharqning buyuk allomalari q�shgan hissalarini, jamiyat rivojlanishida fizika va texnikaning ahamiyatini, O‘zbekistonda fizika va texnika sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar haqida umumiy ma’lumotlarni bilish;










fizik kattaliklarning Xalqaro birliklar sistemasi(SI)ni tushuntira olish;
mexanika: kinematika, dinamika, Nyuton va mexanikada saqlanish qonunlari, statika elementlari, suyuqliklar va gazlar mexanikasiga oid qonuniyatlarni bilish va misollar yordamida tushuntira olish;
molekulyar fizika va termodinamika asoslari: molekulyar-kinetik nazariya asoslari, gaz va termodinamika qonunlari, suyuqlik va gazlarning o‘zaro aylanishi, qattiq jismlar fizikasiga oid qonuniyatlarni bilish;
elektrodinamika: elektrostatika, o‘zgarmas tok, turli muhitlarda elektr toki, magnit maydon, moddalarning magnit xossalari, elektromagnit induksiya qonuniyatlarini bilish;
tebranish va to‘lqinlar. Optika. Atom va yadro fizikasi: mexanik va elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar, tovush, geometrik optika, nisbiylik nazariyasi elementlari, kvant, atom va elementar zarralar fizikalariga oid qonunlarini bilish hamda olamning fizik manzarasi to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish;
tabiat hodisalarini fizik qonuniyatlar asosida tushuntira olish malakasiga ega bo‘lish;
fizik formulalar yordamida masalalar echa olish;
fizik qonuniyatlarni amalda qo‘llay olish;
o‘lchov asboblaridan foydalana bilish, o‘lchash xatoligini baholay olish;
tajribalarni o‘tkaza olish, natijalarni jadval, grafik, diagramma ko‘rinishida tasvirlash va tahlil qila olish;
fizik asboblar bilan ishlashda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.
8. AstronomiyaO‘rta asr Sharq (jumladan O‘rta Osiyo) olimlarining astronomiya tarixida tutgan o‘rinlari, asosiy ilmiy meroslari haqida tasavvurga ega bo‘lish;









olamning astronomik manzarasi haqida ilmiy tasavvurga ega bo‘lish;
asosiy astronomik hodisalarni ilmiy asosda tahlil qila olish;
olamning moddiy birligini anglash;
osmon sferasining asosiy nuqta, chiziq va aylanalari, asosiy yulduz turkumlari haqida tasavvurga ega bo‘lish;
astronomik hodisalarning kechishi, tabiatning universal qonunlari (birinchi navbatda fizik qonunlari) asosida ro‘y berishini anglash;
osmon jismlari va bu tizimlarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi (kosmogoniya) haqida tasavvurga ega bo‘lish;
o‘quv-astronomik kuzatish asboblarining ishlash tamoyillarini bilish;
astronomiyada ishlatiladigan asosiy uzunlik o‘lchov birliklarini bilish;
o‘quv-astronomik kuzatish asboblarini ishlata olish malakasini egallash;
astronomiyadan masalalar echish malakasiga ega bo‘lish.
9. Shaxs va
jamiyat
shaxs va jamiyat tushunchasi va mohiyatini bilish;




















O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini mustahkamlashda vatanparvar, fidoyi va bilimdon shaxslarga ehtiyojning kuchayishi va uning mohiyatini bilish;
dunyoning paydo bo‘lishi, insonning dunyoga kelishi va jamiyatning qaror topishi to‘g‘risidagi turli konsepsiyalarning mazmunini anglay bilish;
jamiyat va shaxs to‘g‘risidagi qadimgi dunyodan hozirgi kungacha bo‘lgan qarashlar, shu jumladan, O‘rta Osiyo mutafakkirlarining meroslari haqida tushunchalarga ega bo‘lish;
sivilizatsiyalar, ularning mazmuni, turlari va o‘zaro aloqasini bilish;
jamiyatning tarkibiy tuzilishini bilish;
jamiyat iqtisodiy hayoti, O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos modeli va uning xususiyatlarini bilish;
yuksak rivojlangan sanoat va qudratli texnologiya ishlab chiqarishning asosi ekanligi, O‘zbekistonda mulkchilikning turli shakllari va xususiy mulkchilikka alohida e’tibor haqida tushunchalarga ega bo‘lish;
ijtimoiy guruhlar va ularning tasnifini bilish;
insoniy munosabatlarning rang-barangligini tushunish, ularning ijobiy va salbiy oqibatlarini oldindan ko‘ra bilish;
o‘zaro tushunmovchiliklar va mojarolarning oldini olish usullarini bilish;
jamiyatning siyosiy va huquqiy tizimini, shu jumladan, O‘zbekistonda huquqiy demokratik jamiyat qurilishining asosiy yo‘nalishlarini bilish;
boshqaruvning huquqiy davlatchilik va o‘zini o‘zi boshqaruv shakllari haqidagi tushunchalarga ega bo‘lish;
ma’naviyat jamiyat va shaxs hayotining muhim jihati ekanligini anglay bilish;
qadriyatlar tizimini, ularning jamiyat va shaxs hayotidagi o‘rnini bilish;
mafkura, milliy istiqlol mafkurasi haqida mustahkam tushunchaga ega bo‘lish;
xalqaro munosabatlar haqida bilimlarga ega bo‘lish;
O‘zbekistonning xalqaro munosabatlar tizimidagi o‘rni, O‘zbekiston jahon hamjamiyatining bir bo‘lagi ekanligi, xalqaro huquq va shartnomalar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
Xalqaro insonparvarlik huquqining vujudga kelishi, mazmuni, tarkibiy qismlari va taraqqiyotini bilish;
Xalqaro tashkilot va harakatlar, shu jumladan, “Xalqaro Qizil Xoch” va “Qizil Yarim oy” harakati, BMT, ularning insonparvarlik tamoyillari va vazifalarini bilish;
hozirgi zamonning umumbashariy muammolarini bilish, ularning asosiy belgilari, turlari va hal qilish yo‘llari haqida tushunchalarga ega bo‘lish;
insonparvarlikka asoslangan jahon sivilizatsiyasining qaror topishi haqidagi asosiy bilimlarga ega bo‘lish.
10. Kimyokimyoning asosiy qonunlarini, atom molekulyar ta’limot mohiyatini bilish;























nisbiy atom va molekulyar massa tushunchalarini bilgan holda kimyoviy belgilar va formulalar yordamida tenglamalar tuza olishni bilish;
massaning saqlanish qonunini, gaz qonunlarini va Mendeleyev davriy qonunini bilish;
atom tuzilishining yadro modeli, kimyoviy bog‘lanish turlari, tuzilish formulalari va valentlikni bilish;
kimyoviy reaksiyalarning tezligi, tezlikka ta’sir etuvchi omillar, aktivlanish energiyasi, qaytar va qaytmas jarayonlar, kataliz, kimyoviy muvozanat, Le-Shatelye tamoyili tushunchalarini bilish;
eritmalar, erish jarayonining mohiyati, dissotsiatsiya, eritma konsentratsiyalarining turlari, suvli eritmalarda vodorod ko‘rsatkichi va uning ahamiyati, suvning ion ko‘paytmasini bilish;
anorganik moddalarning eng muhim sinflari va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar haqidagi ma’lumotlarni bilish;
oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, ularning tenglamalarini tuzishni bilish, elektroliz, elektrolizning amaliy ahamiyati, qo‘llanishini bilish;
metallmaslar, azot va kislorod gruppachasi elementlarini, galogenlar, inert gazlar va ularning umumiy xossalarini bilish;
metallar, ularning umumiy xossalari, bosh va yon guruhchalardagi ayrim metallarning birikmalari, lantanoidlar va aktinoidlar haqidagi muhim ma’lumotlar, metallar korroziyasi, suvning qattiqligi, cho‘yan, po‘lat, shisha va sement olish jarayonlari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish;
kimyoviy texnologiyada reaksiya muvozanati va unga ta’sir etuvchi omillarni bilish;
organik moddalar kimyoviy tuzilishi nazariyasining mohiyati, moddalar xossalarining tuzilishiga bog‘liqligini aniq misollar yordamida ko‘rsatib bera olish;
kimyoviy izomeriya turlari, organik moddalarning asosiy sinflari haqidagi ma’lumotlar, organik moddalar nomenklaturasi, organik reaksiyalarning turlarini bilish;
to‘yingan uglevodorodlar, ularning umumiy xossalari, metan va uning gomologlari, yopiq halqalar, uglevodorodlar, to‘yinmagan uglevodorodlar, ularning vakillari, eti�en olinishi va ishlatilishi, etilenning polimerlanish reaksiyasiga kirishishi, polietelen olish jarayoni, atsetilen, uning xossalari, olinishi, ishlatilishini bilish;
diyen uglevodorodlar, ularning kimyoviy xossalari, tabiiy va sintetik kauchuklar olinishi. Aromatik uglevodorodlar, benzol, ularning xossalari, gomologlar. Neft va neftdan mahsulotlar olish kimyoviy jarayoni. Tabiiy gazlar, ularni qayta ishlash kimyoviy jarayonlari mahsulotlari va ulardan foydalanishni bilish;
kislorodli organik birikmalar, to‘yingan spirtlar, ularning tuzilishi, izomeriyasi, xossalari. Metanol, etanol, ularning olinishi va ishlatilishi, glitserin xossalarini bilish;
fenollar, ularning tuzilishi va kimyoviy xossalarini bilish;
aldegidlar, formaldegid, ularning olinishi, xossalari, atsefaldegid, polikondensatlash reaksiyalarini bilish;
ketonlar, organik kislotalar, ularning eng muhim vakillari, xossalari, olinishi va ishlatilishini bilish;
efirlar, murakkab efirlar, eterifikatsiya va sovunlanish reaksiyalarini bilish;
yog‘lar, sovunlar, sintetik yuvish vositalari va ularning olinishiga xos jarayonlarini bilish;
uglevodorodlar, ularning xossalari, mono va disaxaridlar, polisaxaridlar va ularning xossalarini bilish;
azotli organik birikmalarning vakillari va ularning xossalarini bilish;
aminokislotalar, ularning tuzilishi, umumiy xossalarini bilish;
tabiiy va sun’iy kauchuklar, kimyoviy tolalar to‘g‘risida umumiy tushunchalarga ega bo‘lish.
11. BiologiyaMarkaziy Osiyo tabiyotshunoslarining tabiat va uning paydo bo‘lishi hamda rivojlanishi to‘g‘risidagi fikrlarini bilish;


















organik olam evolyutsiyasi, hayotning biologik evolyutsiyasi, odam faoliyatining organik olam rivojlanishiga ko‘rsatgan ijobiy va salbiy ta’siri to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘lish;
organizmlardagi irsiy o‘zgaruvchanlik, sun’iy tanlash, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish, o‘simlik va hayvonlarning muhitga moslashuvi va uning shart-sharoitlarini bilish;
tur mezonlari, tur populatsiyasi ta’rifi, turlarning tabiatda paydo bo‘lish yo‘llarini bilish;
mikro va makroevolyutsiya to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish;
evolyutsiyaning boshlang‘ich materiali, birligi va omillarini bilish;
evolyutsiyaning solishtirma anatomiya, paleontologiya, embriologiya, biogeografiya, biokimyoviy dalillarni bilish;
biologik progress, uning shakllari (aromorfoz, idioadaptatsiya, umumiy degeneratsiya) ni bilish;
odam va yuksak hayvonlar gavda tuzilishidagi o‘xshashlik va farqlarni bilish;
odam paleontologik ajdodlarining antropogenezini harakatlantiruvchi omillarni bilish;
ekologiya, asosiy ekologik tushunchalar, abiotik va biotik omillar, fotoperiodizm hodisasi, bioritmlarni bilish;
populatsiya va turning ekologik ta’rifini bilish;
biogeotsenozlar, agrotsenozlar, biosfera, sayyoramizda biomassaning tarqalishi va uning sabablarini bilish;
biosfera evolyutsiyasining asosiy bosqichlarini bilish;
gen va hujayra injeneriyasi haqida tushunchaga ega bo‘lish va uning asosiy obyektlari, tadqiqot uslublarini bilish;
transformatsiya, transduksiya hodisalari va ularning ahamiyatini tushunish;
ko‘chib yuruvchi genetik elementlar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish;
genetik injeneriya uslublari yordamida organizmlar irsiyatini o‘zgartirish mumkinligini bilish;
biotexnologiya va uning yordamida olinadigan dorilar, oziq-ovqat mahsulotlari haqida tushunchaga ega bo‘lish;
biologik bilimlardan qishloq xo‘jaligi, o‘rmonchilik, baliqchilik, sanoatning turli sohalarida, shuningdek, tibbiyotda, tabiatni muhofaza qilish ishlarida foydalanish mumkinligiga ishonch hosil qilish va unda faol qatnashish kerakligini tushunish.
12. Iqtisodiy
geografiya
iqtisodiy geografiyaning ilmiy-amaliy ahamiyatini bilish;






iqtisodiy geografiyaning tarmoqlari va iqtisodiy-ijtimoiy geografiyaga aylanish jarayonlarini bilish;
geografik, ratsional, hududiy va akvatorial mehnat taqsimoti tushunchalarini bilish;
ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish shakllarini, ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishning asosiy omillarini bilish;
tabiiy resurslardan foydalanishni va ekologiya muammolarini, iqtisodiy hududlarga ajratish, uning nazariy va amaliy ahamiyatini bilish;
aholining o‘sishi va rivojlanishini, demografik muammolarni bilish;
urbanizatsiya jarayonini va uning asosiy muammolarini, siyosiy-geografik tushunchalarni bilish;
jahon mamlakatlari, ular o‘rtasidagi xalqaro munosabatlarning asosiy yo‘nalishlarini bilish.
13. Yoshlarni
chaqiriqqa
tayyorlash
jismoniy barkamollik, chidamlilik, chaqqonlik, tez harakat qilish sifatlarini muntazam o‘zlashtirib borish;


















mardlik, haqqoniylik, g‘alabaga intilish, yuqori intizomlilik va boshqa sifatlarga ega bo‘lish;
to‘siqlardan o‘tish, qurollardan otish va qo‘l jangi usullarini bilish;
tanani chiniqtirish, sog‘lomlashtirish va tashqi muhit qarshiliklariga chidamlilikni oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
biron bir xavf tug‘ilganda aholini ogohlantirish tartibi, favqulodda vaziyatlar sharoitida o‘zini tutish qoidalari va himoyalanish usullarini bilish;
avtomat, parchalanuvchi qo‘l va tankka qarshi granatalarning jangovar xususiyatlari, tuzilishi, ishlash tamoyillarini bilish;
qo‘zg‘almas va paydo bo‘luvchi nishonlarga otish qoidalarini bilish;
avtomatni otishga tayyorlash, undan nishonlarga otish usullarini bilish;
kichik kalibrli va pnevmatik miltiqlardan o‘q otishni bilish;
granatalarni har xil holatda uzoqlikka aniq uloqtirish texnikasini bilish (700 grammlik granatani eng kamida 30 metrga uloqtirish);
xlq xo‘jaligida qo‘llaniladigan kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar, radioaktiv va zaharlovchi moddalar, vositalarning shikastlovchi ta’sirini bilish;
shaxsiy va ommaviy himoya vositalaridan foydalana bilish;
umumqo‘shin jangi asoslari, askarning jangdagi burchlari, o‘t ochish va manyovr turlari va razvedka o‘tkazish asoslarini bilish;
chet el armiyalarining asosiy tanklari, zirhli mashinalari, jangovar samolyotlari va vertolyotlarining tavsifnomalarini bilish;
askarning jangdagi harakat usullari va amallarini to‘g‘ri, tez, aniq bajara olish;
O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunining, harbiy xizmatdan bosh tortish va harbiy jinoyatlar uchun nazarda tutilgan ma’muriy va jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi asosiy moddalarini bilish;
harbiy xizmatchi majburiyatlarining mohiyatini tushuntira olish, kattalarga murojaat qilishni, buyruq olganda harakat qilishni, rota bo‘yicha posbon vazifasini bajarishni va safda komandalarni (buyruqlarni) bajarishni bilish;
harbiy intizom asoslarini va uning Qurolli kuchlar uchun ahamiyatini, harbiy Nizomning asosiy talablarini, harbiy xushmuomalalik qoidalarini, o‘zini tutish va harbiycha salomlashishni, askarning safga turishdan oldingi, safdagi majburiyatlarini bilish;
fuqarolik himoyasi, tibbiy xizmatni tashkil etish asoslari va uning vazifalarini, zararlanish o‘chog‘ida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va tibbiy muolajalarni bajarish qoidalarini bilish;
tibbiy muassasalarda ishlayotgan kichik tibbiy xodimlarning vazifalarini amalda bajara olish.
14. Jismoniy
tarbiya
asosiy turkum harakatlar ko‘nikmalariga ega bo‘lish;












turnikka tortilish (o‘smirlar uchun 11 ta) qo‘llarni gimnastik o‘tirg‘ichga qo‘ygan holda bukish va yozish (qizlar uchun 10 ta), va boshqa gimnastika mashqlarini bajara olish;
saflanish, yugurish, uzunlikka (o‘smirlar uchun 4,2 m qizlar uchun 3,4 m), balandlikka (o‘smirlar uchun 1,25 m qizlar uchun 1,1 m) sakrash, muvozanat saqlash, osilish va tayanish mashqlarini bajarish malakalariga ega bo‘lish;
harakatli o‘yinlar va sport o‘yinlaridan biror turini bilish;
milliy kurash qoidalarini bilish;
100 m masofaga (o‘smirlar uchun 14,5 sekund, qizlar uchun 17,1 sekund) yugurish, 60 m (o‘smirlar uchun 8,6 sekund, qizlar uchun 10,3 sekund) 100 m (o‘smirlar uchun 14,8 sekund, qizlar uchun 17,3 sekund) masofaga bosqich bilan estafetali yugurish;
3-2 km masofaga notekis joylar bo‘ylab bir me’yord� sekin yugurish mashqlarini bajara olish;
50 metrga suzish (o‘smirlar uchun 1,2 min., qizlar uchun 1,3 min.)
gimnastikaga oid umumrivojlantiruvchi mashqlar va sodda akrobatika mashqlarini bajara olish;
jismoniy tarbiya bo‘yicha mustaqil mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun zaruriy bilimga ega bo‘lish;
sport va boshqa mashg‘ulotlar jarayonida jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsata olish;
jismoniy tarbiya vositalaridan mustaqil foydalana olishni bilish;
kun tartibini to‘g‘ri tashkil eta olish, o‘zini o‘zi nazorat qilishda obyektiv va subyektiv ma’lumotlardan foydalanishni bilish;
tanlab olingan mutaxassislikka bog‘liq holda ishlab chiqarish gimnastikasi vositasida charchashning oldini olishni bilish.
15. Davlat va
huquq
asoslari
davlat va huquqqa oid asosiy tushuncha, qonuniyat va g‘oyalarni bilish;




















davlat shakllari haqida bilimlarga ega bo‘lish;
huquq va axloqning o‘zaro bog‘liqligi va tafovutlarini bilish;
huquq me’yorlarini bilish, hamda hayotda o‘zlarining xatti-harakatlarini ana shu me’yorlarga monand ravishda boshqara olish malakasiga ega bo‘lish;
huquqni qo‘llash, huquqni muhofaza qiluvchi funksiyalarini bilish hamda o‘z huquqlaridan foydalanish malakasiga ega bo‘lish;
huquqiy davlatning tushunchasi, tamoyillarini, maqsad va afzalliklarini bilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlaridagi davlat va huquqqa oid g‘oyalarni bilish va ular asosida mushohada yurita olish malakasiga ega bo‘lish;
o‘zbek milliy davlatchiligi va uning tarixiy taraqqiyoti haqida bilimlarga ega bo‘lish;
Konstitutsiyaviy huquq mazmunini, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi, uning tuzilishi va mazmunini tavsiflay olish;
inson va fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari tizimlarini va ulardan foydalanish kafolatlarini bilish;
Konstitutsiya va qonunlarga qat’iy rioya qilish;
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishini va ularning huquqiy asoslarini bilish;
O‘zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati tizimi: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatiga bo‘linishini, ularning tuzilishi va vazifalarini bilish;
iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, ma’rifiy sohalarga oid qonunlarning asoslarini bilish va ulardan hayotda foydalana olish;
huquqbuzarlik va javobgarlik tushunchasi, turlarini va ularni qo‘llash tartiblarini bilish;
mehnat huquqi mazmuni, uning shaxsni tarbiyalashdagi o‘rni, mehnat huquqi manbalarini, mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish asoslarini, ishga qabul qilish tartibini, mehnatni huquqiy muhofaza qilish asoslarini, mehnat intizomi tushunchasini va uni mustahkamlash choralarini bilish;
oila huquqi mazmuni, nikohdan o‘tish shartlarini, ota-ona va farzandlarning mulkiy, shaxsiy huquq va burchlari, farzandlikka olish shartnomalari haqida tushunchaga ega bo‘lish;
vasiylik va homiylik haqidagi bilimlarga ega bo‘lish;
ekologiya huquqi mazmuni va tabiat qanday qonunlar asosida muhofaza qilinishini bilish;
erdan, suvdan, atmosfera havosidan qonunga muvofiq foydalanish, ekologik qonunlarni buzganliklari uchun javobgarlik turlarini bilish;
jinoyat huquqi mazmunini, jinoyat tushunchasini, jinoyatni keltirib chi�aruvchi omillarni, jinoyatda ishtirokchilikni, ularning turlarini, voyaga yetmaganlar jinoyatini, ularning javobgarligini, jinoyatning oldini olish yo‘llarini bilish;
jazo tushunchasi, jazo turlari, jazodan ozod qilish, jazoni yengillashtirish, og‘irlashtirish sabablarini, ayb va uning shakllarini, qasddan jinoyat qilish sabablarini, har xil turdagi jinoyatlar va ular uchun qo‘llaniladigan jazo choralarini bilish.
16. Ma’naviyat
asoslari
Ma’naviyat tushunchasini, uning tarkibiy qismlarini, inson hayotida ma’naviyatning o‘rni va ahamiyatini bilish;











“Ma’naviyat asoslari” fanining ijtimoiy, ilmiy-nazariy, badiiy-estetik, amaliy manbalarini bilish;
Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviyatining yozma yodgorliklari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish;
ma’naviy meros, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ularning shakllanish va mavjudlik tamoyillarini bilish;
barkamol shaxs ma’naviyatida milliy marosimlar, urf-odat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rni va rolini bilish;
ma’naviy barkamollikda milliylik va umumins�niylik birligini tushunish;
insonga, vatanga muhabbat, fidoiylik, bunyodkorlik, adolatlilik, huquqqa hurmat ma’naviy shaxsning fazilatlari ekanligini bilish;
insonparvarlik, vatanparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat, birodarlik yuksak axloqlilik barkamol shaxs ma’naviyatining muhim jihatlari ekanligini bilish;
kasb-hunarli bo‘lish, ilm-fanni ishtiyoq bilan o‘rganish vatanga fidoiylik namunasi ekanligini bilish;
mahalla muhiti va oila ma’naviyati milliy taraqqiyotimiz kafolatlari ekanligini bilish;
milliy ma’naviyatimiz boyliklari�i jahonga tanitishda fidoiy bo‘lish;
milliy istiqlol mafkurasiga yot g‘oyalar va oqimlar ta’siridan himoyalanish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lish;
ekologik madaniyat va ma’naviyatni takomillashtirishda fidoiy bo‘lishni anglash.
17. Axborot texnologiyalari axborot texnologiyalari (AT) vositalaridan o‘qish davomida va o‘zining kasbiy faoliyatida foydalanishni bilish;














axborotni tashkil qilish va izlab topish, ajratib olingan axborotni tizimlashtirish, tarkiblashtirish, umumlashtirish va tushunarli shaklga keltirishni bilish;
zamonaviy AT yordamida axborot va bilimlarni ayirboshlay olish;
kompyuterlarga xizmat qilishning asosiy qoidalarini bilish;
kompyuter viruslaridan saqlanish usullari va dastur vositalarini bilish;
arxiv fayllar yaratish usullari va arxivator dasturlar bilan ishlashni bilish;
umumta’lim fanlaridagi sodda masalalarning matematik modellarini yaratishni bilish;
multimedia texnologiyasi va telekommunikatsiyadan foydalana olish;
axborotning matn, grafik, rangli tasvir, tovush, odam ovozi, musiqa, animatsiya, videoklip kabi turlarini bilish;
axborot jarayonlarining zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati, yalpi (global) axborotlashtirish jarayonining jamiyat va insonning rivojlanishiga ta’sirini bilish;
axborot manbalari, infratuzilma, axborot muhiti, jamiyatning axborot salohiyati, axborot xavfsizligini bilish;
kompyuterlarga xizmat qiluvchi dasturlar va ulardan foydalanishni bilish;
talab qilingan axborotni topish va uning ishonchliligini aniqlash yo‘llarini bilish;
kompyuterlashgan axborot manbalariga kirish yo‘llari va usullarini bilish;
yangi axborot texnologiyalari, internet va lokal kompyuter tarmoqlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
antivirus dasturlari imkoniyatlarini bilish.
18. Oila
psixologiyasi
oila psixologiyasi fani predmeti, maqsad va vazifalarini bilish;










insoniyat taraqqiyotining nikoh-oila munosabatlariga hamda oilaning jamiyatga ta’siri haqida ilmiy tasavvurlarga ega bo‘lish;
oila turlari va vazifalarini bilish;
shaxs ma’naviyatining shakllanishida oilaning o‘rni va vazifalarini bilish;
o‘smir yoshdagi o‘g‘il-qizlarning yosh-psixologik xususiyatlari, ular orasidagi muloqot malakalariga ega bo‘lish;
muhabbat psixologiyasi, nikoh oldi omillari, xususiyatlari va ularning nikoh mustahkamligiga ta’sirini bilish;
erta oila qurishning salbiy asoratlarini (nasliy, psixologik, iqtisodiy, ijtimoiy) bilish;
oilada shaxslararo munosabatlar va muloqot psixologiyasi, oilaviy nizolar psixologiyasi;
jinsiy hayotning psixofiziologik xususiyatlarini va oila mustahkamligiga ta’sirini bilish;
OITS (SPID) va jinsiy yo‘l bilan yuqadigan boshqa kasalliklarning ijtimoiy-psixologik muammolari va ularning yechimlari, oila psixodiagnostikasini bilish;
oilaning ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlarini bilish;
ajralishning sabab va oqibatlarini hamda ularning oldini olish choralarini bilish.
19. Estetikaestetika fanining mazmuni, maqsad va vazifalarini bilish;













Sharq xalqlari estetikasi va O‘rta Osiyoda estetik tarbiya tarixi va o‘ziga xosligini farqlay bilish;
mustaqillik ma’naviyatini, estetik madaniyat mohiyatini bilish;
estetik ong, estetik faoliyatni tarkib toptirish haqidagi bilimlarga ega bo‘lish;
estetik did va uni shakllantirish omillari va me’yorlarini bilish;
estetikaning asosiy mohiyati bo‘lgan go‘zallikni idrok etish;
nafosatning inson ijtimoiy faoliyatidagi o‘rnini, shaxsni shakllantirishda ma’naviy madaniyatning estetik asoslarini bilish;
milliy an’analarda nafosat tarbiyasi haqidagi tasavvurlarga ega bo‘lish;
oilada nafosat tarbiyasi va uning ahamiyatini bilish;
insonlarning estetik ongini shakllantirish ma’naviy tarbiyaning asosi ekanligini bilish;
asosiy estetik kategoriyalarni bilish;
badiiy asar va uning obrazlarida ifodalangan hayotiy voqealarni badiiy-estetik jihatdan baholay olish;
badiiy asarlar, sahna asarlari, teleko‘rsatuv, kinofilm, ashula, musiqa va bolalar musiqaviy tomoshalarini estetik nuqtai nazardan tahlil qila bilish;
san’atning estetik mohiyatini anglab yetish;
borliqqa, adabiyot va san’atga nisbatan estetik munosabatda bo‘lish hamda tevarak-atrofdagi tabiat go‘zalligini his eta olish.
20. Nutq
madaniyati
va Davlat
tilida ish
yuritish
Nutq madaniyati:
































o‘zbek tili bo‘yicha mukammal bilimga ega bo‘lish, uning ifoda vositalari hamda nutqdagi vazifasini chuqur bilish;
yozma va og‘zaki nutqni to‘g‘ri tuza olish;
namunali nutq tuza olish va hujjatlar matnlarini tuzata olish;
o‘z ona tiliga muhabbatni his etish, o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan foydalangan holda to‘g‘ri va namunali, yaxshi nutq (yozma va og‘zaki) tuza olish;
so‘zlar, affikslarning ma’no xususiyatlari, uslubiy jihatlari, so‘zlar bilan birikish imkoniyatlarini, ko‘makchi fe’llarni kuchaytiruvchi shakllarini bilish;
o‘z fikrlarini erkin, qisqa, mantiqli, ta’sirchan, to‘g‘ri shaklda bayon eta olish;
nutq madaniyati bo‘yicha olgan bilimlarni amaliyotda qo‘llay bilish;
o‘z ona tilining targ‘ibotchisi bo‘la olish.
Davlat tilida ish yuritish:
tilning ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotiga ta’sirini tushuntirib bera olish;
til bilan nutq tushunchalari o‘rtasidagi farqni bilish;
nutq odobi tushunchasini bilish;
nutq madaniyati bilan adabiy til me’yorlari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni bilish;
nutqiy faoliyatning shakl va ko‘rinishlarini bilish;
monologik nutqning asosiy belgilarini, matnning shakllarini bilish;
nutq uslublarining farqini, rasmiy-idoraviy uslubning leksik xususiyatlarini bilish;
matn mazmunining tuzilishini, matn tuzilishida nimalarga asoslanish kerakligini bilish;
atamalarning lug‘aviy farqini bilish;
so‘z tanlash tamoyillari va so‘z qo‘llash me’yorlarini bilish;
o‘zbek hujjatchilik tarixini bilish;
rasmiy xatning shaxsiy xatdan farqini bilish;
telefon orqali so‘zlashuvda nimalarga rioya qilish kerakligini bilish;
telegramma va faksogramma matnining zaruriy qismlarini bilish;
shaxsiy hujjatlarning leksik-grammatik belgilarini bilish;
shaxsiy hujjatlar tarkibini bilish;
tavsifiy matnning leksik-uslubiy belgilarini va qismlarini bilish;
farmoyish va buyruq tarzidagi hujjatlarni bilish;
ma’lumot va axborot tarzidagi matnlarni bilish;
majlis bayonnomasi qismlarini va undan olingan ko‘chirma o‘rtasidagi farqlarni bilish;
ta’rif, mulohaza, hujjat turlarini bilish;
taqriz, annotatsiya tarzidagi matnlarning asosiy xususiyatlarini bilish;
iqtiboslar (tsitatalar)dan matnlarda o‘rinli foydalanishni bilish;
kompyuterda hujjat matnini tayyorlash, tahrir qilish, o‘zgartirish va yangilashni bilish.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi 124-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 20-son, 251-modda)