O‘quv jarayonini takomillashtirish, o‘quv-moddiy bazasini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, gidrometeorologiya ixtisosi mutaxassislari tayyorlash sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarini, hunar-texnika bilim yurtlarini, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini va sog‘liqni saqlash obyektlarini O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga o‘tkazish haqida” 1991-yil 30-dekabrdagi 318-son qaroriga qisman o‘zgartirish kiritilib, Toshkent gidrometeorologiya texnikumi o‘quv-metodik rahbarlik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida qoldirilgan holda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qaramog‘idan Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi tasarrufiga o‘tkazilsin.