Sug‘urta xizmatlarining raqobat bozorini yanada shakllantirish, sug‘urta faoliyatining zamonaviy turlarini rivojlantirish va sifatini oshirish, sug‘urtalovchilarning kapitallashuv darajasini ko‘paytirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash, ularning mintaqaviy tarmoqlarini kengaytirish, shuningdek sug‘urtalashni tartibga solish usullarini takomillashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2007 — 2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorini isloh qilish va rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin, unda quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilgan:
sug‘urtalash, sug‘urta faoliyati va sug‘urta nazoratining qonunchilik va normativ-huquqiy bazasini xalqaro amaliyotga muvofiq yanada takomillashtirish;
ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari, ayniqsa tadbirkorlik faoliyatini, import-eksport operatsiyalarini sug‘urtalash, hayotni uzoq muddatga sug‘urtalash, shu jumladan sug‘urtaning jamg‘arma turlari sohasida sug‘urta xizmatlari hajmini, ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirish;
sug‘urtalash sohasi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vazirliklar, idoralar va bajaruvchilar — sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning belgilangan muddatlarda so‘zsiz va sifatli bajarilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-martdagi PQ-108-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2024-y., 07/24/108/0171-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda tasdiqlangan Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari to‘g‘risidagi nizom talablariga javob bermaydigan sug‘urta tashkilotlari faoliyatini 2008-yil 1-yanvargacha belgilangan tartibda to‘xtatish va litsenziyalarini bekor qilish chora-tadbirlarini ko‘rsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mamlakat iqtisodiyot oliy ta’lim muassasalarida ixtisoslashtirilgan guruhlar tashkil etish, sug‘urta bozori professional qatnashchilarining yuqori malakali mutaxassislari tayyorlash kontingentini kengaytirish va sifatini oshirish, ularning malakasini muntazam ravishda oshirish bo‘yicha bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va respublika sug‘urta kompaniyalarining quyidagilar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lgan O‘zbekiston sug‘urta bozori professional qatnashchilari uyushmasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
sug‘urta bozori konyunkturasini o‘rganish, uning yuqori darajada ochiq-oydinligini ta’minlash, raqobatni rivojlantirish, sug‘urta xizmatlari hajmlarini ko‘paytirish, ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
potensial xorijiy investorlarga mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta sohasiga investitsiyalashda ko‘maklashish;
respublika aholisi o‘rtasida sug‘urtalash masalalari bo‘yicha faol tushuntirish ishlarini olib borish;
sug‘urtalash uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, sug‘urta bozori professional qatnashchilari uchun professional etika normalarini ishlab chiqish.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Sug‘urta bozorini rivojlantirish hamda yuridik va jismoniy shaxslarning sug‘urtalashda keng qatnashishini rag‘batlantirish uchun belgilab qo‘yilsinki, hayotni uzoq muddatga sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofotlari soliqqa tortilmaydi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 590-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 590-modda)
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
2007—2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorini isloh qilish va rivojlantirish dasturi
T/r | Tadbirlar | Amalga oshirish shakli | Bajarish muddatlari | Mas’ul bajaruvchilar |
I. Sug‘urtalash, sug‘urta faoliyati va sug‘urta nazoratining qonunchilik va normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish | ||||
1. | “Transport vositalari egalarining javobgarligini majburiy sug‘urtalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | Qonun loyihasi | 2007-yil II chorak | Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, sug‘urta kompaniyalari |
2. | “Ish beruvchining javobgarligini majburiy sug‘urtalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | Qonun loyihasi | 2007-yil IV chorak | Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, sug‘urta kompaniyalari |
3. | “Tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | Qonun loyihasi | 2007-yil IV chorak | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, sug‘urta kompaniyalari |
1.2. Amaldagi qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish | ||||
4. | “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish, unda sug‘urta bozorining professional qatnashchilari tarkibini aniqlashtirish va kengaytirish, ularning huquq va majburiyatlarini, faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilash. | Qonun loyihasi | 2007-yil II chorak | Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, sug‘urta kompaniyalari |
5. | “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish, unda sug‘urta qilinmagan transport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar javobgarligini belgilash. | Qonun loyihasi | 2007-yil II chorak | Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, sug‘urta kompaniyalari |
1.3. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish | ||||
6. | Sug‘urtalovchilar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobining hisob raqamlari rejasini va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomani ishlab chiqish va tasdiqlash. | His�b raqamlari rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma | 2007-yil III chorak | Moliya vazirligi |
7. | Sug‘urtalovchilar moliyaviy hisoboti shakllari va ularni to‘ldirish qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish qoidalari | 2007-yil III chorak | Moliya vazirligi |
8. | Umumiy sug‘urta va hayotni sug‘urtalash sohasida sug‘urta tariflarini hisoblab chiqarish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalarni ishlab chiqish va tasdiqlash. | Metodik ko‘rsatmalar | 2007-yil III chorak | Moliya vazirligi, sug‘urta tashkilotlari |
9. | Sug‘urta kompaniyalarini reyting jihatdan baholash bo‘yicha metodik tavsiyalarni tayyorlash. | Metodik tavsiyalar | 2007-yil III chorak | Moliya vazirligi, sug‘urta kompaniyalari |
10. | Aktuar malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. | Nizom | 2007-yil III chorak | Moliya vazirligi |
11. | Adjaster, aktuar, syurveyer va assistans xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish. | Metodik tavsiyalar | 2007-yil III chorak | Moliya vazirligi, sug‘urta tashkilotlari |
12. | Sug‘urtalovchilar va qayta sug‘urtalovchilarning to‘lovga qodirligi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. | Nizom | 2007-yil IV chorak | Moliya vazirligi |
13. | Sug‘urta kompaniyalarini auditorlar tomonidan tekshirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish. | Metodik tavsiyalar | 2007-yil IV chorak | Moliya vazirligi |
14. | Sug‘urta faoliyati va sug‘urta nazoratini tartibga soluvchi xalqaro standartlar ayrim normalarini qayta ko‘rib chiqish va normativ-huquqiy bazaga joriy etish. | Normativ-huquqiy bazaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar | 2007-2008-yillar | Moliya vazirligi |
15. | Tadbirkorlik tavakkalchiliklarini (foydani boy berishdan, loyihalashdagi xatoliklardan, bankrotlikdan sug‘urtalash va h. k.) sug‘urtalashning namunaviy qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Namunaviy qoidalar | 2008-yil I chorak | Moliya vazirligi, sug‘urta kompaniyalari |
16. | Biznes sohasi uchun sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishning yagona talablari va standartlarini belgilash. | Nizom | 2008-yil I chorak | Moliya vazirligi, sug‘urta kompaniyalari |
17. | Sug‘urtalovchilarning sug‘urta vositachilari bilan o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi namunaviy qoidalarni ishlab chiqish va tasdiqlash. | Namunaviy qoidalar | 2008-yil I chorak | Moliya vazirligi, sug‘urta kompaniyalari |
18. | Qayta sug‘urtalash xizmatlari ko‘rsatishning yagona talablari va standartlarini belgilash. | Nizom | 2008-yil I chorak | Moliya vazirligi, sug‘urta kompaniyalari |
19. | Da’vo ishlarining yagona texnologiyasini joriy etish. | Metodik tavsiyalar | 2008-yil III chorak | Moliya vazirligi, sug‘urta kompaniyalari |
20. | Sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. | Nizom | 2009-yil I chorak | Moliya vazirligi |
II. Ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari hajmini, ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirish | ||||
21. | 2007—2010-yillarda sug‘urta xizmatlari hajmini 3 baravar, sug‘urtalovchilar sug‘urta zaxirasini 2,5 baravardan ortiq, sug‘urta kompaniyalari yalpi kapitalini 2 �aravardan ortiq ko‘paytirish. | Chora-tadbirlar kompleksi | Ishlab chiqish — 2007-yil II chorak Amalga oshirish — 2007—2010-yillar | Moliya vazirligi, sug‘urta tashkilotlari |
22. | Aholi va yuridik shaxslarni, ayniqsa biznesni sug‘urtalash sohasida, shuningdek qishloq joylarda sug‘urtalovchi alohida bo‘linmalar va sug‘urta agentlari sonini ko‘paytirish hisobiga sug‘urta xizmatlari bilan qamrab olish darajasini oshirish. | 2006—2010-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasi va servisni rivojlantirish dasturiga muvofiq chora-tadbirlar kompleksi | 2007—2010-yillar | Moliya vazirligi, sug‘urta tashkilotlari |
23. | Eksport kreditlar va eksport-import operatsiyalarining samarali sug‘urta himoyasini ta’minlovchi eksportni sug‘urtalash bo‘yicha yangi kompleks sug‘urta xizmatlari turlarini, shu jumladan siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urtalash, to‘lov muddatini kechiktirish shartlarini sug‘urtalash, “yetkazib beruvchi krediti” tipi bo‘yicha sug‘urtalash, “xaridorga kredit” tipi bo‘yicha sug‘urtalash, eksport-import kontraktlarini bajarish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni sug‘urtalash, eksport-import yuklarini tashishni sug‘urtalash, xorijiy sherikning iqtisodiy nochorligidan (bankrotligidan) sug‘urtalash va boshqa sug‘urta xizmatlari turlarini ishlab chiqish va joriy etish. | Chora-tadbirlar kompleksi | Ishlab chiqish —2007-yil II chorak amalga oshirish — 2007—2010-yillar | Moliya vazirligi, sug‘urta tashkilotlari |
24. | Hayotni uzoq muddatli sug‘urtalashni, shu jumladan sug‘urtaning jamg‘arma turlarini (hayotni aralash sug‘urtalash, nikohdan o‘tishni sug‘urtalash, annuitetlarni sug‘urtalash, qo‘shimcha pensiyani sug‘urtalash, ta’lim olish xarajatlarini sug‘urtalash, davolanishni, shu jumladan chet elda davolanishni sug‘urtalash, balog‘at yoshiga yetganlikni sug‘urtalash va boshqalar) kengaytirish. | Chora-tadbirlar kompleksi | Ishlab chiqish — 2007-yil IV chorak Amalga oshirish — 2008—2010-yillar | Moliya vazirligi, sug‘urta tashkilotlari |
25. | Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini sug‘urtalashni jadal rivojlantirish, biznesni sug‘urtalash sohasida (bankrotlikdan, foydani boy berishdan, ko‘zda tutilmagan xarajatlardan, sud xarajatlaridan, professional javobgarlikdan va shu kabilardan sug‘urtalash) sug‘urtaning yangi turlarini joriy etish, ularning aniq manzilliligi, tabaqalashtirilganligi, sifati va samaradorligini oshirish. | Chora-tadbirlar kompleksi | Ishlab chiqish — 2008-yil I chorak Amalga oshirish — 2008—2010-yillar | Moliya vazirligi, sug‘urta tashkilotlari |
26. | Sug‘urta xizmatlariga talabni baholash bo‘yicha marketing tadqiqotlarini, sug‘urta bozorini rivojlantirish bo‘yicha tahliliy ishlanmalarni tashkil etish. | Marketing va boshqa tahliliy tadqiqotlar | 2007-yil III chorakdan boshlab doimo | Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari uyushmasi |
27. | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasida ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish va joriy etish. | Avtomatlashtirilgan tizim | 2008-yil II chorak | Moliya vazirligi |
28. | Tavakkalchiliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha test o‘tkazishning tavakkalchiliklarni baholash tizimiga asoslangan mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish. | Chora-tadbirlar kompleksi | 2008-yil IV chorakdan boshlab | Moliya vazirligi |
29. | O‘zbekistonning Sug‘urta nazorati organlari xalqaro uyushmasiga kirishi bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish. | Chora-tadbirlar kompleksi | 2008-yil mobaynida | Moliya vazirligi |
30. | Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari va ularning birlashmalari bilan birgalikda aholi o‘rtasida sug‘urta madaniyatini oshirish bo‘yicha ma’rifiy va tushuntirish ishlarini amalga oshirish. | Seminarlar, radio va televideniyeda eshittirishlar, ko‘rsatuvlar va reklama kompaniyalari, ommaviy axborot vositalarida materiallar e’lon qilish | doimo | Moliya vazirligi, sug‘urta kompaniyalari |
31. | Aholini sug‘urta bozoridagi, shu jumladan sug‘urta agentlarining noqonuniy yoxud qonunga xilof faoliyati to‘g‘risida xabardor qilish. | Ommaviy axborot vositalarida axborotlar berish | doimo | Moliya vazirligi, sug‘urta kompaniyalari |
III. Mamlakat sug‘urta bozorining ochiq-oydinligini va ishonchliligini ta’minlash, sug‘urtalovchilarning kapitallashuv darajasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligini va to‘lovga qodirligini mustahkamlash | ||||
32. | Faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalarining ustav kapitallarini sug‘urta faoliyatining amalga oshirilayotgan turlaridan kelib chiqqan holda belgilangan eng kam miqdorlargacha ko‘paytirish. | Chora-tadbirlar kompleksi | 2008-yil 1-yanvargacha | Moliya vazirligi, sug‘urta kompaniyalari |
33. | Ustav kapitalining eng kam miqdorini belgilangan muddatlarda shakllantirishni ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan sug‘urtalovchilarni aniqlash chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish, ularga sug‘urta faoliyati sohasini o‘zgartirishda va qayta tashkil etishda (qo‘shilish, birlashishda) ko‘maklashish. | Chora-tadbirlar kompleksi | 2007-yil II chorak | Moliya vazirligi |
34. | “O‘zagrosug‘urta”, “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyalari va aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirilayotgan “O‘zbekinvest” kompaniyasi ustav fondlaridagi davlat ulushlarini sotish. | Tadbirlar | Hukumatning tegishli qarorlarida belgilangan muddatlarda | Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, “O‘zagrosug‘urta”, “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyalari, “O‘zbekinvest” kompaniyasi |
35. | Xorijiy kapital ishtirokida sug‘urta kompaniyalari tashkil etishni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va �malga oshirish. | Chora-tadbirlar kompleksi | 2007-yil II chorak | Moliya vazirligi, sug‘urta kompaniyalari |
IV. Sug‘urta sohasi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish | ||||
36. | Bank-moliya akademiyasi huzurida sug‘urta bozorining professional qatnashchilari xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatadigan ixtisoslashtirilgan kurslar tashkil etish. | Ixtisoslashtirilgan o‘quv kurslari | 2007-yil III chorak | Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari uyushmasi, Bank-moliya akademiyasi |
37. | Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari xodimlari uchun sug‘urtalash va sug‘urta faoliyatining dolzarb masalalari bo‘yicha o‘quv-amaliy konferensiyalar va seminarlar tashkil etish. | Konferensiyalar va seminarlar | muntazam ravishda | Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari uyushmasi, sug‘urta kompaniyalari, sug‘urta bozorining boshqa professional qatnashchilari |
38. | Ko‘rsatib o‘tilgan tuzilmalarning qo‘shadigan ulushi hisobiga sug‘urta bozorining professional qatnashchilari xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash o‘quv markazini tashkil etish. | Chora-tadbirlar kompleksi | 2008-yil I chorak | Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari uyushmasi, sug‘urta kompaniyalari, sug‘urta bozorining boshqa professional qatnashchilari |
39. | Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari uchun professional etika normalarini ishlab chiqish. | Professional etika normalari | 2008-yil II chorak | Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari uyushmasi, sug‘urta kompaniyalari, sug‘urta bozorining boshqa professional qatnashchilari |
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-martdagi PQ-108-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2024-y., 07/24/108/0171-son)