Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 16.10.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni asosan chiqarilgan— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Bajarish uchun mas’ullar

Tadbirlarni amalga oshirish shakllari

Kutilayotgan natija

I. Aholining ish bilan bandligini oshirish

1.

Har yili kamida 550 ming yangi ish o‘rinlarini, shu jumladan:
kichik korxonalar va mikrofirmalarni rivojlantirish hisobiga — 320 ming ish o‘rinlari;
barcha yo‘nalishdagi kasanachilikni, jumladan oilaviy tadbirkorlikni kengaytirish hisobiga — 160 ming ish o‘rinlari;
faoliyat yuritayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish va moliyaviy-iqtisodiy sog‘lomlashtirish, yangi yirik ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish hisobiga — 70 ming ish o‘rinlarini tashkil etish.

Har yili

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Bandlikning hududiy dasturlari

Tumanlar, shaharlar, viloyatlar va umuman respublikada ish o‘rinlari hamda aholining bandligi o‘sishini tashkil etish.

2.

2007-yilda, asosan qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasida ish o‘rinlarining mahallalar bo‘yicha joylashuvini belgilab va ushbu maqsadlarga Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan har yili kamida 3 mlrd. so‘m ajratilishini nazarda tutgan holda 100 ming yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini ta’minlash.

2007-yil davomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

Bandlikning hududiy dasturlari

Aholining ish bilan bandligi, shu jumladan xizmat ko‘rsatish va servis sohasidagi bandligining o‘sishi.

3.

Oilaviy biznesni tashkil etishga imtiyozli kreditlarni jalb etgan holda har yili kam ta’minlangan oilalardan, ayniqsa qishloq joylarda kamida 15 ming kishini ishga joylashtirish.

Har yili

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, tumanlar hokimliklari

Mikrokreditlarga bo‘lgan talablar to‘g‘risidagi axborot, Bajaruvchilarning qo‘shma tadbirlari

Kam ta’minlangan oilalardagi, eng avvalo qishloq joylarda yashovchi ishlamaydigan aholining bandligini ta’minlash.

4.

Qoramol etishtiruvchilarni ish bilan band shaxslar sifatida hisobga olish, ushbu faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchi kamida 270 ming kishiga mehnat daftarchasi berish va yuritish, shuningdek qoramol sotib olish uchun Bandlikka

2007-yil davomida

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, qishloq tumanlari hokimliklari

Qoramol etishtirish chora-tadbirlari parametrlari

Ishlamaydigan qishloq aholisining bandligi va ijtimoiy muhofazasini ta’minlash.

5.

Ish bilan band va ishga joylashishga muhtoj shaxslarning haqiqiy sonini aniqlash uchun mehnat bozoridagi vaziyatga baho berish ko‘rsatkichlari tizimini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2007-yil II chorak

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi

Ko‘rsatkichlar tizimini tasdiqlash

Mehnat bozoridagi vaziyatni va ishga muhtojlar sonini yanada to‘liq va sifatli baholash.

6.

Tasdiqlangan ko‘rsatkichlar tizimi bo‘yicha mehnat bozori va bandlik ustidan monitoring tashkil etish.

Har chorakda

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi

Har chorakda chiqadigan “Mehnat bozori va aholi bandligi monitoringi” byulletenini chop etish

Mintaqalar bo‘yicha mehnat bozoridagi vaziyatni tezkor ravishda baholash tizimini shakllantir�sh.

7.

Go‘sht-sut va meva-sabzavot mahsulotlari, boshqa turdagi mahalliy xomashyoni qayta ishlash, teriga ishlov berish, xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarish bo‘yicha kichik korxonalarni tashkil etish innovatsiya loyihalarini rag‘batlantirish mexanizmi ishlab chiqilishini ta’minlash hamda ularni Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy qayta qurish jamg‘armasi mablag‘laridan grantlar va kreditlar ajratish yo‘li bilan moliyalashtirish.

Ishlab chiqish — 2007-yil, moliyalash-tirish — 2008-yildan boshlab

Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi

Kichik innovatsiya loyihalarini rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizom

Kichik korxonalarda muqim ish o‘rinlarini tashkil etish.

II. Mehnat organlari ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarga ko‘rsatadigai xizmat, shu jumladan ularni qayta tayyorlash va ishga joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar turi va sifatini kengaytirish

8.

Har bir yirik qishloq fuqarolari yig‘ini hududida aholini ishga joylashtirish va ijtimoiy muhofaza qilish muqim punktlarini tashkil etish.
Band bo‘lmagan aholiga mehnat organlari tomonidan turli xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutuvchi mazkur punktning aniq ish reglamentini ishlab chiqish.

2007-yil II chorak

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, qishloq tumanlari hokimliklari

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrug‘i, bajaruvchilarning qo‘shma qarorlari

Tuman markazlaridan uzoqda yashaydigan qishloq aholisining hududiy mehnat organlari xizmatidan foydalanishini yaxshilash, ularning doirasini band bo‘lmagan aholining bevosita yashash joyi tomon kengaytirish.

9.

Axborot xizmati turlari doirasini kengaytirish uchun barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan o‘zlaridagi ishchilar soni va ularning ma�omidan qat’i nazar, bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mehnat organlariga o‘z vaqtida va to‘liq taqdim etishning yangi tartibini tasdiqlash.

2007-yil II chorak

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi

Mehnat organlariga bo‘sh ish o‘rinlari va lavozimlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risida nizom

Ishga joylashish imkoniyatlarini oshirish va sonini ko‘paytirish.

10.

Ish izlayotgan fuqarolarga kerakli ma’lumot olish imkonini beradigan ma’lumotlarning mintaqaviy elektron tarmog‘ini (hududlar, iqtisodiyot tarmoqlari, aniq ish o‘rinlari bo‘yicha) shakllantirishni nazarda tutuvchi bo‘sh o‘rinlar va bo‘sh ish joylari bankidan aholi kengroq foydalanishini, shuningdek mehnat bozori to‘g‘risida davriy axborot materiallari (byulletenlar) chop etilishini, ushbu maqsadlarga Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan 450 mln. so‘m ajratilishini nazarda tutgan holda ta’minlash.

Tashkil etish — 2007-yil I-III choraklar, tatbiq etish — 2007-yil IV chorak

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, tuman (shahar) hokimliklari

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrug‘i, bajaruvchilarning qo‘shma tadbirlari, axborot materiallari

Mehnat organlari tomonidan band bo‘lmagan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar turini kengaytirish.

11.

Yolg‘iz keksalar, pensionerlar, nogironlar, parvarishga muhtoj insonlarga uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish orqali. kamida 1000 kishining ish bilan band bo‘lishini ta’minlash.

2007-yil davomida

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrug‘i

Mahalliy mehnat organlari tomonidan band bo‘lmagan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar turini kengaytirish.

12.

Mavjud kasb-hunar kollejlari negizida ish bilan band bo‘lmaganlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hajmlarini kengaytirish (har yili kamida 10 ming kishi) bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish.

2007-yil davomida

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi

Bajaruvchilarning qo‘shma tadbirlari

Ish bilan band bo‘lmaganlarga kasbiy qayta tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar turini kengaytirish.

13.

Bandlikni ta’minlash bo‘yicha maxsus chora-tadbirlarga muhtoj toifadagi fuqarolarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlari zaxirasi yaratiladigan (kvotalashtiriladigan) korxonalar doirasini kengaytirish.

2007-yil II chorak

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi

Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish izlashda qiyinchiliklarga duch kelgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlari zaxirasini yaratish to‘g‘risida yangi nizom

Kasb-hunar ta’limini tamomlab mehnat bozoriga chiqayotgan yoshlarni, nogironlar, jazodan ozod etilgan shaxslarni ishga joylashtirishni ta’minlash.

14.

Joylarga chiqish orqali mehnat munosabatlarini takomillashtirish va mehnatga oid qonunchilikka rioya etish masalalarida korxonalarga tizimli huquqiy yordam ko‘rsatish.

Yil davomida

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

Ish beruvchilar bilan birgalikdagi tadbirlar

Mehnat, bandlik va xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalarida ish beruvchilarga xizmat ko‘rsatish doirasini kengaytirish.

III. Xalqaro standartlar va mehnat bozorining o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqib, aholi bandligini hisobga olish hamda baholash mexanizmlari va usullarini takomillashtirish

15.

Bandlik va ishsizlik toifalari mazmun-mohiyatini Xalqaro mehnat tashkiloti standartlariga muvofiqlashtirish.

2007-yil II chorak

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Adliya vazirligi

Uslubiy va instruksiyaviy hujjatlarni ishlab chiqish

Xalqaro standartlar va O‘zbekistondagi mehnat bozorining o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqib, bandlik ko‘rsatkichlarining hisobga olinishini ta’minlash.

16.

Xalqaro standartlar va mehnat bozorining o‘ziga xos milliy xususiyatlariga muvofiq mintaqalar bo‘yicha ishga joylashishga muhtoj, ish bilan band bo‘lmagan aholi hisobi metodikasini belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash.

2007-yil I chorak

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi

Uslubiyat

Mehnat bozoridagi vaziyatni baholash sifatini oshirish va ish o‘rniga bo‘lgan talabni aniqlash.

17.

Bandlik masalalari bo‘yicha tekshiruv dasturlarini milliy hisob raqamlar tizimi doirasida va xalqaro qoidalarga muvofiq norasmiy sektordagi band bo‘lgan barcha toifalarni qamrab olgan holda takomillashtirish.

2007-yil IV chorak

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi

Takomillashtirilgan so‘rovnomalar va tekshiruvni o‘tkazish yo‘riqnomalari

Bandlikni hisobga olishni va uslubiyatini takomillashtirish.

18.

Xalqaro standartlarda qabul qilingan qoidalar tizimida va statistik hisobot ma’lumotlarini bandlik masalalari bo‘yicha tekshiruv materiallari bilan to‘ldirish asosida bandlik maqomi, iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlari bo‘yicha mehnat resurslari balansini ishlab chiqish.

2008-yildan boshlab

Davlat statistika qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

Bajaruvchilarning qo‘shma tadbirlari

Xalqaro standartlarni hisobga olgan holda bandlik va ishsizlikni sifatli hamda xolis baholash.

19.

Tashqi mehnat migratsiyasini hisobga olish shakl va usullarini ishlab chiqish hamda migratsiya siyosatini amalga oshirishga mas’ul idoralar tomonidan vakillik tekshiruvlarini o‘tkazish.

2007-yil IV chorak

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi, Davlat statistika qo‘mitasi

Tashqi mehnat migratsiyasini hisobga olishning tasdiqlangan shakllari va vositalari

Aholining mehnat migratsiyasini yanada to‘liq va sifatli hisobga olishni ta’minlash.

IV. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari boshqaruvining tashkiliy tuzilmasini maqbullashtirish, ular faoliyati samaradorligini oshirish

20.

Tuman (shahar) mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘limlarini Bandlikka ko‘maklashuvchi markazlar sifatida qayta tashkil etish.

2007-yil I-II choraklari

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, tuman, shahar hokimliklari

Tashkiliy tadbirlar

Tuman va shaharlardagi mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish.

21.

Faoliyat ko‘rsatayotgan Vaqtincha bir martalik ish bilan ta’minlash markazlarini Vaqtinchalik ishlarni tashkil etish byurosi sifatida qayta tashkil etish hamda mehnat bozorida vaziyat mushkul bo‘lgan mintaqalar hisobiga ularning tarmoqlarini kengaytirish.

2007-yil I- II choraklari

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, tuman, shahar hokimliklari

Bajaruvchilarning qarorlari

Vaqtinchalik ishlarni tashkil etish samaradorligini oshirish.

22.

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tarkibiy, hududiy va idoraviy mansub bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni qayta ko‘rib chiqish va yangilarini tasdiqlash.

2007-yil II chorak

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

Bajaruvchilarning qarorlari

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyati samara-dorligini oshirish.

23.

Nogironlarni ekspertizadan o‘tkazish va reabilitatsiya qilish masalalari inspeksiyasi boshqaruvining tashkiliy tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish va Inspeksiya, TMEKlar, mintaqaviy reabilitatsiya markazlari to‘g‘risidagi yangi nizomni tasdiqlash.

2007-yilning II yarim yilligi

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Jarayonlarni boshqarishning tashkiliy tuzilmasini maqbullashtirish va nogironlikni ekspertizadan o‘tkazish hamda reabilitatsiya qilish samaradorligini oshirish

24.

Mehnatni me’yorlashtirish va muhofaza qilish Markazi hamda Mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish muammolarini o‘rganish Respublika markazini Bandlik, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy himoya qilish Respublika ilmiy markazi sifatida qayta tashkil etish hamda uning Nizomini tasdiqlash.

2007-yil I-II choraklari

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrug‘i

Bandlik, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar jarayonlarini boshqarishning tashkiliy tuzilmasini maqbullashtirish.

25.

2007/2008 o‘quv yilidan boshlab yetakchi oliy o‘quv yurtlari va alohida kasb-hunar kollejlarida mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasida kadrlar, shu jumladan “Mehnat iqtisodiyoti” va “Ijtimoiy ish” mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlarni aniq maqsadga yo‘naltirilgan holda tayyorlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2007-yil II-III choraklari

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Bajaruvchilarning birgalikdagi qarori

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash.

V. Aholini ijtimoiy himoya qilish va mehnatni muhofaza qilish sohasida qonunchilik bazasini rivojlantirish, shu sohada davlat nazorati mexanizmlarini kuchaytirish

26.

“Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2007-yil III chorak

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Qonun loyihasi

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarida ishchilarga kafolatlarni, mehnatni muhofaza qilish masalalarida ishchilar va ish beruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tartibini belgilash.

27.

“O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2007-yil III chorak

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi, “Mahalla”, “O‘zbekiston madaniyati va san’ati Forumi”, “Mehr nuri” jamg‘armalari, “Hayot” nodavlat notijorat tashkiloti, Ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi

Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi

Nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish shart-sharoitlarini takomillashtirish, ularning huquqlarini kengaytirish hamda ish beruvchilarning nogironlarni ish bilan ta’minlashdan manfaatdorligini oshirish.

28.

O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Mehn�t kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2007-yil II chorak

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi

Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi

Bandlikning hamda ishsizlikdan muhofaza qilishning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish.

29.

Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmaydigan va o‘z ustav fondlarini qonun hujjatlarida belgilangan muddatda shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-iyuldagi 327-sonli qarori bilan tasdiqlangan) tugatilgan korxonalardagi bandlikni va ish o‘rinlarini hisobga olgan holda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.

2007-yil III chorak

Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Ishlovchilar harakati va ish o‘rinlari, shu jumladan ularning chiqib ketishini yanada to‘liq hisobga olish.

30.

Mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish mexanizmini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

2007-yil III chorak

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi

Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 29-iyuldagi 378-sonli qaroriga o‘zgartish va qo‘shimchalar

Ishlab chiqarishda xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishda davlat nazoratini ta’minlash.

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 562-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 562-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 562-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 562-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 562-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 562-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”