LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli “Yaratilgan yangi ish o‘rinlarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Soliq maslahati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va soliq maslahati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, soliq maslahati sohasini rivojlantirish uchun zarur normativ-huquqiy bazani shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi soliq maslahati sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilansin, unga:
soliq maslahati bo‘yicha faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Soliq siyosati boshqarmasi tarkibida, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini ikki nafarga ko‘paytirgan holda, soliq maslahati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni ta’minlash bo‘limi tashkil etilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda soliq maslahati sohasini rivojlantirish bo‘yicha, shu jumladan respublikaning barcha mintaqalarida tegishli malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun ularga soliq maslahati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini tushuntirish yuzasidan muntazam ravishda amaliy seminarlar o‘tkazishni nazarda tutuvchi tadbirlar kompleksini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek 2007-yil mobaynida ularning amalga oshirilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan, soliq maslahati sohasidagi mutaxassislardan o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi Soliq maslahati bo‘yicha kengashni tashkil etsin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Soliq maslahati bo‘yicha kengash to‘g‘risidagi nizomni, Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni, Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni, soliq maslahatchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘qitish dasturini, shuningdek soliq maslahati bo‘yicha faoliyatni tartibga soluvchi boshqa idoraviy normativ hujjatlarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 201-modda)
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 201-modda)