Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli “Sanoat va radiatsiya xavfsizligi sohasidagi ayrim faoliyat turlarini litsenziyalashni va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada bo‘ladigan sohalardagi faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Vazirlar Mahkamasining Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada bo‘ladigan sohalardagi faoliyat turlarini litsenziyalash komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada bo‘ladigan sohalardagi faoliyat turlarini litsenziyalash komissiyasi:
Keyingi tahrirga qarang.
bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiq litsenziyalanadigan faoliyat turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar ro‘yxatini belgilasin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada bo‘ladigan sohalardagi faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 6-noyabrdagi 489-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 111-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada bo‘ladigan sohalardagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomga muvofiq ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada bo‘ladigan sohalardagi faoliyatning quyidagi turlari litsenziyalanishi kerak:
ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan muomalada bo‘lish, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini loyihalashtirish, barpo etish va ularga xizmat ko‘rsatish, ular uchun texnologik asbob-uskunalarni, radiatsiyadan muhofazalanish vositalarini yaratish va tayyorlash sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari;
ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish, qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat ko‘rsatish, ularni tashish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va ko‘mish.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Litsenziyalarni berish va bekor qilish, ularning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorlar Vazirlar Mahkamasining ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada bo‘ladigan sohalardagi faoliyat turlarini litsenziyalash komissiyasi (keyingi o‘rinlarda matnda komissiya deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb yuritiladi) komissiyaning ishchi organi funksiyasini bajaradi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486 -modda)
3. Ishchi organ litsenziya berish (amal qilish muddatini uzaytirish) to‘g‘risidagi arizalarni tegishli hujjatlar bilan qabul qiladi, ular bo‘yicha ekspert xulosasi, litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoxud litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida komissiya qarorlari loyihalarini tayyorlaydi va ularni ko‘rib chiqish uchun komissiyaga kiritadi, litsenziyalarni rasmiylashtiradi va qayta rasmiylashtiradi, litsenziya bitimlari tuzadi, litsenziya reyestrlarini yuritadi, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi, litsenziyalarning amal qilinishini to‘xtatib qo‘yadi va tiklaydi.
5. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada bo‘ladigan sohalardagi faoliyat turlarini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada bo‘ladigan sohalardagi faoliyat turlarini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
(6-bandning ikkinchi gapi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qaroriga muvofiq chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
7. Quyidagilar ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada bo‘ladigan sohalardagi faoliyat turlarini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziatlar tomonidan radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shuningdek texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish qoidalari, sanitariya normalari, radiatsiyaviy xavfsizlik qoidalari va gigiyena normativlariga, davlat standartlariga majburiy rioya qilinishi;
litsenziya talabgorida unga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli bo‘lgan, tegishli belgilangan talablarga javob beruvchi faoliyatning litsenziyalanadigan turini bajarish uchun mo‘ljallangan binolar (ishlab chiqarish xonalari, omborlar va boshqalar) mavjudligi;
faoliyatning litsenziyalanadigan turini bajarish uchun zarur moddiy-texnika bazasi, asbob-uskunalar, boshqa texnik vositalar mavjudligi;
ish joylarida, xonalarda, ishlab chiqarish hududlarida, sanitariya-muhofaza zonalarida va kuzatuv zonalarida, shuningdek ionlashtiruvchi nurlanish manbalari chiqarilishi, tashlanishi va ular ko‘milgan joylarda radiatsiyaviy holat ustidan ishlab chiqarish nazorati amalga oshirilishi;
ionlashtiruvchi nurlanish manbalari hisoblangan mahsulotlar, materiallar va moddalar, texnologik jarayonlarning radiatsiyaviy xavfsizligini asoslash va baholash ishlari olib borilishi;
radiatsiyaviy avariya yuz berganda radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar mavjudligi;
litsenziyalanadigan faoliyat bo‘yicha ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarda tegishli oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot mavjudligi;
surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm yuzasidan hisobda turuvchi xodimlar, shuningdek ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasida qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati o‘talmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi bo‘lgan xodimlar yo‘qligi;
ishlab chiqarish rahbarlari, ishlab chiqarish nazorati xizmati xodimlari, mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni attestatsiyadan o‘tkazish;
faoliyatning litsenziyalanadigan turi bilan bog‘liq ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarning muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi;
xodimlarni ish joylaridagi ionlashtiruvchi nurlanish darajalari va ular tomonidan olingan yakka tartibdagi nurlanish dozasi miqdori to‘g‘risida muntazam xabardor qilish;
yuridik shaxs shtatida faoliyatning litsenziyalanadigan turi bo‘yicha kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lgan kamida uch mutaxassis mavjudligi.
8. Litsenziya bitimida mazkur Nizomning 7-bandida sanab o‘tilgan litsenziya talablari va shartlaridan kelib chiquvchi aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziya berish to‘g‘risida ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami, litsenziyalanayotgan faoliyatning (uning bir qismining) yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan turi.
(9-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziyalanadigan faoliyat ishlari bilan bevosita shug‘ullanadigan xodimlar ro‘yxati, unda ularning ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi, egallab turgan lavozimi, litsenziyalanadigan faoliyat turi bo‘yicha ish staji ko‘rsatiladi;
ishchi organ arizani ko‘rib chiqqanligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
litsenziya talabgori tomonidan litsenziya olish uchun qo‘yiladigan talablar va shartlarning bajarilishi imkoniyatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
11. Hujjatlar ishchi organga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar ishchi guruh mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
12. Ishonchli bo‘lmagan yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
13. Litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziatning litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi ishchi organning bankdagi hisob raqamiga o‘tkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
14. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada bo‘ladigan sohalardagi faoliyat turlarini litsenziyalash mazkur Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ishchi guruh ariza olingan kundan boshlab yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan tasdiqlash uchun komissiyaga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ishchi organ litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini aniqlash uchun ko‘rsatib o‘tilgan muddat doirasida:
litsenziya talabgorida litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun mavjud shart-sharoitlarni joylarga chiqib baholash;
Komissiya ishchi guruhning taklifi olingan kundan keyin o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Ishchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini ishchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
16. Litsenziya blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziya blankalari namunalari ishchi organ tomonidan ishlab chiqiladi, komissiya tomonidan tasdiqlanadi va ishchi organ buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Ishchi organ rahbari litsenziyalar blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
17. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
18. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida ishchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, komissiya litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror, shuningdek ishchi organning mansabdor shaxsi xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
20. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
21. Litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ayni vaqtda ishchi organ hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin besh kun mobaynida ular yuzasidan ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan tasdiqlash uchun komissiyaga taqdim etadi.
Komissiya ishchi organ taklifi olingandan keyin besh kun muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
22. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir hafta muddatda ishchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
24. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda ishchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish ishchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi ishchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
25. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza ishchi organga litsenziyaning amal qilish muddati o‘tgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
26. Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin.
Litsenziya dublikatini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi ishchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
27. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat ishchi organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
28. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda ishchi organ o‘z vakolatlari doirasida:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risida komissiyaga ko‘rib chiqish uchun taklif kiritish.
29. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida ishchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi ishchi organda qoladi.
30. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ishchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, ishchi organ litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
31. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda komissiya qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, komissiya litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
32. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda komissiya qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyani bekor qilishning asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, komissiya litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
34. Litsenziyalar reyestridagi mavjud ma’lumot yuridik va jismoniy shaxslarning u bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi, ular ishchi organdan haqini to‘lagan holda aniq litsenziatlar haqida litsenziyalar reyestridan ko‘chirma tarzida ma’lumot olishga haqlidirlar.
Litsenziyalar reyestridan ma’lumot berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yarmi miqdoridagi to‘lov ishchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada bo‘ladigan sohalardagi faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486 -modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Sultonov O‘.T. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Komissiya raisi |
G‘ulomov B.V. | — | “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining boshlig‘i |
Yunusov A.N. | — | Vazirlar Mahkamasining yetakchi mutaxassisi, mas’ul kotib |
| ||
Yo‘ldoshev B.S. | — | O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining prezidenti |
Alixonov B.B. | — | O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi |
Ahmedov N.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi raisi |
Saidov A.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari |
Samatov P.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining o‘rinbosari |
Usmonov A.T. | — | O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari |
Niyozmatov B.I. | — | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari |
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486 -modda)
Keyingi tahrirga qarang.