LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018-yil 25-maydagi 25-q va 01/15-10/12-sonli “Ijro hujjatlari bo‘yicha mol-mulkni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3024, 19.06.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Adliya vazirligi qaror qiladi:
1 Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari bo‘yicha mol-mulkni sotish uchun savdo tashkilotlarini tanlash va mol-mulkni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan keyin o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Davlat mulki qo‘mitasi va Adliya vazirligining 2006-yil 29-dekabrdagi 01/19-18/08, 37-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (keyingi o‘rinlarda — Qonun), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 140-son qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini (keyingi o‘rinlarda — ijro hujjatlari) ijro etish bo‘yicha mol-mulkni sotish uchun savdo tashkilotlarini tanlov asosida tanlash va mol-mulkni sotish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom qoidalari ijro hujjatlari asosida xatlanib, auksion savdolari orqali yoxud qonunchilikda belgilangan boshqa usulda sotilishi belgilangan mol-mulkka nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Ijro hujjatlariga asosan mol-mulkni sotish bo‘yicha savdo tashkilotlarini tanlab olish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining (keyingi o‘rinlarda — Sud departamenti) hududiy boshqarmalari tomonidan tanlov asosida amalga oshiriladi.
3. Tanlov o‘tkazishdan asosiy maqsad har bir tuman (shahar) bo‘yicha yoki alohida turdagi mol-mulklarni sotish bo‘yicha eng maqbul savdo tashkilotlarini aniqlashdan iborat.
4. Tanlovning barcha qatnashchilariga teng tanlov shartlarini yaratish, oshkoralik, talablarning yagonaligi va baho berishda xolislik tanlov o‘tkazishning asosiy tamoyillari hisoblanadi.
5. Tanlov ijro hujjatlariga asosan mol-mulkni sotish uchun savdo tashkilotini aniqlash maqsadida tashkil etilgan tanlov komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) tomonidan o‘tkaziladi.
6. Komissiya Sud departamenti direktori buyrug‘i asosida 7 kishidan iborat quyidagi tarkibda tuziladi:
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining joylardagi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar) adliya boshqarmalari vakili — Komissiya a’zosi;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobatni va tadbirkorlikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmasi vakili — Komissiya a’zosi;
Keyingi tahrirga qarang.
Sud departamenti hududiy boshqarmasining sud qarorlarini ijro etish bo‘limi boshlig‘i, ichki xavfsizlik inspeksiyasi bosh inspektori hamda statistika va tahlil bo‘yicha yetakchi inspektor — Komissiya a’zolari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Zarurat tug‘ilganida, maxsus bilim talab qiladigan masalalar bo‘yicha xulosa berish uchun Komissiya yig‘ilishlariga maslahat ovozi bilan ekspert (mutaxassis)lar jalb qilinishi mumkin.
Komissiya a’zolari talabgorlar hujjatlarining xolisona ko‘rib chiqilishi va baholanishi uchun javobgar hisoblanadilar.
8. Komissiyaning ishchi organi vazifalari Sud departamentining hududiy boshqarmalaridagi statistika va tahlil bo‘yicha mas’ul bo‘linma (xodim) zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
tanlov bo‘yicha kelib tushgan va yuritiladigan hujjatlarning hisobini, saqlanishini hamda maxfiyligini ta’minlaydi;
9. Komissiya tanlov boshlanishidan kamida o‘ttiz kun oldin ommaviy axborot vositalarida tanlov o‘tkazish to‘g‘risida e’lon beradi. E’lon beriladigan ommaviy axborot vositalari ro‘yxati Sud departamenti tomonidan belgilanadi.
10. Sud departamentining tegishli hududiy boshqarmasi tanlov e’lon qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay bu haqda Sud departamentiga xabar beradi. Sud departamenti mas’ul xodimi tanlovlarda kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.
11. Tanlov har yili bir marta o‘tkaziladi. Zaruriyat tug‘ilgan hollarda Komissiya tomonidan navbatdan tashqari tanlov o‘tkazilishi ham mumkin.
12. Savdo tashkilotlari o‘rtasidagi tanlov har bir tuman (shahar) bo‘yicha oldindan belgilab beriladigan g‘oliblar soni (kamida ikkita) miqdorida o‘tkaziladi.
Zarur hollarda, mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, alohida turdagi mol-mulklarni (oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, texnik va maishiy tovarlar, qurilish mahsulotlari va boshq.) sotish uchun ixtisoslashtirilgan vakolatli savdo tashkilotlari aniqlanishi mumkin.
mahsuldor va ish mollari, asalari oilalari, yem-xashak, boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha;
Komissiyaning qarori bilan alohida turdagi mol-mulklarni sotish uchun ixtisoslashtirilgan savdo tashkilotlari viloyat miqyosida ham aniqlab berilishi mumkin.
13. Madaniy boyliklar (tarixiy, badiiy, ilmiy qimmatga ega bo‘lgan qimmatbaho asarlar, noyob qo‘lyozmalar, antikvar mahsulotlar va boshqalar) bo‘yicha vakolatli savdo tashkilotlari Sud departamenti tomonidan respublika miqyosida aniqlab beriladi.
14. Tanlovda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan, turg‘un savdo shoxobchasi va nazorat-kassa mashinasi mavjud yuridik shaxslar qatnashishlari mumkin.
oxirgi 2 yil ichida ijro hujjatlari asosida xatlangan mol-mulkni sotish yuzasidan tuzilgan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligi sababli shartnoma bekor qilingan bo‘lsa.
15. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan savdo tashkiloti Sud departamentining tegishli hududiy boshqarmasiga ro‘yxat asosida quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
g) savdo tashkilotining oldingi hisobot yili uchun tegishli davlat idoralariga berilgan buxgalterlik balansi (1 va 2-shakllar) nusxasi;
d) savdo tashkilotida nazorat kassa mashinasining mavjudligi to‘g‘risida davlat soliq xizmati organlarining ma’lumotnomasi;
j) savdo do‘konining joylashgan joyi to‘g‘risida ma’lumot, uning qisqacha tavsifnomasi va 10x15 o‘lchamdagi rangli fotosuratlari (joyning atrof ko‘rinishi, umumiy tashqi va ichki ko‘rinishlari aks ettirilishi kerak);
z) mol-mulklarning saqlanishi, turkumlanishi, sortlarga ajratilishi va butlanishini ta’minlovchi joy (uskuna)larning qisqacha tavsifnomasi, shuningdek 10x15 o‘lchamdagi rangli fotosuratlari (joyning umumiy tashqi va ichki ko‘rinishlari aks ettiriladi) va ularga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar;
l) talabgorga tegishli hamda ijro hujjati bo‘yicha mol-mulkni sotishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan yaroqli transport vositalariga oid huquqni belgilovchi hujjatlar hamda ularning texnik tavsifi;
Alohida turdagi faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma yoki litsenziya talab qilingan hollarda, shuningdek notarial tasdiqlangan ruxsatnoma yoxud litsenziyaning nusxasi ham taqdim etiladi.
Talabgorlar mazkur Nizomda belgilangan baholash mezonlarini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan boshqa qo‘shimcha hujjatlarni taqdim qilishlari mumkin.
16. Savdo tashkiloti qaysi hududda faoliyat yuritayotgan bo‘lsa yoki tanlov o‘tkazilayotgan tuman (shahar)ga yaqin joylashgan bo‘lsa, ushbu hudud bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar taqdim etishi mumkin.
17. Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan hujjatlar Komissiyaning Ishchi organi tomonidan qabul qilinadi. Taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilishni rad etish mumkin emas, mazkur Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan holatlardan tashqari.
Ishchi organ hujjatlar qabul qilish muddati tugashiga qadar manfaatdor talabgorlarni tanlov shartlari va Komissiya tomonidan tasdiqlangan namunaviy shartnoma nusxasi bilan tanishtiradi.
18. Komissiya Ishchi organi savdo tashkilotining tovar aylanmasi, qonunchilikka rioya etish ahvoli, faoliyatini tekshirish natijalari, xodimlarining malakasi va boshqa jihatlari to‘g‘risida mustaqil ravishda soliq, statistika, hokimlik idoralari, shuningdek boshqa muassasa va tashkilotlardan tavsiyanomalar olishi mumkin.
19. Talabgorlar tomonidan soxta hujjatlar taqdim qilingani yoxud sud ijrochilari bilan til biriktirib, noqonuniy harakatlar qilganligi aniqlangan taqdirda ular tanlovga qo‘yilmaydilar, tanlov g‘olibi deb topilgan taqdirda esa tanlov natijalarining ularga oid qismi bekor qilinadi.
birinchi bosqichda — Ishchi organ tomonidan taqdim qilingan hujjatlar belgilangan talabga javob berganligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, shuningdek Ichki xavfsizlik inspeksiyasi tomonidan talabgorning ishchanlik obro‘si, qonunchilikka va Sud departamenti bilan tuzilgan shartnoma shartlariga rioya etish ahvoli (agar bunday shartnoma tuzilgan bo‘lsa), unga nisbatan nazorat idoralari tomonidan qo‘llanilgan sanksiyalar va boshqa shunga o‘xshash jihatlar tekshiriladi.
ikkinchi bosqichda — Komissiya o‘z yig‘ilishida taqdim qilingan hujjatlarni o‘rganadi, belgilangan mezonlar bo‘yicha baholaydi hamda uning natijalari bo‘yicha tanlov g‘olibini aniqlaydi.
21. Talabgorning ishchanlik obro‘sini tekshirish yakunlari bo‘yicha Ichki xavfsizlik inspeksiyasi tomonidan xulosa tuzilib, u Ishchi organga taqdim qilinadi.
22. Ishchi organi tomonidan ayrim talabgorlarning hujjatlari birinchi bosqichdan qaytarilgan bo‘lsa, ular bo‘yicha umumlashgan ma’lumot sabablarini ko‘rsatgan holda Komissiyaga taqdim qilinadi. Komissiya qaytarish sabablarini asossiz deb topganda, talabgorlar ikkinchi bosqichga qo‘yilishlari mumkin.
Komissiya a’zolari talabgorlar tomonidan taqdim qilingan hujjatlarni o‘rganib chiqib, quyidagi mezonlar bo‘yicha ularni baholaydi:
a) iste’molchi uchun joylashgan joyining qulayligi (viloyat va tuman (shahar) markazlari, bozorlar va hokazolarga yaqinligi);
b) mol-mulklarning saqlanishini, turkumlanishini, sortlarga ajratilishini va butlanishini ta’minlovchi joy (uskuna)larning mavjudligi;
24. Talabgorlarning imkoniyatlari 10 ballik reyting shkalasida quyidagilarni inobatga olgan holda baholanadi:
a) iste’molchi uchun joylashgan joyining qulayligini (viloyat va tuman (shahar) markazlari, bozorlar va hokazolarga yaqinligi) uning aniq joylashgan o‘rni asosida o‘rganilib, talabgorga 5 balldan 10 ballgacha baho beriladi. Bunda mahalliy hokimiyat idoralari tomonidan soliq solish, ijara haqi stavkasini belgilash yoxud boshqa maqsadlarda tuman (shahar) hududi tegishli zonalarga bo‘lingan bo‘lsa, mazkur zonalashtirish hisobga olinadi.
b) mol-mulklarning saqlanishini, turkumlanishini, sortlarga ajratilishini va butlanishini ta’minlovchi joy (uskuna)larning mavjudligi mezonini aniqlashda talabgor imkoniyati 5 balldan 8 ballgacha baholanadi.
v) talabgor tomonidan tanlovga taklif etilayotgan yaroqli texnika vositasi, uning turi va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib 3 balldan 8 ballgacha baholanadi. Tanlovda talabgorning ijro hujjati bo‘yicha mol-mulkni sotishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan texnik jihatdan soz bo‘lgan ko‘pi bilan 2 ta texnika vositalari hisobga olinadi;
g) talabgorning hisobvarag‘idagi majburiyatlardan ozod bo‘lgan mavjud pul mablag‘i va mol-mulki 2 balldan 5 ballgacha baholanadi. Bunda talabgorning barcha mavjud pul mablag‘lari va mol-mulki umumlashtirilib, yagona ball beriladi;
d) savdo tashkiloti xodimlarining ma’lumoti va ish tajribasi 2 balldan 5 ballgacha baholanadi (ko‘pi bilan 2 nafar savdo tashkiloti xodimi hisobga olinadi);
Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar yuqorida ko‘rsatilgan mezonlar talabiga javob bermasa, ularga ushbu mezon bo‘yicha ball berilmaydi.
25. Yig‘ilishda talabgorning har bir ko‘rsatkichi bo‘yicha tegishli ballni berish masalasi komissiya a’zolari tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida nazarda tutilgan ko‘rsatkichlar asosida ko‘pchilik ovoz bilan hal etiladi va har bir ko‘rsatkich bo‘yicha yagona ball beriladi.
26. Eng ko‘p yakuniy ball to‘plagan talabgorlar — savdo tashkilotlari Komissiya yig‘ilishida tanlov g‘oliblari deb topiladi.
Agar ikki va undan ortiq talabgor bir xil ball to‘plagan taqdirda, ular orasida nisbatan past savdo chegirmasi taklif qilgan talabgor tanlov g‘olibi deb topiladi.
27. Tanlov g‘oliblari deb topish to‘g‘risidagi qaror Komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan hollarda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
28. Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma Komissiya raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
29. Tanlov natijalari bo‘yicha bayonnoma imzolanganidan so‘ng besh kunlik muddat ichida tanlov g‘oliblari va Sud departamentining viloyat boshqarmalari o‘rtasida muddatini uzaytirish huquqi bilan bir yil muddatga ijro hujjatlari bo‘yicha mol-mulkni sotish to‘g‘risida tasdiqlangan namunaviy shakldagi shartnoma tuziladi.
Shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirishda savdo tashkilotlari tomonidan shartnoma shartlariga rioya qilinganligi hamda ular tomonidan ijro hujjatlari bo‘yicha savdoni tashkil etish va o‘tkazish tartibini buzish holatlariga yo‘l qo‘yilmaganligi inobatga olinadi.
30. Shartnoma tuzilganidan so‘ng bir kunlik muddat ichida vakolatli savdo tashkilotlarining ro‘yxati tegishli sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limlariga yuboriladi. Shuningdek, tanlovni o‘tkazish to‘g‘risida e’lon berilgan ommaviy axborot vositalarida bu haqda ma’lumot beriladi.
31. Ijro hujjatlari asosida sotuvga chiqariladigan mol-mulk savdo tashkilotlariga topshirilgunga qadar belgilangan tartibda baholanadi.
32. Xatlangan mol-mulk uni baholash to‘g‘risidagi xulosa baholovchidan olingan kundan boshlab, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda sud ijrochisi tomonidan baholanganda esa, mol-mulkni baholangan kundan boshlab 3 kun ichida dalolatnoma asosida sud ijrochisi tomonidan savdo tashkilotiga topshiriladi.
34. Ijro hujjatlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash uchun miqdori, hajmi va tez sotilishi imkoniyatlaridan kelib chiqib, mol-mulk bir vaqtning o‘zida sotish uchun shartnoma tuzilgan bir nechta savdo tashkilotlariga berilishi mumkin.
35. Sotish uchun savdo tashkilotlari tomonidan qabul qilingan mol-mulklar xatlash (ro‘yxatga olish) dalolatnomasida nazarda tutilgan tartib raqamlari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda muvofiqlik sertifikatlari (sertifikatlanishi shart bo‘lgan tovarlar bo‘yicha) va savdo tashkilotining tovar yorliqlari bilan ta’minlanishi kerak.
Mol-mulklarni juz’iy ta’mirlash, tozalash va tekislash ularni sotish uchun qabul qilib olgan savdo tashkilotlari hisobidan amalga oshiriladi.
36. Savdo tashkilotlari tomonidan mol-mulkni sotish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi chakana savdo qoidalari” asosida amalga oshiriladi.
37. Sotuvga chiqarilgan mol-mulk ikki oy mobaynida belgilangan narxda sotilmasa, savdo tashkiloti mol-mulk narxini kamaytirish yoxud uni qaytarib olish masalasini ko‘rib chiqish uchun sud ijrochisiga yozma ravishda xabarnoma yuboradi.
38. Savdo tashkilotlari tomonidan shartnoma shartlariga, shuningdek mol-mulkni sotish tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat tegishli sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.
Shartnoma shartlari va mol-mulkni sotish tartibi buzilgan taqdirda sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limlari shartnomani bir tomonlama bekor qilish to‘g‘risida hududiy boshqarmaga bildirgi yuborishi hamda mol-mulkni mazkur Nizom asosida tanlab olingan boshqa savdo tashkilotiga olib berishga haqlidir.
39. Mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan pul mablag‘larini o‘tkazish uchun sud ijrochilari bo‘limlari tomonidan bankda depozit hisob raqami ochiladi.
40. Mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan pul mablag‘lari, savdo chegirmasini ushlab qolgan holda, realizatsiya qilinishiga qarab savdo tashkiloti tomonidan sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limlaridagi depozit hisob raqamiga ikki bank ish kunidan kechikmay, ijro hujjatining tartib raqami va sanasi ko‘rsatilgan holda o‘tkaziladi.
Mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summani o‘tkazish muddati kechikkan taqdirda savdo tashkiloti kechikkan har bir kun uchun to‘lanadigan summaning 0,5 foizi miqdorida penya undiriladi.
41. Sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limining depozit hisob raqamiga mol-mulkni realizatsiya qilishdan kelib tushgan mablag‘larni taqsimlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
42. Sud departamenti, uning hududiy boshqarmalari va sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limlari savdo va ixtisoslashgan tashkilotlar, shuningdek bozorlar tomonidan ijro hujjatlari bo‘yicha mol-mulkni sotishni tashkil etilishi va o‘tkazilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi.
43. Mazkur Nizom Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari bo‘yicha mol-mulkni sotish uchun savdo tashkilotlarini tanlash va mol-mulkni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
№ | Baholash mezonlari | Reyting ko‘rsatkichlari | Reyting ballar | Beriladigan ma’lumot |
Iste’molchi uchun joylashgan joyining qulayligi (viloyat va tuman (shahar) markazlari, bozorlar va hokazolarga yaqinligi) | Aholi gavjum viloyat va tuman (shahar) markazida, bozorlar va savdo markazlarda yoxud ularning yaqin atrofida joylashgan talabgor | 8 balldan 10 ballgacha | Huquqni tasdiqlovchi hujjatlar, fotosuratlar tegishli ma’lumot | |
Yuqorida ko‘rsatilganidan boshqa aholi gavjum transport vositalari serqatnov yo‘l bo‘yida joylashgan talabgor | 6 balldan 8 ballgacha | |||
Aholi gavjum boshqa hududlarda joylashgan talabgor | 5 balldan 6 ballgacha | |||
Mol-mulklarning saqlanishini ta’minlovchi joy (uskuna)lar | Maxsus saqlash binosi yoki joyi (omborxona, yerto‘la, muzlatgich, sovutgich va h.k.) | 5 balldan 8 ballgacha | Huquqni tasdiqlovchi hujjatlar, fotosuratlar, tegishli ma’lumot | |
Mol-mulklarning turkumlanishi, sortlarga ajratilishi va butlanishini t�’minlovchi joy (uskuna)lar | Mol-mulklarning turkumlanishi, sortlarga ajratilishi va butlanishini ta’minlovchi yetarlicha savdo asbob-anjomlari va maxsus sotish joylari | 5 balldan 8 ballgacha | Huquqni tasdiqlovchi hujjatlar, fotosuratlar, tegishli ma’lumot | |
Talabgorga tegishli yaroqli texnika | Yuk mashina | 8 ball | Huquqni tasdiqlovchi hujjatlar, fotosuratlar, texnik pasport | |
Yuk tashishga ixtisoslashgan yengil mashina | 6 ball | |||
Yengil mashina | 4 ball | |||
Yuk tashishga ixtisoslashgan mototsikl | 3 ball | |||
Talabgorning majburiyatlardan holi bo‘lgan mavjud pul mablag‘i va mol-mulki | 100 mln. so‘mdan yuqori | 5 ball | Bank ma’lumotnomasi | |
50 mln. — 100 mln.so‘mgacha | 4 ball | |||
10 mln. — 50 mln. so‘mgacha | 3 ball | |||
1 mln. dan — 10 mln. so‘mgacha | 2 ball | |||
Savdo tashkiloti xodimlarining ma’lumoti va ularning ish tajribasi | Mutaxassislik bo‘yicha ma’lumoti va 5 yildan ortiq ish tajribasi | 5 ball | Belgilangan tartibda tasdiqlangan mehnat daftarchasi va diplom nusxalari | |
Mutaxassislik bo‘yicha ma’lumoti va 5 yildan kam ish staji | 3 ball | |||
Mutaxassislik bo‘yicha ma’lumoti bo‘lmasdan turib, 5 yildan ortiq ish staji | 2 ball | |||
Ko‘rsatilgan xizmat uchun savdo chegirmasining pastligi | 5% gacha | 8 ball | Talabgorni yozma taklifi | |
5% dan 7% gacha | 7 ball | |||
7% dan 9% gacha | 6 ball | |||
9% dan 10% gacha | 5 ball |
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari bo‘yicha mol-mulkni sotish uchun savdo tashkilotlarini tanlash va mol-mulkni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
“___” __________ 20___ y. | _________________ tuman (shahar) | ||
| |||
(Savdo tashkiloti vakilining F.I.Sh., yashash joyi haqidagi ma’lumotlar) | |||
ishtirokida _______________________________________________________ ga muvofiq, | |||
(ijro hujjatining nomi) | |||
qarzdor ________________________________________________________ dan undiruvchi | |||
(qarzdorning F.I.Sh.) | |||
______________________________________ foydasiga ____________________________ | |||
(undiruvchining F.I.Sh.) | |||
___________________________________________________________________________ | |||
___________________________________________________________________________ | |||
(ijro hujjatining mazmuni) | |||
undirish haqidagi “___” _____________ 200__ yilda qo‘zg‘atilgan ________sonli ijro | |||
ish yurituvi bo‘yicha “___” ______________ 200__ yildagi dalolatnomaga muvofiq | |||
№ | Mol-mulkning nomi va tavsifi | Miqdori | Narxi |
1. | |||
2. | |||
3. | |||
xatlangan mulklarni mazkur dalolatnomaga muvofiq ________________________________ ___________________________________ savdo do‘koniga sotish uchun topshirdim | |||
(savdo tashkilotining nomi) | |||
Yuqoridagi mulklarni sotish uchun qabul qilib oldim ________________________________ ____________________________________________________________________________ | |||
(shaxsning F.I.Sh., lavozimi, uning vakolatligini tasdiqlovchi hujjatlar haqida ma’lumot) | |||
Sotish uchun topshirilgan mulkning jami narxi ________________________________ so‘m, | |||
(so‘z bilan) | |||
bundan komission to‘lov ____ foizni, ya’ni _______________________so‘mni tashkil etadi. | |||
(so‘z bilan) | |||
___________________ so‘m _______________________ * hisob raqamiga o‘tkazilishi lozim. | |||
(so‘z bilan) | |||
Imzolar: | |||
Sud ijrochisi: _____________________________________________________ | |||
Savdo tashkiloti ____________________________________________________ |
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 51-52-son, 524-modda; 2014-y., 8-son, 86-modda)